Uxayzir qal’asi- (arab. حصن الأخيضر) Iroqning Karbalo shahridan taxminan 50 km janubda joylashgan Bell, Gertrude (1914). Palace and Mosque at Ukhaidir: A Study in Early Mohammadan Architecture. Oxford: Clarendon Press.. Bu katta, toʻrtburchak shaklidagi qalʼa boʻlib, eramizning 775-yilida oʻziga xos mudofaa uslubida qurilgan. Abbosiylar xalifasi As-Saffohning jiyani Iso ibn Muso tomonidan qurilgan Uxayzir qal’asi oʻzining hovlilari, qarorgohlari va masjidlari inshootlari bilan abbosiylar meʼmorchiligining yangiligini ifodalaydi. Uxayzirdagi qazishmalar XX asr boshlarida qoldiqlar haqida birinchi yirik qaydlarni yozgan Gertrude Bell tomonidan olib borilgan The Fortress of Al-Ukhaidar - UNESCO World Heritage Centre. Uxayzir qal’asi Atshan va Mujdaga oʻxshash mintaqaviy savdo yoʻllarining muhim toʻxtash joyi edi. Majmua asosiy zal, katta peshtoq, qabulxona va xizmatchilar xonasidan iborat. Qal’a Iroqdagi abbosiylar me’morchiligining namunasi boʻlib, “sulolaning despotik va zavq-shavqni yaxshi koʻradigan xarakterini” oʻzining katta hajmli, ammo tor yashash joylarida namoyish etadi Hillenbrand (1999).. Qal’aning hozirgi nomi Qal’aning hozirgi nomi abbosiylarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan, keyin qarmatiylar koʻmagi bilan Kufa hokimi boʻlgan, Banu Uxayzirdan Ismoil ibn Yusuf al-Uxayzir bilan bogʻliq boʻlishi mumkin "Stepping back 1,300 years into Iraq's Ukhaidir palace - Al-Monitor: The Pulse of the Middle East". 3 December 2015..

Jahon merosi maqomi Ushbu sayt 2000-yil 7-iyulda “Madaniy” toifasida YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Creswell, Keppel Archibald Cameron (1958). A short account of early Muslim Architecture. Penguin Books. pp. 201–203. Houtsma, M. Th. (1993). E.J. Brill's first encyclopaedia of Islam, 1913-1936. Leiden ; New York : E.J. Brill. p. 994. ISBN 9004097961..

Manbalar

TURKUM:Islom tarixi Turkum:arxitektura