Mirzasulton Abduraimovich Mamatqosimov (1967-yil, Zomin tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2021-yil 27-aprel, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor Biografiyasi Mirzasulton Mamatqosimov 1967-yil Zomin tumanida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. 1991-yilda Toshkent davlat universiteti fizika fakultetini tugatgan. 1995—2021-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti ilmiy xodimi, direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Vafoti Mirzasulton Mamatqosimov 2021-yil 27-aprelda vafot etgan. Ilmiy faoliyati Mirzasulton Mamatqosimov 1992—1995-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi „Fizika-Quyosh“ ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika instituti aspiranturasida tahsil olgan. 1999-yilda „Yuqori temperaturali quyosh qurilmalari koʻzgularini yustirovka va nazorat qilish usullarini ishlab chiqish“ mavzusida nomzodlik, 2017-yilda „Katta Quyosh pechi va boshqa energetik qurilmalar samaradorligini oshirish uchun ularning ko‘zguli mujassamlashtiruvchi tizimlarini optimizatsiyalash“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 80 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Manbalar
Turkum:1967-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston olimlari Turkum:Oʻzbekiston fiziklari Turkum:Texnika fanlari doktorlari Turkum:Professorlar