thumb| Malakka boʻgʻozi masjidining namoz zali|left Malakka boʻgʻozi masjidi () – Malayziyaning Malakka shahridagi sunʼiy Malakka orolida joylashgan masjid, 2006-yil 24-noyabrda Malayziyaning Oliy hukmdori (Yang di-Pertuan Agong) Said Sirojiddin Jamolullayl tomonidan qurilgan va 2006-yil 24-noyabrda rasman ochilgan. Qurilish qiymati taxminan 10 million ringitni tashkil qilgan. Bino Yaqin Sharq va malay hunarmandchiligi uygʻunlashuvi asosida qurilgan boʻlib, suv sathi baland boʻlganda masjid xuddi suzuvchi inshootga oʻxshaydi. Masjid majmuasida 30 metr balandlikdagi minora mavjud boʻlib, undan mayoq sifatida foydalaniladi.

Manbalar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Malayziyadagi masjidlar Turkum:Gumbazli masjidlar