Hoji Shahlo masjidi () – Ozarbayjonning Boku shahri Balaxoniy qishlogʻida joylashgan XIV asrga oid tarixiy masjid.
Tarixi Hoji Shahlo masjidi 1385–1386-yillarda Balaxoniy qabristoni hududida, baland tepalikda qurilganTurkum:Bokudagi masjidlar. Vaqt oʻtishi bilan yodgorlik vayron qilib yuborilgan. Biroq 2017-yilga kelib masjidda yana restavratsiya ishlari boshlab yuborilgan.
Masjidning kirish eshigiga quyidagicha yozuv tushirilgan boʻlgan: „Bu Hoji Shahlo ibn Shokir ibn Mustafo Koshkiyning qasridir. 787-yil (1385-1386)“.
Kirish eshigiga tushirilgan ushbu bitikdan tashqari eshikdan sal narida yana bir arab yozuvi ham mavjud boʻlgan. Bunda masjid ustalarining nomlari tilga olingan. Ikki qatorli ushbu yozuvda: „Bu ustoz Orif bin ustad Muso Jibalning ishidir“ deya qayd etilgan.
Ushbu yozuvlarda yodgorlik masjid emas, balki qasr deb atalgan.
Manbalar
Turkum:Ozarbayjonda maqbaralar