Singapur iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarga xos bozor iqtisodiyoti tizimiga asoslangan boʻlib, hozirgi vaqtda aholi jon boshiga toʻgʻri keluvchi yalpi ichki mahsuloti dunyoda eng yuqori oʻrinlardan birini egallaydi. Singapur rivojlangan davlatlar darajasiga qisqa vaqt mobaynidagi keskin iqtisodiy oʻsishi orqali erishganligi sababli „Sharqiy Osiyo yoʻlbarslari“ maqomiga erishgan davlatlardan biri hisoblanadi.
Davlatda elektronika, ishlab chiqarish, kemasozlik va moliyaviy xizmat sohalari rivojlangan. Barqaror iqtisodiyoti tufayli keskin iqtisodiy oʻzgarishlar davrida ham mamlakat barqaror savdo narxlarini saqlab tura oladi. Singapur iqtisodiyoti mahsulot eksportiga, xususan, maishiy elektronika, axborot texnologiyalari, farmasevtika va moliyaviy xizmatlar kabi sohalarga bogʻliq holda rivojlanadi. Transmilliy korporatsiyalar mamlakat iqtisodiyotida muhim oʻrin tutadi. Singapur iqtisodiyoti dunyoda eng ochiq va korrupsiyadan xoli iqtisodlardan biri hisoblanadi. Singapur farmasevtika va tibbiyot ishlab chiqarish sohalariga katta sarmoyalarni jalb qilib keladi va Janubi-Sharqiy Osiyoda moliyaviy va yuqori texnologiyali markaz sifatida rivojlanish saʼy-harakatlarini davom ettirmoqda. Singapore Airlines kompaniyasi bugungi kunda dunyoga keng tanilgan nufuzli avia kompaniyalardan biri hisoblanadi va Singapurning Fairmont Raffles Hotels International xolding kompaniyasi Swissotel xalqaro mehmonxonalar tarmogʻiga egalik qiladi.
Umumiy xususiyatlari Singapur Osiyoning yetakchi xarid qobilyatiga ega va yuqori narxlarga ega markazi hisoblanadi. Globallashuv jarayonlarining rivojlanib borishi tufayli mamlakat oʻzini Sharqiy Osiyoning moliyaviy va yuqori texnologiyali markazi sifatida tobora koʻproq namoyish etmoqda.
Singapur yalpi ichki mahsulotida asosan sanoat ishlab chiqarishi va moliya sektori (2000-yil holatiga) mos ravishda 26% va 22% ni tashkil etadi. Singapur dunyodagi uchta yirik neftni qayta ishlash eksport markazlaridan biri boʻlib, neft sanoati mamlakat yalpi ichki mahsulotining 5% ni tashkil qiladi.
Hukumat Markaziy taʼminot jamgʻarmasi deb nomlanuvchi majburiy pensiya tizimi orqali yuqori darajadagi jamgʻarma va investitsiyalarni doimiy tarzda ragʻbatlantirib boradi, jamgʻarma byudjetining asosiy qismi taʼlim va texnologiyaga sarflanadi. Hukumat Temasek Holdings davlat investitsiya guruhiga aloqador kompaniyalarga, xususan ishlab chiqarish huquqiga ham ega boʻlib, ular asosan tijorat tashkiloti sifatida faoliyat yuritadi va yillik YaIMning taxminan 60% ni ishlab chiqaradi.
Ish haqining oshishiga qaramay, yuqori raqobatbardoshlikni saqlab qolish uchun hukumat sanoat va xizmat koʻrsatish sohasida qoʻshimcha qiymatli faoliyatni ragʻbatlantirib boradi. Davlatda moliyaviy xizmatlar, telekommunikatsiya infratuzilmasi, elektr stansiyalari va chakana savdo obʼektlari koʻp sonli xorijiy xizmat koʻrsatuvchi provayderlarga koʻmaklashish uchun tashkil etilgan. 2006-yilda Singapurning markaziy biznes tumanlarida ijara haqi miqdori uch baravarga ortaganida, hukumat ijara xarajatlarini va Singapurda biznes yuritish xarajatlarini kamaytirish uchun ish haqini cheklash va davlatdagi foydalanilmayotgan binolarni boʻshatish kabi bir qancha chora-tadbirlarni koʻrdi.
Singapurda korrupsiyaning deyarli mavjud emasligi, malakali ishchi kuchi, ilgʻor va samarali yaratilgan infratuzilmasi doimo Qoʻshma Shtatlar, Yaponiya va Yevropadan 3000 dan ortiq transmilliy korporatsiyalarni oʻziga jalb etadi. Xorijiy firmalarni mamlakat iqtisodiyotining deyarli barcha sohalarida uchratish mumkin. TMKlar barcha sanoat mahsuloti va toʻgʻridan-toʻgʻri eksport sotishning uchdan ikki qismidan koʻprogʻini tashkil qiladi, garchi baʼzi xizmat koʻrsatish sohalarida birinchi navbatda hukumat bilan bogʻliq korporatsiyalar ustunlik qilsa ham.
YaIM Xalqaro valyuta jamgʻarmasi maʼlumotlariga koʻra Singapur yalpi ichki mahsuloti (YaIM): YilYaIM (milliard dollar)AQSh dollari ekvivalentiAholi jon boshiga nominal YaIM (AQSH dollari foizda)Aholi jon boshiga YaIM (AQSH dollari foizda)1980-yil25 1172,14 SGD39,6555,001985-yil39 0362,20 SGD36,6363,411990-yil66 7781,81 SGD52,0974,761995-yil119 4701,41 SGD86,1490,602000-yil159 8401,72 SGD66,1991,482005-yil194 3601,64 SGD67,54103,032007-yil224 4121,42 SGD74,61107,922008-yil235 6321,37 SGD73,71107,272009-yil268 9001,50 SGD78,53108,332010-yil309 4001,32 SGD82,13119,542011-yil270 0201,29 SGD - -
1999-yilda – 5,4% ga oʻsdi. 2000-yilda – 9,9% ga oʻsdi. 2001-yilda – 2,0% ga pasaydi. 2002-yilda – 2,2% ga oʻsdi. 2003-yilda – 1,1% ga oʻsdi. 2004-2008-yillarda – oʻrtacha 6,8% ga oʻsdi. 2005-yilda – 6,4% ga oʻsdi. 2006-yilda – 7,9% ga oʻsdi. 2007-yilda – 7,4% ga oʻsdi … 2017-yilda – 3,6% ga oʻsdi Vlasti Singapura razdadut jitelyam bolee 500 millionov dollarov // RIA Novosti | Rambler, sen 2018
Tarixi Bir asrdan ortiq vaqt mobaynida Singapur hududi Britaniya mustamlakasi boʻlgan (boʻgʻozlar turar joylari deb ham atalgan). Muhim suv savdo yoʻllari Singapur boʻgʻozi orqali oʻtgan boʻlsa-da, bu aholi punktlarining rivojlanishiga hech qanday taʼsir oʻtkazmagan. XX asrning birinchi yarmigacha mahalliy aholining asosiy mashgʻulotlari baliqchilik va tabiiy kauchuk ishlab chiqarish boʻlgan. 1963-yilda Singapur Britaniya imperiyasidan ajralib chiqadi va Malayziya bilan federatsiya tuzadi. Biroq, Singapur aholisining toʻrtdan uch qismi xitoylardan iborat edi. Shuningdek, Malayziya va Indoneziya bilan ziddiyatlar 1965-yilda Singapurning Malaya federatsiyasidan chiqarib yuborilishiga olib keladi. Singapur mustaqillikka erishgan davlat sifatida bir qator iqtisodiy muammolarga duch keladi: oziq-ovqat va chuchuk suv yetishmasligi, mineral resurslarning toʻliq yetishmasligi, sanoatning yomon rivojlanishi, 1968-yilda Britaniya harbiy bazasining olib chiqilishi ishsizlik muammosini yanada ogʻirlashtirdi. Arzon ishchi kuchiga ega boʻlgan boshqa mamlakatlardan farqli oʻlaroq, yirik xorijiy kompaniyalarning mamlakatga kirib kelishini osonlashtirish uchun Singapur hukumati yangi siyosiy va iqtisodiy barqarorlik muhitini yaratdi. Li Kuan Yu partiyasi hokimiyatni deyarli monopol shaklda qoʻlga oldi, hukumat nazoratidagi yagona kasaba uyushmasi tuzildi, boshqa kasaba uyushmalarini (va ayniqsa kommunistik tashkilotlarni) tuzish oʻlim jazosigacha jazolandi; Korrupsiya va giyohvand moddalar savdosi bir xil darajada qattiq javobgarlikka tortildi. Ushbu strategiya juda samarali boʻldi, birinchi yetti-yil ichida YaIM oʻsishi 10% dan oshdi, 1972-yilga kelib ishlab chiqarish korxonalarining toʻrtdan bir qismi xorijiy yoki Yaponiya va AQSh hamkorlari bilan qoʻshma korxonalardan iborat edi, 1975-yilga kelib sanoatning YaIMdagi ulushi 14% dan 22% gacha oshdi. Ayniqsa, davlatda axborot texnologiyalari, neft-kimyo va elektronika sohalarida kadrlar tayyorlashga jiddiy eʼtibor qaratildi. Agar 1960-yillarda asosiy sanoat mahsulotlari gugurt, qarmoqlar va baliq toʻrlari boʻlgan boʻlsa, 1970-yillarga kelib toʻqimachilik, kiyim-kechak va oddiy elektronika maxsulotlari asosiy sanoat maxsuloti sifatida eksport qilingan. 1980-yillarning boshlariga kelib Singapur qattiq disklar ishlab chiqarish boʻyicha jahonda yetakchiga aylandi. 1990-yillarda Singapurda kompozit materiallar savdosi, logistika, biotexnologiya, farmasevtika va mikroelektronika kabi sohalar rivojlandi.
Singapurning mustaqillikdan keyingi dastlabki 20 yilida YaIMning oʻsishi 10% ga yaqin boʻlgan boʻlsa, 1985-yilda bu koʻrsatkich 1984-yilga nisbatan biroz pasaygan. YaIM pasayishining bevosita asosiy sababi Singapurdagi eng yirik sanoat guruhlaridan biri kompaniyasining bankrot boʻlgani edi. Ushbu davrda, Singapur ishchi kuchining raqobatbardoshligining pasayishi va tobora koʻproq ishlab chiqarish quvvatlarining Xitoy va boshqa mamlakatlarga oʻtishi bilan bogʻliq edi. Bunday ogʻir vaziyatda hukumat iqtisodiyotni rivojlantirishning yangi usullarini izlashi kerak boʻlgan. 1973-yilgacha Singapurning oʻz fond birjasi mavjud boʻlmagan, aksariyat korxonalar davlat mulki hisoblangan. 1985-yildan boshlab davlat kompaniyalarini bosqichma-bosqich xususiylashtirish boshlandi, eng katta ulush 1993-yilda Singapur telekommunikatsiyalarini xususiylashtirish jarayoni boʻlgan boʻlib, bu Singapur birjasining bozor kapitallashuvini deyarli uch baravarga oshirdi (48,8 milliard AQSh dollaridan 132,7 milliard dollargacha). 1999-yil oxirida Singapur birjasida jami bozor kapitallashuvi 434 milliard AQSH dollarini tashkil etgan 370 ta kompaniya roʻyxatga olingan boʻlib, ularning 27 foizi Temasek Holdings suveren fondi tomonidan nazorat qilingan.
Sanoat bilan parallel ravishda Singapurda moliya sektori rivojlandi. 1968-yilda Osiyo dollarining umumiy bozori tashkil etildi () va Singapur Taraqqiyot banki (DBS Bank) tashkil etildi, keyingi-yili oltin savdosi ancha liberallashtirildi (va shundan beri Singapur Janubi-Sharqiy Osiyoda oltinning eng yirik importchisi boʻldi). 1971-yilda Singapur Monetar boshqarmasi tuzildi (), uning asosiy vazifasi markaziy bank vazifasini bajarish boʻlgan; Osiyo dollari obligatsiyalari bozori ham 1971-yildan joriy etildi. 1984-yilda , SIMEX tashkil etildi, ushbu davrda Singapur valyuta ayirboshlash hajmi boʻyicha London, Nyu-York va Tokiodan keyin dunyoda toʻrtinchi yirik markazga aylandi, ammo xalqaro operatsiyalarda Amerika dollari, Yaponiya iyenasi va nemis markasi biroz ustunlik qildi, natijada Singapur dollarining jahondagi roli ahamiyatsiz boʻlib qoldi.
Singapurning iqtisodiy strategiyasi natijasida 1960-yildan 1999-yilgacha real iqtisodiy oʻsish oʻrtacha 8,0% ni tashkil etdi. Mintaqaviy moliyaviy inqirozdan soʻng, iqtisodiyot 1999-yilda 5,4% va 2000-yilda 9,9% oʻsish bilan qayta tiklandi. Biroq, Qoʻshma Shtatlar, Yaponiya va Yevropa Ittifoqidagi iqtisodiy pasayishlar, shuningdek, elektronika sanoatining global pasayishi 2001-yil uchun prognoz qilingan Singapur iqtisodiy oʻsishiga ham salbiy 2,0% ga taʼsir qildi. 2002-yilda iqtisodiyot 2,2% va 2003-yilda SARS epidemiyasida Singapurda iqtisodiyot 1,1% ga oʻsdi.
2004-2008-yillar oraligʻida real YaIMning oʻsishi oʻrtacha 6,8% ni tashkil etdi, ammo 2008-yilning ikkinchi choragida Singapur oxirgi 5 yildagi eng yomon iqtisodiy inqirozga duch keldiRemoved: news agency feed article // The Guardian. 2008-yilning uchinchi choragida Singapur retsessiyaga kiradiSingapur voshyol v resessiyu. Oradan 2 yil oʻtgach mamlakat iqtisodiyoti 2010-yildan boshlab yana tiklana boshladi va hukumat yil davomida 3-5% ga oʻsishga erishdi.
Qishloq xoʻjaligi Singapur qishloq xoʻjaligi deyarli rivojlanmagan. Mamlakatdagi qishloq xoʻjaligi sohasi mamlakatning 709 km² maydonidan taxminan 1%, asosan kichik orollarda yashaydigon xususiy fermer xoʻjaliklardan iborat. Hududning qariyb 3,3% ini oʻrmonlar, shu jumladan qarovsiz qolgan bogʻlar egallaydi. Qishloq xoʻjaligidagi asosiy maxsulotlar: kopra, mevalar, sabzavotlar, parranda goʻshti, tuxum, baliq, orkide va baliqlaridan iborat.
Sanoati Singapur elektron sanoat ishlab chiqarish sektorida jahonda yetakchilik qiladi va elektron sanoat umumiy sanoat mahsulotining qariyb 48% ni tashkil qiladi, biroq hukumat kimyo va biotexnologiya sohalarini rivojlantirishga ham muhim ahamiyat beradi.
Sanoat ishlab chiqarishining oʻsish sur’ati yillik 5,7% ni tashkil qiladi (2017-yil)
Kemasozlik Singapur burgʻulash uskunalari global bozorining 70% ga va suvda suzuvchi neft ishlab chiqarish, saqlash va tushirish qurilmalari bozorining 70% ga egalik qiladi. Mamlakat kema taʼmirlash boʻyicha jahon bozorining 20% ni tashkil qiladi. Singapurda 2008-yilning oʻzida dengiz sanoatida 70 mingga yaqin ishchi mehnat qilgan.
Elektronika sanoati Elektronika sanoati ishlab chiqarish sektorida yetakchilik qiladi va umumiy sanoat mahsulotining qariyb 48% ni tashkil qiladi.
Biotexnologiya sanoati