Fenari Iso masjidi () – Istanbuldagi Vizantiya imperiyasi davrida Dudoqlar monastiri () nomi bilan mashhur boʻlgan masjid.
Manzili Fenari Iso masjidi Turkiyaning Istanbul shahri, Fotih tumani, Adnan Menderes (sobiq nomi: Vatan) xiyobonida joylashgan.
Tarixi
Vizantiya imperiyasi davri right|thumb|385x385px| Imperator Aelia Evdocianing marmarga avliyo sifatida rangli naqshinkor bezaklar bilan ishlangan tasviri, X yoki XI asr, dastlab cherkovda, hozirgi kunda esa esa Istanbul arxeologiya muzeyida saqlanadi. 908-yilda Vizantiya imperiyasi admirali Constantine LipsThe name of the founder has been found in an inscription on the cornice of the apse. Krautheimer (1986), p. 409. imperator Leo VI the Wise (hukmronlik yillari: 886–912) bilan birgalikda monastir tashkil etganMüller-Wiener (1977), p. 126. Monastir Mariya Theotokosga bagʻishlab Lycus vodiysining „Merdosangaris“ () deb nomlanuvchu hududida ochilganThis toponym has a Persian etymology („Merd-il-sachra“), and is composed of the two Persian words Merdo (meaning „man“), and sachra (meaning „solitude“): „Man of solitude“. Janin (1964), p. 361. va Konstantinopoldagi eng yirik monastirlardan biriga aylangan.
Cherkov VI asrdagi boshqa bir ziyoratgoh qoldiqlariGülersoy (1976), p. 258. ustida bunyod etilgan boʻlib, uni qurishda qadimgi Rim qabristonining qabr toshlaridan foydalanilganMüller-Wiener (1977), p. 126. Shuningdek, bu yerda Avliyo Irenening yodgorliklari saqlangan. Cherkov, odatda, „Shimoliy cherkov“ nomi bilan atalgan. left|thumb|220x220px| Shimoliy cherkovdan Vizantiya imperiyasi davrida saqlanib qolgan qoldiqlar (Istanbul arxeologiya muzeylarida saqlanadi) Lotin Amerikasi bosqinidan keyin Vizantiya imperiyasi qayta tiklanganidan soʻng, 1286–1304-yillar oraligʻida imperator Michael VIII Palaiologosning bevasi (1259–1282) imperator ayol Teodora Yahyo (Ἐκκλησία τοῦ Ἁγίου Ἰωάννου Προδρόμου τοῦ Λιβός) bagʻishlab yana bir cherkov qurdirgan"This church was added to the thirty five ones dedicated to this Saint, which existed in Constantinople in the tenth century!" Krautheimer (1986), p. 436. U yerda Teodoradan tashqari bir qancha imperator paleologlar namoyandalari, jumladan, uning oʻgʻli Constantine, Montferrat imperatori Irene va uning turmush oʻrtogʻi imperator Andronikos II (1282–1328)Gülersoy (1976), p. 258. dafn etilgan. Cherkov, odatda, „Janubiy cherkov“ deb nomlangan. Imperator oʻsha paytda tashlab ketilgan boʻlishi mumkin boʻlgan monastirni ham qayta tiklaganTalbot (2001), p. 337. Typikon kitobida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, oʻsha paytda monastirda jami 50 nafar ayolKrautheimer (1986), p. 409. istiqomat qilganMüller-Wiener (1977), p. 126.
Majmuada imperator oilasi aʼzolarini dafn etish odati XV asr – imperator John VIII Palaiologosning (hukmronlik yillari: 1425–1448) birinchi xotini Anna 1417-yilda vafot etgunga qadar davom etganMüller-Wiener (1977), p. 127.Freely says that Anna was buried in the dead of night to avoid creating a public panic due to rumors of the Bubonic plague.. 1453-yildan keyin cherkovdan qabriston sifatida foydalanilgan.
Usmonlilar imperiyasi davri 1497–1498-yillarda, Konstantinopol fathidan koʻp vaqt oʻtmay va Sulton Boyazid II hukmronligi davrida (1481–1512) janubiy cherkov Usmonlilar imperiyasining yuqori darajadagi amaldorlaridan biri Fenarizade Alâeddin Ali ben Yusuf Effendi, Rumelia qodiaskari hamda ulamolar diniy tabaqasiga mansub Molla Şemseddin Fenarining jiyani tomonidan masjidga aylantirilganThe Qadi 'asker („Army-Judge“) was the supreme military magistrate, and was one of the most important figures in the State organisation of the Ottoman Empire.Müller-Wiener (1977), p. 126. Binoning janubi-sharqiy burchagida minora, apsidada esa mehrob qurilganMüller-Wiener (1977), p. 127.. Madrasaning bosh voizlaridan birining ismi Iso boʻlgani uchun uning nomi masjidga ham berilgan. 1633-yilda yonib ketgan bino 1636-yilda vazir Bayram Posho tomonidan qayta tiklangan va shimoliy cherkovni xonaqohga (darveshlar uyi) aylantirgan. Shimoliy cherkovning ustunlari tayanchlar bilan almashtirilgan, ikkita gumbaz yangilangan va mozaik bezaklari olib tashlangan. 1782-yilda sodir boʻlgan yana bir yongʻindan soʻngMüller-Wiener (1977), p. 128, majmua 1847–1748-yillarda qayta tiklangan. Qayta qurilish ishlari davomida janubiy cherkovning ustunlari tayanchlar bilan almashtirilgan, shuningdek, narteksning toʻsiq parapetlari ham olib tashlangan. Fenari Iso masjidi 1918-yilda yana bir marotaba yonib ketgachEyice (1955), p. 80., tashlandiq bino sifatida tashlab ketilgan. 1929-yilda olib borilgan qazishma ishlar davomida masjid hududidan 22 ta sarkofag topilgan. Majmua 1950 va 1960-yillar oraligʻida Amerikaning Vizantiya instituti tomonidan toʻliq taʼmirlangan va shundan keyin yana qayta masjid sifatida faoliyat koʻrsata boshlagan.
Arxitektura va dekoratsiyasi thumb| Shimoliy cherkov interyeri
Shimoliy cherkov Usmonlilar davrida shimoliy cherkovning toʻrtta ustuni butun cherkovni qamrab oluvchi ikki uchli kamar bilan almashtirilganVan Millingen (1912), p. 128.
Shimoliy cherkov maydoni kichik boʻlib, yashirin ichki qismining uzunligi va eni ni tashkil etadi, masjidning bunday oʻlchami oʻsha paytda monastirda yashovchi aholiga qarab olingan. Shimoliy cherkov devori gʻisht va kichik tosh bloklarining navbatma-navbat terilishidan koʻtarilgan. X asr Vizantiya arxitekturasiga xos boʻlgan bunday uslubdaKrautheimer (1986), p. 405. gʻishtlar qalin ohak eritmasiga orqali bir-birining ustiga terib chiqilgan. Binoning tepa qismidan sakkizta deraza teshiklari mavjud boʻlgan Usmonli gumbazi joy olganVan Millingen (1912), p. 128.thumb| Shimoliy cherkov gumbazi
Janubiy cherkov Janubiy cherkov gumbaz bilan oʻralgan kvadrat shaklidagi xonadan iboratA deambulatorium is an aisle which encircles the central part of a church.. thumb| Baptist Yahyo cherkovi gumbazi Cherkov devori Konstantinopoldagi Vizantiya arxitekturasiga xos uslubda gʻisht va toshlarning navbatma navbat qurilishidan hosil boʻlgan.
Cherkovda galereya bilan oʻralgan eksonarteks mavjud boʻlib, u shimoliy cherkovgacha choʻzilgan. Parekklesion janubiy cherkovning janubiy tomonida qurilgan va narteksga ulangan, shuning uchun ham xona butun majmuani gʻarbiy va janubiy tomondan oʻrab olgan. Uning ichiga esa bir nechta marmar sarkofaglar joylashtirilgan.
Umuman olganda, ushbu kompleks Istanbuldagi oʻrta va soʻnggi asrlar Vizantiya meʼmorchiligining diqqatga sazovor namunalaridan biri hisoblanadi.
Manbalar
Adabiyotlar
(Note. While the page numbers in the citations refer to the Italian edition, an English edition – not as up-to-date as the Italian one – is also available: )
Havolalar
Vizantiya 1200 – Lips monastiri „Konstantinopoldagi lablar monastiri uchun Theodora Palaiologina Typikon“ (trans. Elis-Meri Talbot), Vizantiya monastir jamgʻarmasi hujjatlaridan: Tirik qolgan asoschining Typika va vasiyatlarining toʻliq tarjimasi, Tomas, J. & Hero, AC (tahrirlar.) (Dumbarton Oaks tadqiqot kutubxonasi va kolleksiyasi, Vashington, 2000) Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Istanbuldagi masjidlar