„Madaniy boylik“ atamasi Yaponiyada 1897-yildan beri madaniy obʼyektlarni ifodalash uchun qoʻllanila boshlagan. Uning taʼrif va mezonlari atama paydo boʻlganidan beri oʻzgargan. Ushbu rasmlar atamaning hozirgi kundagi taʼrifiga mos keladi. 1951-yil 9-iyunda Yaponiyada „Madaniy boyliklarni muhofaza qilish toʻgʻg'risida“gi qonun kuchga kirgan paytda ushbu rasmlar milliy boylik sifatida belgilangan. Shu sababli ularni boshqa davlatga chiqarish va eksport qilish taʼqiqlangan. Ushbu madaniy boyliklarga javobgar shaxslar undagi har qanday oʻzgarishlarni eʼlon qilishlari shart. Masalan, rasmga zarar yetganda, yoʻqolganda, bir joydan boshqa joyga koʻchirilganda, egalik huquqi topshirish yoki moʻljallangan taʼmirlash ishlari uchun ruxsat olinishi kerak boʻlgan vaziyatlarda jamoatchilikka yetqizilishi lozim. Manbalar
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Yaponiya madaniy boyliklari roʻyxati (rasmlar) · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.