Drew Weissman (1959-yil 7-sentyabrda tugʻilgan ) – amerikalik shifokor-olim va RNK biologiyasiga qoʻshgan hissasi bilan tanilgan, Nobel mukofoti laureati. Uning 2023-yilda tibbiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlishiga BioNTech / Pfizer va Moderna tomonidan ishlab chiqarilgan COVID-19 uchun RNK vaksinalarini ishlab chiqishg sabab boʻldi.
Biografiyasi Weissman 1959-yil 7-sentyabrda Massachusets shtatining Leksington shahrida tug‘ilgan. Drew Weissmanning otasi yahudiy, onasi italiyalik boʻlgan. U Massachusets shtatining Leksington shahrida oʻsgan. Weissman 1981-yilda Brandeys universitetida bakalavr va magistr darajasini oladi, u yerda biokimyo va enzimologiya boʻyicha ixtisoslashgan Gerald Fasman laboratoriyasida ishlagan. 1987-yilda Boston universitetida MD va PhD darajasini olish uchun immunologiya va mikrobiologiya boʻyicha bitiruv ishi tayyorlaydi. Shundan soʻng, Weissman Milliy Allergiya va yuqumli kasalliklar instituti direktori Entoni Fauci nazorati ostida Milliy Sogʻliqni saqlash institutida (NIH) tahsil oladi.
Manbalar
Turkum:Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari
Turkum:Fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari Turkum:1959-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar