Xiva shahridagi Prezident maktabi – 2019-yil Xiva shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi. Maktabda darslar STEAM yoʻnalishiga oid oʻquv qoʻllanma va darsliklar orqali olib boriladi. Prezident maktablari uchun kirish imtihonlari Cambridge universitetining Cambridge Assessment International Education imtihon kengashi tomonidan oʻtkaziladi.
Ochilish tarixi 2019-yil Xiva shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi. Bu maktab 2.5 gektar maydonda joylashgan hamda 168 oʻringa moʻljallangan. 2019–2020-oʻquv yilida 5–10 sinflarga jami 144 nafar oʻquvchi tanlov asosida qabul qilingan. Ularga dars berish uchun 9 nafar xorijlik mutaxassis, 21 nafar tajribali O'zbekistonlik oʻqituvchilar jalb qilingan.Prezident maktabi ikki qavatli oʻquv binosi hamda yotoqxona va chet ellik oʻqituvchilar uchun kichik mehmonxonadan iborat. Oʻquv sinflari interfaol yozuv taxtalari va tablolar bilan taʼminlangan.
Yaratilgan sharoitlari Maktabning sport majmuasi barcha zarur sport anjomlari bilan taʼminlangan, choʻmilish havzasi, basketbol hamda futbol maydonchalari oʻquvchilar ixtiyorida. Maktab kutubxonasida badiiy va oʻquv adabiyotlari mavjud. Maktab oʻquvchilari 5 mahal ovqat, bepul maktab formasi hamda bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi. Sinfxonalar smart doskalar bilan jihozlangan.
Galereya
Yana qarang
Prezident maktablari Prezident maktabi (Qarshi) Prezident maktabi (Fargʻona) Prezident maktabi (Namangan) Prezident maktabi (Navoiy) Prezident maktabi (Buxoro) Prezident maktabi (Termiz) Prezident maktabi (Guliston) Prezident maktabi (Jizzax) Prezident maktabi (Samarqand) Prezident maktabi (Nurafshon) Prezident maktabi (Toshkent) Prezident maktabi (Andijon) Prezident maktabi (Nukus)
Manbalar
Havolalar Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy telegram kanali Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy YouTube kanali Xiva shahridagi Prezident maktabi rasmiy Facebook sahifasi
Turkum:Oʻzbekistondagi prezident maktablari Turkum:Prezident maktablari Turkum:Xorazm viloyatida oʻquv yurtlari