Gepatit E — gepatit E virusi (GEV) infeksiya natijasida paydo boʻladigan jigarning yalligʻlanish kasalligi. Bu virusli gepatitning bir turi hisoblanadi. Gepatit E asosan gepatit A ga oʻxshash fekal-oral yoʻl orqali yuqadi, ammo ikkala virus bir-biriga bogʻliq emas. Virus tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, gepatit E ning eng qadimgi epidemiyasi 1955-yilda Nyu-Dehlida sodir boʻlgan. Gepatit E oʻtkir yuqumli kasallik hisoblanib, asosan suv orqali yuqadi. Gepatit E asosan katta yoshli odamlarda koʻp uchraydi. Homiladorlik holatida ogʻir kechishi kuzatilgan.

Gepatit E ning ham manifest ham subklinik turlari bilan kasallangan insonlar kasallik manbayi hisoblanishadi. Homilador ayollar va immuniteti zaif odamlarda oʻlim darajasi ancha yuqoriligi kuzatilgan. Homilador ayollarda, ayniqsa uchinchi trimestrda, kasallik koʻproq ogʻir kechadi. Klinik sindromlardan asosan jigar yetishmovchiligi koʻp kuzatiladi. Bu sindrom ortidan oʻlim darajasi 20% atrofida. Homilador ayollarda tez immunitet tizimini zaiflashishi va organlar yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Gepatit E genetik jihatdan 8 ta genotipga boʻlinadi. Bularda 3 va 4-genotiplari immuniteti zaif odamlarda surunkali gepatitni keltirib chiqarishi mumkin. Gepatit E ning virusi Gepatit A virusidan biroz kattaroq.

2017-yilda gepatit E 19 milliondan ortiq odamda mavjud ekanligi taxmin qilingan. Gepatit E bilan asosan kasallanadigan toifa bu 15—35 yosh orasidagi erkakalr hisoblanadi. Profilaktik vaksina (HEV 239) Xitoy hukumati ruxsati bilan Xitoy Xalq Respubliksi hududida qoʻllanilib kelinmoqda.

Klinik belgilari

Oʻtkir infeksiya Gepatit E ning oʻrtacha inkubatsiya davri 40 kun. Infeksiya odatda 2 haftadan 8 haftagacha davom etadi. Qisqa prodromal davrdan keyin bemorda kasallikning ilk alomatlar sifatida sariqlik, charchoq va koʻngil aynish paydo boʻlishi mumkin, ammo gepatit E infeksiyalarining aksariyati asimptomatik yani simptomlarsiz kechadi. Simptomatik bosqich jigar aminotransferaza darajasining oshishi kuzatilsa paydo boʻlishi mumkin. Virusli RNK inkubatsiya davrida axlat va qon zardobida aniqlanadi. Qon zardobida gepatit E ga qarshi IgM va IgG antitanalari kasallikning ilk klinik belgilar boshlanishidan oldin paydo boʻladi. Bemorning tiklanishi virusning qondan tozalanishiga olib keladi, virus bemor axlatda ancha uzoq vaqt turishi mumkin. Qayta tiklash IgM antitelalarining yoʻqolishi va IgG antitelalari darajasining oshishi bilan ham belgilanadi.

Surunkali infeksiya Odatda bir necha hafta davom etadi va keyin oʻtib ketadi. Ammo immuniteti zaif odamlarda, organ koʻchirib oʻtkazilgan odamlarda — gepatit E surunkali infeksiyasi ogʻir kechib tuzalish davri uzoq vaqtga choʻzilishi mumkin. Baʼzida bu hayot uchun xavfli kasallikka olib keladi, masalan, jigar yetishmovchiligi yoki jigar sirrozi shular jumlasidandur.

Boshqa organlar Gepatit E virusi insonning boshqa aʼzolariga ham kuchli taʼsir koʻrsatadi. Tayanch-harakat apparati yoki immun taʼsirchanlik bilan bogʻliq baʼzi holatlar hali toʻliq oʻrganib chiqilmagan, biroq bir nechta nevrologik va qon kasalliklari gepatit E virusining asorati sifatida oʻrganilgan.

Oʻtkir pankreatit (Gepatit E ning 1 genotipi taʼsirida) Nevrologik asoratlar (hozirgi vaqtda nevrologik shikastlanish mexanizmi nomaʼlum) quyidagilardan iborat: Guillain-Barre sindromi (asab taʼsirilanishidan kelib chiqqan oʻtkir oyoq-qoʻllarning zaifligi), nevrologik amiotrofiya (qoʻl va yelkaning zaifligi, Parsonaj-Tyorner sindromi deb ham ataladi), oʻtkir transvers mielit va oʻtkir meningoensefalit. Nefrotik sindrom yoki krioglobulinemiya bilan kechadigan glomerulonefrit Qon oqimidagi antitanalar past haroratlarda notoʻgʻri reaksiyaga kirishadigan aralash krioglobulinemiya Ogʻir trombotsitopeniya (qondagi trombotsitlar sonining pastligi), bu xavfli qon ketishga olib kelishi mumkin.

Homiladorlikda infeksiya Homilador ayollarda boshqa virusga chalingan insonlarga nisbatan kasallikni ogʻirroq oʻtkazishadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda 1 va 2-genotip gepatit E epidemiyasi natijasida oʻlim darajasi 20% dan 25% gacha ekanligi aniqlangan. Bu oʻlimlarning asosiy sababi gepatit E tufayli paydo boʻladigan jigar yetishmovchiligi sindromi ekanligi aniqlangan. jigar yetishmovchilik belgilaridan tashqari, ona va homilada gepatit E tufayli muddatidan erta tugʻilish, abort, oʻlik tugʻilish va neonatal oʻlim kabi holatlar koʻp uchraydi.

Homiladorlikda infeksiyalarining salbiy oqibatlarini keltirib chiqargan faktorlar ortidagi patologik va biologik mexanizmlar noaniqligicha qolmoqda. Viruslarning koʻpayishi va gormonal oʻzgarishlarning immunitet tizimiga taʼsiri hozirgi vaqtda infeksiyaning populatsiyasiga va bemorlarda ogʻir sindiromlar bilan kechishiga sabab boʻlishi tahmin qilinmoqda. Bundan tashqari, platsentada virus replikatsiyasining mavjud yoki yoʻqligini koʻrsatadigan yoki in vitro platsentadan olingan hujayralardagi virusning mavjud yoki yoʻqligi haqida xabar beradigan tadqiqotlar, inson yoʻldoshida jigardan tashqari ham virusli replikatsiya joyi boʻlishi mumkinligini koʻrsatgan. Homiladorlik davrida gepatit E ogʻir va asoratli oʻtishining sabablari noʻmalumligicha qolmoqda.

Virusologiya

Klassifikatsiya Gepatit E Hepeviridae oilasiga mansub, ular ikki turga boʻlinadi: Ortohepevirus (barcha sutemizuvchilar va parrandalarning qon oqsillarida uchrashi mumkin) va Piscihepevirus (oʻtkir gepatit E). Inson virusining faqat bitta serotipi maʼlum va tasnifi genomning nukleotidlar ketma-ketligiga asoslanadi. 1- genotip beshta kichik tipga, 2-genotip ikkita kichik tipga, 3-genotip 10 ta kichik tipga va 4-genotip yettita kichik tipga boʻlinadi. Bundan tashqari 5, 6, 7 va 8 genotiplari ham mavjud. Kalamush orasida Gepatit birinchi marta Germaniyada Norveg olimlari tomonidan kalamushlardan ajratilgan va 2018-yilgi CDC maqolasi transplantatsiya qilingan organni qabul qiluvchi insonda kalamush gepatit E RNKsi aniqlanganligini koʻrsatgan.

Tarqalishi

Genotip 1 Osiyo va Afrikadagi tropik va bir qancha subtropik mamlakatlardan aniqlangan. Genotip 2 Meksika, Nigeriya va Chadda aniqlangan. Genotip 3 deyarli butun dunyoda, jumladan Osiyo, Yevropa, Okeaniya, Shimoliy va Janubiy Amerikada aniqlangan. Genotip 4 Osiyo va Yevropadan kelgan mahalliy aholi vakillarda aniqlangan.

1 va 2-genotiplari odamlarda kamdan kam uchraydi va koʻpincha sanitariya sharoitlari yomon rivojlanayotgan mamlakatlarda katta epidemiyalar koʻrinishida paydo boʻladi. 3 va 4-genotiplari odamlar, choʻchqalar va boshqa hayvonlar turlarini yuqishi, rivojlanayotgan va sanoati rivojlangan mamlakatlarda gepatit E ning sporadik holatlariga sabab boʻlgani kuzatilgan.

Yuqishi thumb|390x390px| Cho‘chqa jigari kesmasida gepatit E virusi (A rasmdagi koʻrsatkichlar virionga ishora qiladi, B, C va D dagilar virusni aniqlashda ishlatiladigan bog‘langan oltin nanozarrachalarga ishora qiladi). Gepatit E (genotip 1 va nisbatan genotip 2) endemik boʻlib, Janubi-Sharqiy Osiyo, Shimoliy va Markaziy Afrika, Hindiston va Markaziy Amerikada epidemiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Virus asosan fekal-oral yoʻl orqali suv yoki oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanishi tufayli tarqaladi. Bevosita odamdan odamga yuqishi kam uchraydi. 1 va 2-genotiplardan farqli oʻlaroq, 3 va 4-genotiplar hayvonlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa qilish yoki bilvosita ifloslangan suv yoki pishmagan goʻsht tufayli zoonotik tarzda yuqadigan sporadik holatlarga olib kelishi mumkin.

Epidemik gepatit E ning tarqalishi koʻpincha kuchli yogʻingarchiliklardan keyin, ayniqsa musson yomgʻiridan keyin sodir boʻladi, chunki ular suv taʼminotini buzadi; kuchli suv toshqini kanalizatsiya suv manbalarini ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining gepatit E inaktivatsiyasida xlor boʻyicha quydagicha tavsiya bergan: erkin xlor qoldigʻi 30 daqiqa davomida (pH, <8,0) ishlov beriladi. Asosiy epidemiyalar Hindistonning Nyu-Dehlisida (1955-1956-yillarda 30 000 ta holat), Birmada (1976—1977-yillarda 20 000 ta holat), Kashmirda, Hindiston (1978-yilda 52 000 ta holat), Kanpur, Hindiston (1991-yilda 79 000 ta holat) va Xitoy (1986-yildan 1988-yilgacha 100 000 ta holat) boʻlib oʻtgan. Maʼlumotlariga koʻra, gepatit E genotiplari 1 va 2 umumiy hisobda 20,1 million gepatit E infeksiyasini paydo qilgan boʻlsa 3 va 4- genotiplar bir necha million simptomatik kasallik hamda 2005-yilda 70 000 oʻlimni keltirib chiqargan.

Atrof-muhit, oziq-ovqat va qishloq ishlari departamentining maʼlumotlariga koʻra, Buyuk Britaniyada choʻchqa goʻshtidan tayyorlangan kolbasalarning 10 foizida gepatit E virusi borligi aniqlangan. Tadqiqotga asoslanib Buyuk Britaniyada gepatit E ning koʻpayishi oziq-ovqat orqali yuqadigan zoonozlar tufayli boʻlgani isbotlangan. Baʼzi tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, oziq-ovqat pishirilayotganda harorat darajaga yetishi kerak. Kerakli darajaga yetganda infeksiya xavfini bartaraf etish uchun 20 daqiqa davomida ovqatni shu darajada pishirish kerak. Hayvonlar salomatligi va veterinariya laboratoriyalari agentligi Shotlandiyadagi barcha choʻchqalarning deyarli yarmida gepatit E ni aniqlagan.

Gepatit E infeksiyasi gemodializda boʻlgan odamlarda koʻproq uchraydi, ammo yuqishning oʻziga xos xavf omillari aniqlanmagan.

Hayvonlardan yuqishi Gepatit E 1 va 2 dan boshqa genotiplar tufayli zoonoz deb hisoblanadi, bunda hayvonlar asosiy rezervuar hisoblanadi. Bunda kiyik va choʻchqalarda juda koʻp gepatit E virusi aniqlangan. Uy hayvonlari gepatit E virusi uchun rezervuar sifatida qayd etilgan, baʼzi soʻrovlar choʻchqalar orasida infeksiya darajasi 95% dan oshganini koʻrsatgan. Eksperimental infeksiyalangan choʻchqalarning ingichka ichaklari, limfa tugunlari, yoʻgʻon ichak va jigarida replikativ virus topilgan. Yovvoyi choʻchqa goʻshti va pishirilmagan kiyik goʻshtini isteʼmol qilgandan keyin bu virusni odamlarga yuqish ehtimoli kattaligi haqida xabar qilingan. Chala pishirilgan hayvon goʻshtini isteʼmol qilgandan keyin virusning odamlarga yuqish tezligi va buning aholi salomatligi uchun qay darajada xavfli ekanligi toʻliq oʻrganilmagan. Boshqa hayvonlarning suv omborlarida yashashi va odamlarning bu suvni qayta ishlovsiz isteʼmol qilishi oqibatida kasallik yuqish ehtimoli ham yuqoriligi taʼkidlangan.

Bir qator boshqa kichik sutemizuvchilar potentsial rezervuar sifatida aniqlangan: kichik kalamush (Bandicota bengalensis), qora kalamush (Rattus rattus brunneusculus) va Osiyo uy sichqonchasi (Suncus murinus). Sichqoncha gepatiti E virusi deb atalgan yangi virus alohida ajratib olingan.

Genomlar Gepatit E ikkita poliproteinni (O1 va O2 oqsilini) kodlaydigan uchta ochiq oʻqish ramkasiga (ORF) ega. ORF2 uchta kapsid oqsilini kodlaydi, O1 esa virus replikatsiyasida ishtirok etadigan yetti fragmentni va boshqa fragmentlarni kodlashda ishtirok etadi.

Gepatit E genomidagi eng kichik ORF3 ORF3 subgenomik RNKdan 113-115 aminokislotalardan iborat O3 oqsiliga uzatiladi. ORF3 gepatit E virusida immunitetni zaiflashtirishda muhim ahamiyatga ega. Oldingi tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, ORF3 bemor labarator surtmalarida topilgan va hujayra rivojlanishida ishlab chiqarilgan virusli zarralar bilan bogʻlangan. Oʻstirilgan hujayralarda ORF3 gepatit E RNK replikatsiyasi, virus birikmasi yoki infeksiya uchun zarur boʻlmagan boʻlsa-da, zarrachalarni chiqarish uchun zarur hisoblanadi. thumb|108x108px| Geldanamitsin

Virusning hayot sikli Gepatit E virusining aylanish sikli nomaʼlum; kapsid oqsili hujayra retseptorlari bilan bogʻlanib, virusga qoʻshila oladi. ORF2 (c-terminal) HSC70 bilan bogʻlanish orqali virusgs qoʻshilishni moʻtadil holga olib keladi.

Geldanamitsin HEV239 kapsid oqsilining tashilishini bloklaydi, lekin boʻlingan kapsid oqsilining kirishini bloklay olmaydi, bu Hsp90 gepatit E tashilishida muhim rol oʻynashini koʻrsatadi.

Diagnostika