Yulduz Hamidiye masjidi (), ayrim manbalarda Yulduz masjidi () — Turkiyaning Istanbul shahri Beshiktosh tumani Yulduz mahallasi Yıldız saroyiga boriladigan yoʻlda joylashgan Usmoniylar imperiyasi tomonidan bunyod ettirilgan masjid. Usmoniylar sultoni Abdulhamid II buyrugʻi bilan 1884–1886-yillarda qurilgan. Bino toʻrtburchak shaklda qurilgan, minorasi bitta. Meʼmorchilikning neo-gotik va Usmoniylar meʼmorchiligi klassik uslubida yaratilgan naqshlar uygʻunligidan iborat. Suriyaning Damashq shahri Marjeh maydonida Abdulhamid II tomonidan oʻrnatilgan bronza ustun tepasida Yıldız masjidining kichik haykali joylashgan.

2017-yilning 4-avgustida masjidda restavratsiya ishlari boshlangan va 4 yil davom etgan. Restavratsiyaga 27 million turk lira (7,6 million dollar) sarflangan va tayyor boʻlganidan soʻng prezident Recep Tayyip Erdoğan tomonidan qayta ochilgan.

left|thumb|250x250px| Gumbazning ichki qismi Abdulhamid II ga suiqasd right|thumb|250x250px| Yıldız Hamidiye masjidi XIX asr oxirida Usmonli davlati marosimida 1905-yil 21-iyulda Dashnaksutyun aʼzolari masjid oldida ot aravaga bomba qoʻyib, Abdulhamid II ni oʻldirmoqchi boʻlishgan, bu voqea „Yıldızga suiqasd“ nomi bilan tarixda qolgan. Bomba kutilganidek vaqtida portlamagan va sulton omon qolgan, voqea natijasida 26 kishi halok boʻlgan, 58 kishi yaralangan.

Yana qarang

Yildiz saroyi

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Yulduz Hamidiye masjidi tasvirlari Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Istanbuldagi masjidlar Turkum:19-asrda Turkiyada qurilgan masjidlar Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:Turkiyadagi minorali masjidlar Turkum:Yulduz saroyi