Oʻtkir Qarshiyevich Tolipov (1961-yil 28-fevral, Forish tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori (2004), profesor. Biografiyasi Oʻtkir Tolipov 1961-yil 28-fevral Forish tumani, Garasha qishlogʻida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. 1979—1985-yillarda Kiyev politexnika institutida tahsil olgan. 1985—1990-yillarda Jizzax pedagogika instituti kasb taʼlimi fakulteti oʻqituvchisi, 1993—1997-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi, kafedra dotsenti, dekan oʻrinbosari, 2000—2011-yillarda Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, 2011—2017-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti „Professional taʼlim metodikasi“ kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat koʻrsatgan. 2017-yildan„Professional taʼlim metodikasi“ kafedrasi professori.
Ilmiy faoliyati Oʻtkir Tolipov 1990—1993 yillarda SSSR pedagogika fanlar akademiyasining Oʻqitish vositalari instituti aspiranturasida oʻqigan. 1993-yilda mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. 1997—2000-yillarda Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti doktoranturasida tahsil olgan. 2004-yilda Toshkent dablat pedagogika universitetida „Oliy pedagogik taʼlim tizimida umummehnat va kasbiy koʻnikma va malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari“ () mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 200 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi.
Mukofotlari „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni (2011). Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston olimlari Turkum:Pedagogika fanlari doktorlari Turkum:Professorlar