Mugua (milloddan avvalgi II—I asrlar) – qadimgi Dovon davlati hukmdorlaridan biri, boshqa manbalarga koʻra, Axsikent hokimi.

Tarixi Mugua Xitoydan kelgan elchini sababsiz qatl ettirgani tufayli, Xan sulolasi imperatori U Di Dovon – Farg‘onaga qarshi urush eʼlon qilgan. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, elchi Fargʻonaning mashhur samoviy otlarini soʻrab kelgani sababli oʻldirilgan. Nikita Bichurinning maʼlumot berishicha, Mugua jasur va qatʼiyatli hukmdor bo‘lib, miloddan avvalgi 104-yili Xitoy qoʻshinlarini tor-mor qilgan. Biroq bu mag‘lubiyatdan Xitoy hukmdori qattiq gʻazablanib, ikkinchi bor askar jo‘natgan. Ikkinchi yurishda shahar qirq kun qattiq qamal ostida qolgan. Og‘ir ahvol yuzaga kelgandan soʻng shahar oqsoqollari kengashi urush aybdori boʻlgan Muguani qatl qilish haqida qaror chiqarishga majbur boʻlgan. Qatl qilingan Mugua oʻrniga oqsoqollardan biri boʻlgan Motsay taxtga oʻtirgan. Motsay xitoyliklarga 3 mingta ot berish orqali tinchlik oʻrnatgan. Biroq xitoyliklar ortga qaytgandan soʻng Motsay hokimiyati aholi tomonidan agʻdarilib, taxtga Muguaning ukasi oʻtirgan.

Manbalar

Turkum:Tarixiy shaxslar Turkum:Hukmdorlar