– Yaponiyaning janubiy Kantō mintaqasida joylashgan koʻrfaz. Tokio, Kanagawa va Chiba prefekturalari qirgʻoqlarini qamrab oladi. Tokio koʻrfazi Tinch okeani bilan Uraga kanali orqali bogʻlangan. Tokio koʻrfazi mintaqasi Yaponiyadagi eng zich va eng yirik sanoatlashgan hududdir.

Nomlari Qadimgi davrlarda yaponlar Tokio koʻrfazini uchi-umi () deb bilishgan. Azuchi-Momoyama davriga (1568—1600) kelib, bu hudud Edo shahri nomidan nomi bilan mashhur boʻlgan. Koʻrfazga hozirgi nom imperator saroyi Edoga koʻchib oʻtgandan keyin va 1868-yilda shaharni Tokio deb oʻzgartirgandan soʻng qoʻyilgan.

Geografiya thumb|Tokio koʻrfazi va tunda Katta Tokio (2018) Tokio koʻrfazi Kantō tekisligiga choʻzilgan. Sharqdan Chiba prefekturasidagi Bōsō yarimoroli va gʻarbdan Kanagawa prefekturasidagi Miura yarimoroli bilan oʻralgan. Tokio koʻrfazining qirgʻogʻi diluvial platodan iborat va tez dengiz eroziyasiga uchraydi.

Chegaralari thumb|Tokio koʻrfazi|left Pushtirangda tasvirlangan Tokio koʻrfazi – Miura yarim orolining gʻarbidagi Kannon burnidan sharqiy Boso yarimorolidagi Futsu burnigacha boʻlgan hudud. Bu hudud taxminan ni tashkil etadi. 2012-yilda meliorativ loyihalar koʻrfazni asta-sekin qisqartirishda davom etmoqda.

Feruzarangda tasvirlangan joylari Uraga kanalini oʻz ichiga oladi. Koʻrfaz Miura yarim orolining sharqidagi Tsurugisaki burnidan Boso yarim orolining gʻarbiy qismidagi Sunosaki burnigacha boʻlgan toʻgʻri chiziqning shimolidagi hududdan boshlanadi. Bu hudud ga yaqin maydonni qamrab oladi. Tokio koʻrfazining maydoni Uraga kanali bilan birgalikda ni tashkil qiladi.

Chuqurligi Chiba prefekturasidagi Futtsu burni va Yokohamadagi Xonmaku burni orasidagi bar (toʻsiq) Nakanose nomi bilan tanilgan va chuqurligi ga teng.

Orollari Tokio koʻrfazidagi yagona tabiiy orol – Sarushima () Kanagawa prefekturasining Yokosuka shahrida. Sarushima Bakumatsu davrida qirgʻoq artilleriyasi bilan mustahkamlangan joylardan biri boʻlgan va keyinchalik Meiji davrida Tokio koʻrfazi qal’asiga kiritilgan. Yaponiya imperatorlik dengiz floti Ikkinchi jahon urushi oxirigacha orolda degaussatsiya stansiyasini saqlab turdi. Orolda hozir hech kim yashamaydi.

Koʻpgina sunʼiy orollar Meiji va Taishō davrida dengiz istehkomlari sifatida qurilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin bu orollar turar joy yoki dam olish uchun foydalanila boshlandi. Odaiba, shuningdek, Daiba nomi bilan ham tanilgan, 1853-yilda Edodagi Tokugava syogunatini himoya qilish uchun istehkom sifatida qurilgan oltita sunʼiy orollardan biri boʻlib, Shinagava Daiba nomi bilan tanilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin Odaiba Tokioga qoʻshildi. Orol 1957—1967-yillarda Tokio Metropolitan hududidan jamoat plyaji sifatida foydalanilgan.

Daryolar Tokio koʻrfaziga koʻplab daryolar quyiladi va ularning barchasi koʻrfaz boʻylab turar-joy va sanoat hududlarini suv bilan taʼminlaydi. Tama va Sumida daryolari Tokiodagi koʻrfazga quyiladi.

Koʻpriklari

Tokyo Bay Aqua-Line koʻprik-tunneli Tokio koʻrfazini Kavasaki va Kisarazu oʻrtasida kesib oʻtadi; Tokio-Van paromi ham koʻrfazni Kurihama (Yokosukada) va Kanaya (Futsuda, Chiba tomonida) oʻrtasidagi Uraga kanali tomon kesib oʻtadi.

Rivojlanish

Baliqchilik Tokio koʻrfazi baliqchilik sanoatining tarixiy markazi, qisqichbaqasimonlar va boshqa akvakulturaning manbai edi. Bu tarmoqlar 20-asr boshlarida Tokio koʻrfazi mintaqasini sanoatlashtirish natijasida qisqardi va Ikkinchi jahon urushidan keyin Keihin va Keiyō sanoat zonalari qurilishi bilan deyarli toʻliq toʻxtadi.

Portlar Yaponiyaning bir qator eng muhim portlari Tokio koʻrfazida joylashgan. Yokohama porti, Chiba porti, Tokio porti, Kavasaki porti, Yokosuka porti, Kisarazu porti nafaqat Yaponiyaning, balki Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi eng gavjum portlar qatoriga kiradi.

Sanoat zonalari Tokio koʻrfazidagi sanoat zonalari Meijii davrida (1868—1912) rivojlangan. Keihin sanoat zonasi Tokiodan gʻarbda joylashgan Kanagava prefekturasida qayta tiklangan yerlarda qurilgan. Tokio sohilidagi yirik sanoat zonalari havo va suvning sezilarli darajada ifloslanishiga olib kelgan.

Tarix right|thumb|Katsushika Hokusaining mashhur „Thirty-six Views of Tomitake“ rasm toʻplamidagi „Tsukuda Takeyo“ Edo davrining ikkinchi yarmida Tsukuda orolidan (hozirgi Tsukuda, Chuo-ku, Tokio) uzoqda joylashgan Fudzi togʻini koʻrish mumkin.

Perry ekspeditsiyasi Tokio koʻrfazi Perry ekspeditsiyasi uchun joy boʻlgan. 1853-yildan 1854-yilgacha Qoʻshma Shtatlar va Yaponiya oʻrtasida kommodor Matthew C. Perry (1794—1858) tomonidan ikkita alohida sayohat uyushtirilgan. Perry oʻzining toʻrtta „Qora kemasi“da 1853-yil 8-iyulda Edo koʻrfaziga yoʻl olgan va Tokugava syogunati bilan muzokaralarni boshlagan. Shundan soʻng 1854-yilda Qoʻshma Shtatlar va Yaponiya oʻrtasida tinchlik va savdo shartnomasi imzolanishiga erishilgan„Perry Ceremony Today; Japanese and U. S. Officials to Mark 100th Anniversary.“ New York Times. July 14, 1953,.

Ikkinchi jahon urushi Ikkinchi jahon urushi oxirida Yaponiyaning taslim boʻlish toʻgʻrisidagi hujjati 1945-yil 2-sentyabrda 35° 21′ 17″ N 139° 45′ 36″ E da langarga oʻrnatilgan USS Missouri (BB-63) bortida imzolangan.

Yana qarang

Tokio porti Uraga kanali Miura yarim oroli Boso yarim oroli Keihin Keiyō

Manbalar

Turkum:Tokio koʻrfazi Turkum:Yaponiya koʻrfazlari Turkum:Yokohama geografiyasi Turkum:Tokioning diqqatga sazovor joylari Turkum:Chiba prefekturasidagi diqqatga sazovor joylar