thumb| Qorako‘l zotli qo‘zichoq thumb| qora qorakoʻl thumb| Qorako‘l moʻynali shuba thumb| Qo‘rako‘l shlyapa va yoqa Qorako‘l — qorakoʻl zotiga mansub qoʻzilarning tugʻilgandan keyingi 1-3 kunlarda qalin, elastik, ipaksimon tuzilishi bilan ajralib turadigan, turli shakl va oʻlchamdagi jingalaklarni hosil qiladigan moʻynasi.

Etimologiya „Qorakoʻl“ soʻzi rus tiliga XIX asr oʻrtalarida kirib kelgan. U birinchi marta Ilya Berezinning ensiklopedik lugʻatida qayd etilgan. Bu nom qora jingalak junli qoʻylar yetishtirilgan Qorakoʻl shahri nomidan kelib chiqqan. Shahar nomi, oʻz navbatida, yaqin atrofdagi xuddi shu nomdagi koʻldan olingan boʻlib, uning nomi turkiylarning kara — „qora“ va kul — „koʻl“ soʻzlaridan kelib chiqqan.

Gʻarbiy Yevropa tillarida qorakoʻl terisi „Astraxan“ deb ataladi (, yoki astracan, va boshqalar). Bunga sabab, bir paytlar qorakoʻl terisi savdosi bilan hozirgi Rossiyaning Astraxan shahri shug‘ullangan.

Asosiy maʼlumotlar Dastlab Oʻrta Osiyoda qadimda yetishtirilgan qorakoʻl qoʻzilarining tabiiy terilari qorakoʻl deb atalgan. „Qorakoʻl“ soʻzining oʻzi turkiy tillardan boʻlib, soʻzma-soʻz „qora koʻl“ degan maʼnoni bildiradi, lekin qorakoʻl mo‘ynasi turli rangda boʻlishi mumkin.

Qorakoʻl — bozorda eng mashhur moʻyna turlaridan biri. Oʻzbek qorakoʻl qoʻylari hozirgi qorakoʻl qoʻylarining barcha turlarining ajdodi hisoblanadi. Qoʻylarning bu zoti oʻzining oddiyligi va choʻl sharoitlariga mukammal moslashishi tufayli Oʻrta Osiyo xalqlari orasida juda mashhur bo‘lgan. Oʻrta asrlarda savdo karvonlari qorakoʻl terilarini Buxoro va Xorazmdan butun Buyuk Ipak yoʻli boʻylab Oʻrta yer dengizigacha tarqatishgan.

Ulardan bosh kiyimlar, moʻynali kiyimlar va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi.

1920-yillarda ishlab chiqarish hajmi yiliga 1013-1800 ming donani tashkil etgan. 2016-yilda O‘zbekistonda 57,6 ming tonna qorako‘l terisi (1058,2 ming tonna) yetishtirildiGodovoy obzor sostoyaniya ekonomiki i osnovnix napravleniy vneshneekonomicheskoy deyatelnosti Respubliki Uzbekistan za 2016 god, str. 50, 52.

Sunʼiy qorako‘l terilari neylon ipdan tayyorlanadiGOST 10.42-71 Nit kapronovaya dlya proizvodstva iskusstvennogo karakulya. Texnicheskie trebovaniya na produksiyu, postavlyaemuyu na eksport"Iz kapronovix nitey poluchayut iskusstvenniy karakul". Str. 210. Nefteximicheskiy sintez v promishlennosti, Ya. M. Paushkin. M. — Nauka, 1966.

Yana qarang

Moʻyna

Manbalar

Havolalar

GOST 8748-70. Karakul chistoporodniy cherniy nevidelanniy. Texnicheskie usloviya. 1972