Marina Konstantinovna Shmonina (1965-yil 9-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – sovet yengil atletikachisi, 4x400 metrga estafetada olimpiada chempioni. SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1992).
Hayoti Marina Shmonina 1965-yil 9-fevralda Oʻzbekiston SSRning Toshkent shahrida tugʻilgan. 1992-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining estafeta bahslarda qatnashgan. Yelena Ruzina, Lyudmila Jigalova, Olga Nazarova va Olga Brizginalar bilan birgalikda finalda gʻalaba qozonganib, oltin medal bilan taqdirlangan. Shmonina Olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritgan birinchi oʻzbek sportchisi sifatida eslanadi.
Manbalar
Turkum:Yengil atletika boʻyicha Olimpiyada oltin medali sovrindorlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1965-yilda tugʻilganlar Turkum:9-fevralda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston yengil atletikachilari