Elian Marjieh (2002-yil 23-yanvarda tugʻilgan) – falastin-chilienlik qoʻshiqchi hamda qoʻshiqlar matni muallifi, sanʼat olamiga Elyanna taxallusi bilan tanilgan. U ikkita musiqiy albom chiqardi: Elyanna (2020-yilda) va Elyanna II (2022-yilda). U mualliflik qilgan Ana Lahale, Gharib Alay, Ala Bali va Mama Eh The Official Livanese Top 20 roʻyxatidan munosib oʻrin olganPeak chart positions for singles in Lebanon:.

Hayoti Elian Marjieh Isroil davlatining Nosira shahrida tavallud topgan va nasroniy falastinlik va Chilenlikdir. Uning onasi shoir, bobosi esa shoir va qoʻshiqchi boʻlgan. Oilasida sanʼat yaxshi qabul qilingan. Oila aʼzolari sanʼatni sevuvchi insonlar boʻlishgan. Yosh qoʻshiqchi ayni shu sababdan ham sanʼaat olamiga ancha erta kirib keldi. Elian Marjieh yetti yoshida qoʻshiq kuylashni boshladi va oʻsmirlik chogʻida SoundCloudga qoʻshiqlarning muqovalarini joylashtirgan. 2017-yilda, 15 yoshida, u oilasi bilan Kaliforniyaning San-Diego shahriga (Los-Anjeles) musiqiy karyerasini toʻxtab qolmasdan davom ettirishi maqsadida koʻchib oʻtdi. Amerika Qoʻshma Shtatlarga kelganidan soʻng, u oʻzining Instagram sahifasida mualliflik qoʻshiqlarini joylashtira boshladi va u yerda yosh sanʼatkorning muxlislari yigʻilib bordi. Koʻp oʻtmay ularning soni 300 000 nafarga yetdi.

Karyerasi 2018-yilda Elyanna qoʻshiqchi va prodyuser Nasri bilan hamkorlik qilish maqsadida uning menejeri Vassim Slaybi bilan bogʻlandiBarshad, Amos (July 25, 2022). „Can Arabic-language pop conquer America? A Tarzana ingénue and her power manager say 'inshallah“. Los Angeles Times. Retrieved February 19, 2023.. U Slaibyning boshqaruv kompaniyasi SALXCO bilan shartnoma imzoladi, Oradan koʻp vaqt oʻtmay unga Nasri va boshqa qoʻshiqchi va prodyuser Massari ustozlik qilishdiMinthe, Caterina (May 13, 2020). „Elyanna Reveals the A-Team Steering Her to Explode Music Charts“. Vogue Middle East. Retrieved February 19, 2023.. Uning birinchi qoʻshiqlaridan biri boʻlgan „Ana Lahale“ Massari dan mehmon vokalini namoyish etdi. Bu trek uning 2020-yil fevralda Empire Distribution nashri boʻlgan ElMar Music orqali chiqarilgan oʻz-oʻziga xos ilk albomi ediMooro, Alya (May 22, 2021). „Palestinian-Chilean Singer Elyanna Is Unapologetically Ready For Stardom“. GQ Middle East. Retrieved February 19, 2023.. 2021-yil aprel oyida Elyanna Slaiby tomonidan Republic Records va Universal Music Group bilan hamkorlikda tashkil etilgan Universal Arabic Music (UAM) nomli yangi nashrning ilk ishtirokchilaridan biri sifatida eʼlon qilindi.

Manbalar

Havolalar

Elyanna Instagramda Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Qoʻshiqchilar