Get out – 2017-yilda Jordan Peele tomonidan yozilgan, rejissyorlik debyutida suratga olingan AQSh psixologik qoʻrqinchili filmi. Unda bosh rollarni Daniel Kaluuya, Allison Williams, Lil Rel Howery, LaKeith Stanfield, Bradley Whitford, Caleb Landry Jones, Stephen Root va Catherine Keener ijro etgan. Syujet oq tanli qiz doʻstining (Williams) oilasi bilan uchrashganida hayratlanarli sirlarni fosh qilgan qora tanli yigit (Kaluuya) haqida boradi.

Asosiy suratga olish ishlari 2016-yilning fevral oyida Alabama shtatining Fairhope shahrida boshlangan, keyinchalik, Barton akademiyasi va Alabama shtatining Mobile shahridagi Ashland-Palace tarixiy okrugiga koʻchirilgan. Toʻliq film 23 kun ichida suratga olingan.

Get Out filmining premyerasi 2017-yil 23-yanvarda Sundance kinofestivalida boʻlib oʻtgan va 2017-yil 24-fevralda Universal Pictures tomonidan AQSh kinoteatrlarda namoyish etila boshlagan. Film ssenariysi, rejissyorligi, aktyorlarning ijrolari va ijtimoiy tanqidlari uchun tanqidchilarning olqishiga sazovor boʻlgan. Film butun dunyo boʻylab 4,5 million dollarlik byudjetda 255 million dollar jamgʻarib, sof foydasi 124,3 million dollarni tashkil etgan, hamda bu bilan 2017-yilning oʻninchi eng daromadli filmiga aylangan.

Get out National Board of Review, Amerika kino instituti va Time jurnali tomonidan yilning eng yaxshi oʻnta filmidan biri sifatida tanlangan. Peele 90-Oskar mukofotlarida eng yaxshi asl ssenariy uchun Akademiya mukofotini qoʻlga kiritgan, eng yaxshi film, eng yaxshi rejissyor va eng yaxshi aktyor (Kaluuya) uchun qoʻshimcha nominatsiyalar bilan ham taqdirlangan. Shuningdek, 23-tanqidchilar tanlovida beshta, 75-Oltin Globus mukofotlarida ikkita va 71-Britaniya Akademiyasi kino mukofotlarida ikkita nominatsiyani qoʻlga kiritgan. Ushbu film tanqidchilar tomonidan 2010-yil va 21-asrning eng yaxshi filmlaridan biri sifatida eʼtirof etilgan.

Rollarda

Daniel Kaluuya – Chris Washington, yosh qora tanli fotosuratchi, Zailand Adams 11 yoshli Chris sifatida Allison Williams Rose Armitaj rolida, Armitaj oilasining qizi va Chris Washingtonning sevgilisi Bradley Whitford Din Armitaj rolida, neyroxirurg va Rosening otasi Rosening ukasi Jeremi Armitaj rolida Kaleb Landri Jons Stephen Root Jim Hudson rolida, Coagula tashkilotining ordeniga aʼzo boʻlgan koʻr sanʼatshunos. LaKeith Stanfild – Andre Hayworth/ Logan King, film voqealaridan 6 oy oldin bedarak yoʻqolgan Coagula ordeni aʼzosi. Catherine Keener Missi Armitaj rolida, psixiatr va Rosening onasi Lil Rel Howery Rod Williams rolida, TSA aeroporti politsiyasi xodimi va Chrisning eng yaqin doʻsti Keegan-Michael Key NCAA prospekti sifatida Erika Alexander Detektiv Latoya rolida Betty Gabriel Jorjina rolida, qora tanli uy bekasi, u aslida Marianna Armitaj, Armitaj oilasi matriarxi va Rosening buvisi edi. Marcus Henderson Walter rolida, Armitajning qora tanli qoʻriqchisi, aslida Walterning tanasida Roman Armitaj Richard Herd Roman Armitaji rolida (Volterning jasadini qabul qilishdan oldin), Coagula ordeni asoschisi va Armitaj oilasining patriarxi, shuningdek, Rosening bobosi Jeronimo Spinks Detektiv Drake rolida Ian Casselberry Detektiv Garsiya rolida Trey Burvant ofitser Rayan rolida

Ishlab chiqish jarayoni

Rivojlanishi thumb|214x214px| Get Out – Jordan Peelening rejissyorlik debyuti. Get Out – avval komediya yoʻnalishida, jumladan Key & Peele sketch-shousida faoliyat olib borgan Jordan Peelening rejissyorlik debyut filmi. Peele qoʻrqinchili va komediya janrlari bir-biriga oʻxshashligini his qilgan, chunki „ikkisining ham koʻp qismlari mavhum, baʼzi qismlari oshkor boʻladi“ va komediya unga film uchun ilhom bergan.

Suratga olish jarayoni Asosiy suratga olish ishlari 2016-yilning 16-fevralida boshlangan. Uyning tashqi va ichki qismi Fairhopening janubida suratga olingan. Asosiy suratga olish 23 kun davom etgan. thumb|227x227px| Film qisman Alabama shtatining Mobile shahridagi tarixiy yunon uygʻonish maktabi binosi boʻlgan Barton Akademiyasida suratga olingan.

Muqobil tugashi Aslida, film oxirida Chris Roseni boʻgʻib oʻldirgandan soʻng politsiya tomonidan hibsga olinadi. Chrisni qutqarish oʻrniga, Rod uni qamoqxonada kutib oladi va undan tergov oʻtkazish uchun Armitaj oilasi haqida maʼlumot soʻraydi, lekin Chris ularni oʻldirganini va hammasi yaxshi ekanini taʼkidlaydi. Peele bu yakun bilan irqchilik haqiqatlarini aks ettirishni maqsad qilgan edi. Suratga olish boshlangan vaqtga kelib, qora tanlilarni politsiya tomonidan bir necha marta otib tashlash, Peelening soʻzlariga koʻra, „koʻproq avj ola boshladi“. Sinov namoyishlarida film qanday kutib olinganini hisobga olib, u filmni baxtli yakun bilan tugatishga qaror qildi, lekin tomoshabinlar Chris hibsga olinayotganiga ishongan bir paytda, kutilgan reaksiyani saqlab qolishga harakat qildi.

Peele bir nechta boshqa yakunlarni ham koʻrib chiqdi, ularning baʼzilari DVD va Bluray versiyalarida mavjud.

Musiqasi Saundtrek ilk marta vinilda 2018-yilda Waxwork Records tomonidan chiqarilgan va Peelening eksklyuziv bayonini oʻz ichiga olgan.

Mavzular va talqinlar Tanqidiy fikrlar thumb| Daniel Kaluuyaning ijrosi tanqidchilarning eʼtirofiga sazovor boʻldi va u oʻzining birinchi Akademiya mukofoti, BAFTA, Oltin globus, SAG va Tanqidchilar tanlovi mukofotlari nominatsiyalarini oldi. Rotten Tomatoes veb-saytida film 400 ta sharh asosida 98% ijobiy maʼqullash reytingiga ega va oʻrtacha reyting 8,30/10 ni tashkil etadi. Veb-saytning tanqidiy konsensusida shunday deyilgan: „Qiziqarli, qoʻrqinchli va oʻylantiruvchi Get Out oʻzining shiddatli ijtimoiy tanqidlarini taʼsirli, qiziqarli va hayajonli sayohatga aylantiradi“. Film shu saytda 2017-yilning eng yuqori reytingini egallagan. Metacriticda film 48 tanqidchiga asoslangan holda 100 balldan oʻrtacha 85 ballga ega boʻlgan. CinemaScoreda tomoshabinlar filmga A+ dan F gacha boʻlgan shkala boʻyicha oʻrtacha „A−“ bahosini bergan, PostTrakda esa tomoshabinlar tomonidan umumiy 84% ijobiy ball berilgan.

Maqtovlar 90-Oskar mukofotlari marosimida film toʻrtta nominatsiyani qoʻlga kiritgan: eng yaxshi film, eng yaxshi rejissyor, eng yaxshi original ssenariy va Daniel Kaluuya uchun eng yaxshi aktyor. Peele debyut filmi uchun eng yaxshi film, rejissyor va ssenariy nominatsiyalarini qoʻlga kiritgan uchinchi shaxs (Warren Beatty va James L. Brooksdan keyin) va „Eng yaxshi original ssenariy“ uchun birinchi afro-amerikalik gʻolib (John Singleton Spike Lee va Suzanne de Passedan keyin toʻrtinchi nomzod) boʻlgan.

75-Oltin globus mukofotlari marosimida Get Out ikkita nominatsiyani qoʻlga kiritgan: eng yaxshi kinofilm – musiqali yoki komediya va eng yaxshi aktyor – komediya yoki musiqali (Daniel Kaluuya uchun). Universal Pictures filmni „satirik qoʻrqinchli film“ sifatida eʼlon qilingan boʻlsa-da, uni komediya sifatida taqdim etgan, chunki bu toifada raqobat kamroq edi, bu esa filmga maqtovlar olish imkoniyatini bergan.

Film, shuningdek , 24-Screen Actors Guild Awards, 49- NAACP Image Awards, 23rd Critics' Choice Awards va boshqa nominatsiyalarni ham qoʻlga kiritgan. Britaniya Independent Film Awardsda eng yaxshi xorijiy xalqaro film nominatsiyasida gʻolib boʻlgan. 2018-yil 3-mart kuni boʻlib oʻtgan 33-Independent Spirit Awards marosimida Jordan Peele „Eng yaxshi rejissyor“ mukofotida, film esa „Eng yaxshi film“ nominatsiyasida gʻolib chiqqan. 2021-yilda Amerika Yozuvchilar uyushmasi ssenariyni 21-asrning eng buyuk filmi deb topgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Universal Pictures filmlari Turkum:2017-yil filmlari Turkum:IMDb identifikatori Vikimaʼlumotlardagisi bilan ayni boʻlgan sahifalar Turkum:2010-yil filmlari Turkum:Psixologik trillerlar Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari Turkum:Jordan Peele filmlari Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar