„Raʼno“ – mashhur qoʻshiqchi Botir Zokirov tomonidan kuylangan qoʻshiq. Qoʻshiq 1964-yili suratga olingan „Qoʻshiq suratini chiz“ nomli musiqaviy filmda ilk bor yangragan. Botir Zokirov ushbu qoʻshiq kuylanayotgan jarayonda surat chizgan. Qoʻshiq klipi bir filmdan olingan kadr boʻlsa-da, „Kliplarning otasi“ sifatida eʼtirof etiladi. Klip borasida Botir Zokirovning ukasi Farrux Zokirov oʻz intervyusi orqali quyidagi fikrlarni bildirib oʻtgan. 1966-yil Raʼno qoʻshigʻi Parijdagi mashhur Olimpiya zalida ham ijro etilgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1964-yil qoʻshiqlari Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Botir Zokirov qoʻshiqlari