Meral Okay (Turkish pronunciation: [meˈɾal oˈkaj ], née Kati ; 1959-yil 20-sentyabrda tavallud topgan 2012-yil 9-aprelda esa vafot etgan) turkiyalik aktrisa, kino prodyuseri va senariy muallifi .
Hayotning boshlangʻich davri Okay 1959-yil 20-sentyabrda Anqarad harbiy sudyasi Ata Kati va Turkanlarning ikkinchi farzandi boʻlib tugʻilgan. Bolaligida otasining ishlari sabab oilasi bilan Turkiyaga koʻchib oʻtadi. Anqarada oʻrta maktabni tamomlagandan soʻng „Turk Grain Board“ davlat agentligida ish boshladi ( , TMO).
1980-yilgi Turkiya davlat toʻntarishi davrida u Turkiya sotsialistik ishchilar partiyasi (TİP) aʼzosi va oʻz ish joyida kasaba uyushmasi matbuot kotibi boʻlgan.
1983-yilda Meral Kati Istanbulga koʻchib oʻtdi. Keyinchalik Meral „Iletişim“ nashriyot kompaniyasining tashkil etilishida oʻz hissasini qoʻshdi va " Playboy " jurnalining turkcha nashrini tayyorlagan jamoada boʻlgan.
1984-yilda sahna va kino aktyori Yaman Okayga turmushga chiqdi, u bilan Anqarada uchrashgan edilar. Erining kasbi uning kino olamiga kirib kelishiga yoʻl ochdi.
Faoliyati Meral Okay turk filmlari va teleseriallaridagi juda yaxshi rollari bilan tanildi. Shuningdek, u 1998-yildan 2001-yilgacha "Ikkinchi bahor" teleserialiga prodyuserlik qilgan. Okay oʻzining soʻnggi loyihalaridan birida Usmonli sultoni Sulaymonning hayotiga asoslangan "Muhteşem yuzyyl " tarixiy serialining bosh senariy muallifi sifatida ham qatnashgan.
Oilaviy hayot Uning turmush oʻrtogʻi Yaman Okay 1993-yilda 41-yoshida oshqozon osti bezi saratonidan vafot etdi. 2011-yilning yoz oylarida Meral Okayga oʻpka saratoni tashxisi qoʻyilladi. 2012-yil 9-aprelda 52 yoshida kasallikning asoratlari sabab vafot etdi. Bebek masjididagi diniy dafn marosimidan soʻng Zincirlikuyu qabristoniga erining qabri yoniga dafn qilindi.
„Beynelmilel“ filmidagi roli uchun 2007-yilgi Xalqaro Adana Oltin Koʻza Film Festivalida „Eng yaxshi yordamchi aktrisa“ mukofotiga sazovor boʻldi.
Filmografiya Uning mashhur asarlari:
Aktrisa sifatida Yil Film Eslatmalar 1992 Seni Seviyorum Rosa Film 2001 Yeditepe Istanbul TV seriallar 1998–2001 Ikkinchi bahor TV seriallar 2006 Beynelmilel Film 2009 Bir Bulut Olsam TV seriallar
Ssenariy muallifi sifatida Yil Film Eslatmalar 2001 Hechbiryerde Film 2001 Yeditepe Istanbul TV seriallar 2002-2004 Asmali Konak TV seriallar 2009 Bir Bulut Olsam TV seriallar 2011–2012 Muhteşem Yüzyıl TV seriallar
Boshqa Yil Film Eslatmalar 1999 Propaganda Jamoat bilan aloqa 2000 Yarin Geç Olmayacak Ishlab chiqaruvchi 2004 Istanbul Shahidimdir Loyiha dizayneri 2005 Körfez Ateshi Loyiha maslahatchisi 2006 Beynelmilel Ishlab chiqarish koordinatori
Manbalar
Havolalar
Turkum:2012-yilda vafot etganlar Turkum:1959-yilda tugʻilganlar Turkum:Turk ayol senariy mualliflari Turkum:Zinchirlikuyu qabristoniga dafn etilganlar