Sibir tatarlar (oʻz adi - Себер татарлар) - Shimoliy Osiyoning janub-gʻarbisinda - Sibirning mahalliy halki. Sibir tatar tilda gaplashadilar.
Tarkibi Sibir tatarlarning tarkibiga Tatar degan so‘z bilan umumiy nomlanib kelinguvchi quyidagi yerlik elatlar kiradi: Barabagi Tatarlar; Eushta Tatarlar; Tomskning Tatarlari; Tobolskning Tatarlari.
Tarixi Sibir Xonligi hozirgi sibir tatarlarning ajdodlari asos solgan davlat deb qaraladi. Sibir tatarlarning Musulmonlashishi haqida turli tarixiy ma’lumotlar bor, ulardan biri - bu Tobolskning Tatarlarining orasida saqlanib qolingan rivoyat bo‘lib u 1897-yili taniqli Xakas olimi N. F. Katanov tomonidan "Предания тобольских татар о прибытии в 1572 г. мухаммеданских проповедников в г. Искер" (1572-yili Iskar shahriga Muhammadiy chaqiriqchilarning kelganligi haqidagi Tobolskning Tatarlarining Rivoyati") degan nom ostidagi maqolada chop etilgan.
Adabiyoti Sibir tatarlarning xalq og‘zaki ijodiga mansub bir nechta dostonlari bor bo‘lib, ularga, jumladan: Altayn Sayn Sume (Barabagi Tatarlardan), Yastay Möngke va Yir Tushluk misol bo‘ladi. Yir Tushluk degan nom V. Radlov tomonidan yerga tushgan ya’ni uning ichiga kirgan deb yo‘nilgan bo‘lib, ushbu dostonning o‘zida qam-shomonchilikka borib taqaluvchi kechinmalarni saqlab qolganligi dostonning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Altayn Sayn Sumening o‘zgacha xususiyatlaridan biri esa, uzoq muddat farzandsiz yashab kelgan chol va kampirning bola tug‘ilgach uni o‘ldirishga urunishlaridirhttps://tatarica.org/tat/razdely/kultura/folklor-verbalnyj/tatarskij-epos/altain-sain-sume.
Manbalar