Nariman Enverovich Jelyalov yoki Jelal (; ; 27-aprel, 1980-yil, Navoiy, Buxoro viloyati) — ukrainalik qrim-tatar siyosatchisi, oʻqituvchi, siyosatshunos va jurnalist. Qrim-tatar xalqi majlisi raisining oʻrinbosari (2013-yildan), axborot-tahlil boʻlimi rahbari.
Biografiyasi left|thumb|225x225px| Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashuvda, 2014-yil 25-aprel right|thumb| III darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni topshirilish jarayoni, 2020-yil Jelyalov Oʻzbekiston SSR Navoiy shahrida tugʻilgan. 1989-yildan oilasi bilan Qrimda yashagan. Jankoydagi maktabda tahsil olgan. Keyin 2005-yilda I. Mechnikov nomidagi Odessa milliy universitetini siyosatshunoslik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
U „ATR“ telekanalida boshlovchi, „Avdet“ respublika gazetasining muxbiri boʻlib ishlagan va Simferopol xalqaro maktabida tarix va huquqdan dars bergan. Shuningdek, siyosatshunoslikni ham o‘qigan va majlis deputati bo‘lgan.
2012-yilda u 2-majoritar okrugi boʻyicha Ukraina Oliy Radasi deputatligiga nomzodini qoʻygan, biroq saylovga 11 kun qolganida oʻz nomzodini qaytarib olgan.
2013-yil noyabrida Refat Chubarov parlament rahbari etib saylanganidan keyib Jelyalov tashkilot rahbarining o‘rinbosarlaridan biriga aylandi.
2014-yilda Qrim Rossiyaga qo‘shib olinib, Majlis raisi Chubarov va Qrim-tatar xalqining norasmiy rahbari Mustafo Jemilevga uning hududiga kirish taqiqlanganidan so‘ng, Jelyalov Qrimdagi parlamentning eng yuqori martabali aʼzosi va tashkilotning amalda rahbari boʻldi.
2021-yil 4-sentyabrda Simferopol tumani, Pervomayskoye qishlog‘idagi uyida Rossiya xavfsizlik kuchlari tomonidan hibsga olingan. Mukofotlar va unvonlari 2020-yil 21-avgustda III darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni kavaleri bo‘ldi.
Oilasi Otasi — Enver Jelyalov (2022-yil mart oyida Qrimda vafot etgan).
Eslatmalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1980-yilda tugʻilganlar Turkum:27-aprelda tugʻilganlar Turkum:Navoiyda tugʻilganlar