Daşoguz masjidi yoki Daşoguz metjidi – Turkmanistonning Dashoguz shahridagi masjid boʻlib, Dashoguz viloyatining asosiy masjidi hisoblanadiPrezident Turkmenistana prinyal uchastie v otkritii ploщadi s flagshtokom i mecheti v Dashoguze. Masjid bir vaqtning oʻzida 3000 nafargacha namozxonni sigʻdira oladi. Daşoguz masjidi Goʻroʻgʻli xiyobonida joylashgan.

Tarixi Poydevor qoʻyish marosimi 2013-yilda boʻlib oʻtgan.

Daşoguz masjidi 2015-yil 30-oktabrda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan ochilganPrezident Turkmenistana prinyal uchastie v otkritii obʼektov v Dashoguze.

Arxitekturasi Masjidning mozaika uslubidagi bezatilgan markaziy gumbazining diametri 38 metr, balandligi 40 metr boʻlib, toʻrt minorasining har biri63metr balandlikka ega.

Daşoguz masjidida 3 ming kishi namoz oʻqiy oladi. Masjid hududida 1500 kishilik sadaqa toʻplanadigan ayvon, 200 oʻringa ega uch qavatli mehmonxona qurilgan.

Manbalar

Turkum:Daşoguz Turkum:Turkmanistondagi masjidlar Turkum:2015-yilda bunyod etilgan masjidlar