– Yaponiyadagi Tokio Metropolisining gʻarbiy qismida joylashgan shahar. 2021-yilning 1-aprel holatiga koʻra, shaharning taxminiy aholisi 195.207 kishi. Shaharda 93,654 ta xonadon mavjud. Aholi zichligi har kvadrat kilometrga 9500 kishini tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 20.51 kilometr kvadrat.

Geografiyasi Kodaira Tokio Metropoliteni geografik markazi yaqinidagi Musashino platosida joylashgan. Qoʻshni munitsipalitetlar Tokyo Metropoliteni: Nishitokyo Tachikava Higashimurayama Higashiyamato Higashikurume Kokubunji Koganei Iqlimi Kodaira nam subtropik iqlimga ega. Yozi issiq va qishi salqin, qor yogʻmaydi. Kodairadagi oʻrtacha yillik harorat 14,0 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1647 mm, eng yomgʻirli oy esa sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,5 °C atrofida, eng pasti yanvarda – 2,6 °C atrofida.tokyo/kodaira-5577/ Kodaira iqlim maʼlumotlari Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra,Kodaira aholisi statistikasi Kodaira aholisi 1950 va 1960 yillarda eng tez oʻsish ko'rsatkichlariga ega boʻlgan va hamon oʻsishda davom etmoqda. Oxirgi oʻn yilliklarda oʻsish sur’ati sekinlashgan.

Tarixi Hozirgi Kodaira hududi qadimgi Musashi provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Edo davrida Tamagava akveduki ochilishi orqali asosan aholi yashamaydigan hududlarida dehqonchilik bilan shugʻullanish imkoni yaratilgan.

1878-yil 22-iyul, Meiji Islohotidan keyingi yerni qayta taqsimlash jarayonida, hudud Kanagava prefekturasining Kitatama tumaniga kiritildi. 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimi yaratilishi bilan Kodaira qishlogʻi tashkil etildi. Kitatama tumani 1893-yil 1-aprelda Tokio metropolisining maʼmuriy nazorati ostiga oʻtdi. Hudud aholisi 1923-yildagi Buyuk Kanto zilzilasidan soʻng, universitetlar va turar-joy binolarining Tokio markazidan koʻchirilishi natijasida keskin oʻsdi. Kodaira 1944-yilda shaharcha maqomiga va 1962-yil 1-oktyabrda shahar maqomiga koʻtarildi. Hukumati Kodaira toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan hokim va 28 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashidan tashkil topgan hokim-kengash boshqaruv shakliga ega. Tokio Metropolisi Assambleyasiga Kodairadan ikki nafar aʼzo qoʻshiladi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan shahar Yaponiya Dietining Quyi Palatasi nazoratidagi Tokio 18-okrug ma'muriy birligi tarkibiga kiradi.

Taʼlim Universitetlar Tsuda Universiteti Kaetsu Universiteti Musashino San'at Universiteti Hitotsubashi Universiteti (Kodaira kampusi) Shiraume Gakuen Universiteti Shiraume Gakuen Yuqori Maktabi

Boshlangʻich, oʻrta va yuqori maktablar Kodairada Tokio Metropoliteni davlat Taʼlim Kengashi tasarrufidagi 3 ta davlat yuqori maktablarini bor. Shuningdek, nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi ham mavjud. Kodaira Yuqori Maktabi (東京都立小平高等学校) Kodaira Minami Yuqori Maktabi (東京都立小平南高等学校) Kodaira Nishi Yuqori Maktabi (東京都立小平西高等学校)

Kodairada 19 ta davlat boshlangʻich maktabi, 8ta davlat oʻrta maktabi mavjud.

Davlat oʻrta Maktablari: Hana Koganei Minami (花小金井南中学校) Josui (上水中学校) Kodaira No. 1 (小平第一中学校) Kodaira No. 2 (小平第二中学校) Kodaira No. 3 (小平第三中学校) Kodaira No. 4 (小平第四中学校) Kodaira No. 5 (小平第五中学校) Kodaira No. 6 (小平第六中学校)

Davlat boshlangʻich maktablari: Gakuen Higashi (学園東小学校) Hana Koganei (花小金井小学校) Kamijuku (上宿小学校) Kodaira No. 1 (小平第一小学校) Kodaira No. 2 (小平第二小学校) Kodaira No. 3 (小平第三小学校) Kodaira No. 4 (小平第四小学校) Kodaira No. 5 (小平第五小学校) Kodaira No. 6 (小平第六小学校) Kodaira No. 7 (小平第七小学校) Kodaira No. 8 (小平第八小学校) Kodaira No. 9 (小平第九小学校) Kodaira No. 10 (小平第十小学校) Kodaira No. 11 (小平第十一小学校) Kodaira No. 12 (小平第十二小学校) Kodaira No. 13 (小平第十三小学校) Kodaira No. 14 (小平第十四小学校) Kodaira No. 15 (小平第十五小学校) Suzuki (鈴木小学校)

Kodairada ikki xususiy boshlangʻich maktab, uchta xususiy oʻrta maktab va uchta xususiy yuqori maktab mavjud. Soka boshlang'ich va o'rta maktabi (創価中学校・高等学校) Kinjo yuqori maktabi (錦城高等学校 (私立) Shiraume Gakuen yuqori maktabi (白梅学園高等学校) Don Bosco Salesian boshlangʻich va oʻrta maktabi (サレジオ小学校・中学校|サレジオ小学校・中学校) Tokyo Soka Boshangʻich maktabi (東京創価小学校)

Xorijiy taʼlim tashkilotlari filiallari Korea Universiteti

Manbalar