Shrenu Parikh- hindistonlik aktrisa boʻlib 11-noyabrda tavallud topgan. Uning Iss Pyaar Ko Kya Naam Doon? Ek Baar Phir (2013-2015) romantik dramasidagi Aastha Agnihotri, Ishqbaaaz serialidagi Gauri Kumari Sharma rollarini yaxshi ijro etganligi uchun tomoshabinlar eʼtirofiga sazovor boʻlgan. Yoshligi Shrenu Vadodarada tu’gilib oʻsgan. U maktabni Navarachana Vidyani Vidyalayada oʻqigan, keyinchalik Vadodaradagi Babaria farmasevtika institutida bakalavr darajasini oladi. Shrenuning Shubham Parikh ismli ukasi bor. Faoliyati Shrenu ekranlarda chiqishni 2010-yilda Zindgi Ka Har Rang…Gulaal shousidan boshlaydi. U birinchi marotaba bosh rolni 2011-yilda Colors Tv dagi Havan shousida ijro etgan. Keyin u Sony TVda namoyish etilgan Gaurav Khanna bilan Byaah Hamari Bahoo Ka filmida bosh rolda oʻynagan. Bu rolni ijro etgandan soʻng, u intervyularidan birida „Bu rol orqali men aktyorlik mahoratimni oshirdim“ -, deydi. 2013-2015 yillarda StarPlusda namoyish etilgan Iss Pyaar Ko Kya Naam Doon? Ek Baar Phir romantik dramasida Avinash Sachdev bilan bosh rollarda oʻynagan. Filmda u oilasidagi ayollar haq-huquqi uchun uydagi zoʻravonliklarga qarshi kurashishdan toymaydigan Aastha Agnihotri obrazini yoritadi. Aastha rolida tanilganidan soʻng turli kinolardan bir qator takliflar oladi. 2017-yilda StarPlusda namoyish qilingan Dil Boley Oberoi serialida Kunal Jaisingh bilan birga suratga tushadi. U Gauri Kumari Sharma obrazini gavdalantiradi. Shrenu keyinchalik bu serial Ishqbaaaz seriali bilan birlashtirilganidan soʻng ham Gauri Kumari Sharma obrazida oʻynashni davom etdi, 2018-yilda serial fasllari tugangandan soʻng suratga tushmagan. 2023-yil fevraldan beri Zee TVda namoyish etilayotgan Maitree serialida Maitree rolini ijro etmoqda. Filmografiyasi Televideniya Yili Nomi Roli Izoh Manba 2010 Gulaal Roopa Cameo 2011 Havan Aastha 2012 Byaah Hamari Bahoo Ka Rajni 2013–2015Iss Pyaar Ko Kya Naam Doon? Ek Baar Phir Aastha Agnihotri 2017 Dil Boley OberoiChulbul / Gauri Kumari Sharma 2017–2018 Ishqbaaaz 2019 Ek Bhram Sarvagun Sampanna Janhvi / Pooja Sharma2021–2022Ghar Ek Mandir – Kripa Agrasen Maharaj KiGenda 2023–presentMaitree Maitree Mishra Tiwari

Maxsus chiqishlari Yili Nomi Roli Manba 2019Nach Baliye 9Herself Sitaaron Ki Vijayadeshami Saudamini

Filmlari Yili Nomi Roli Tili Manba 2017 Thodi Thodi Si Manmaaniyan Neha Dutta Hindi 2018 Lamboo Rastoo Shruti Yagnik Gujarati 2023 Family: Politics of Blood Hindi

Seriallari Yili Nomi Roli Tili Izoh Manba2021 Kshadyantra Shalini Patel Gujarati Damaged Shanaya Roy Hindi Season 3 Manbalar

Turkum:Hindistonlik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar