Axtam Sindorovich Oʻrolov (1947-yil 13-aprel, Qoʻshrabot tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, arxitektura fanlari doktori (1998), professor (2018). Biografiyasi Axtam Oʻrolov 1947-yil 13-aprelda Qoʻshrabot tumanida tug‘ilgan. 1969-yilda Toshkent politexnika institutini arxitektura mutaxasisligi bo‘yicha bitirgan. 1969—2017-yillarda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti arxitektura fakultetida assistent, dotsent, professor, kafedra mudiri, fakultet dekani lavozimlarida ishlagan. 2017-yildan ushbu institutning „Arxitekturaviy loyihalash“ kafedrasi professori. Ilmiy faoliati Axtam Oʻrolov 1976-yilda Lelingrad muhandislik-qurilish institutida arxitektura fanlari bo‘yicha nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. 1998-yili Toshkent arxitektura-qurilish institutida doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan. 2018-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. 350 dan ziyod ilmiy ishlar, shu jumladan, 14 ta monografiya, 6 ta darslik, 11 ta o‘quv qo‘llanmalar muallifi. Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston olimlari Turkum:Fan doktorlari Turkum:Oʻzbekiston professorlari Turkum:Meʼmorlar Turkum:Dekanlar