Turkum:Articles with hCards
Claudio Vieira de Oliveira, shuningdek, Claudio Oliveira nomi bilan ham tanilgan (1976-yilda tugʻilgan) – braziliyalik motivatsion notiq va buxgalter boʻlib, mushak tizimiga taʼsir qiluvchi kam uchraydigan artrogripoz multipleks konjenita sindromi bilan tugʻilgan.
Tarjimai holi Claudio artrogripoz sindromi tufayli murakkab tana tuzilishi bilan boshi teskari holatda va oyoq-qoʻllari qattiq deformatsiyalangan holda tugʻilgan. Shuningdek, u oyoq mushaklarida mushak atrofiyasi bilan, qoʻllari koʻkragiga yopishgan va boshi butunlay orqaga burilgan holda dunyoga kelgan.
Shifokorlar dastlab Claudio tugʻilgandan soʻng 24 soatdan koʻp vaqt oʻtmay yashay olmasligiga umid qilishgan va hatto onasiga ochlikdan oʻldirishga ruxsat berishgan. Biroq onasi uning yashab ketishiga ishongan. Shifokorlarning maslahatiga ham eʼtibor bermay, uni yolgʻiz oʻzi tarbiyalagan. Claudioni yetti yoshigacha onasi koʻtarib yurgan, sakkiz yoshida esa tizzalab yura boshlagan. Shuningdek, ota-onasi uning nogironligini hisobga olgan holda uyni taʼmirlashganini aytishgan.
Hozirda Claudio Braziliyaning shimoli-sharqiy mintaqasida joylashgan Baiya shtatidagi Monte Santo kichik munitsipalitetida yashaydi. 2021-yilning mart oyida COVID-19 ning keng tarqalgani tufayli bir yildan ortiq vaqt davomida karantinda boʻlgan.
Faoliyati Feira de Santana davlat universitetini tamomlagandan soʻng professional malakali hisobchi boʻlgan. U oʻz faoliyatini nogiron boʻlishiga qaramay, hisobchi sifatida tadqiqotlar olib borish va mijozlarga maslahat berishdan boshlagan. Claudio, shuningdek, 2000-yilda ruhlantiruvchi notiqga aylangan hamda bir qancha nutq soʻzlash uchun turli mamlakatlarga sayohat qilgan. 2016-yilda '' nomli avtobiografiyasini yozib, nashr etgan. Kitobning taqdimoti Braziliya janubi-sharqidagi San-Paulu sanʼat muzeyida boʻlib oʻtgan.
Yana qarang
Nick Vujicic, an Australian-American evangelist, motivational speaker and survivor of tetra-amelia syndrome Hirotada Ototake, a Japanese sports writer and survivor of tetra-amelia syndrome Joanne OʻRiordan, an Irish tetra-amelia syndrome survivor Jennifer Bricker, an American acrobat born without legs
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1976-yilda tugʻilganlar Turkum:Buxgalter Turkum:Ruhlantiruvchi notiq