„Zaynab va Omon“ — 30-yillar oʻzbek sheʼriyati xususiyatlarini oʻzida mujassam etgan sheʼriy doston. Doston oʻzbek sovet shoiri Hamid Olimjon tomonidan 1938-yilda yozib tugallangan va chop etilgan. Bu doston ayni paytda yangi sovet davrining „Farhod va Shirin“i hisoblanadi. Hamid Olimjonning rafiqasi Zulfiya keyinchalik bu doston asosida pyesa va opera librettosini ham yaratgan. Zaynab roli Oʻzbekiston xalq artisti Yayra Abdullayeva tomonidan maromiga yetkazib ijro etgani eʼtirof etib kelinadi.

Manbalar

Turkum:Sheʼriy kitoblar Turkum:Dostonchilik