Marojil (; vaf. 786-yil) xalifa Horun ar-Rashidning ummu valadi va xalifa Maʼmunning onasi.
Biografiyasi
Marojil Abbosiy shahzodasi Horunning (boʻlajak xalifa Horun ar-Rashid) fors qul kanizi edi. Bir rivoyatga koʻra, u abbosiylar xonadoniga harbiy asir sifatida keltirilgan. Marojil shahzoda Horunga kanizaklikka berilgunga qadar Abbosiylar xonadonida tarbiyalangan. Marojil Horundan ikki yosh kichik edi.
Marajilning yagona farzandi Abdulloh (boʻlajak Maʼmun) Bagʻdodda milodiy 786-yil 13-sentyabrdan 14-sentyabrga oʻtar kechasi tugʻilgan. Keyinchalik „uch xalifa kechasi“ nomi bilan mashhur boʻlgan oʻsha kechada Maʼmunning amakisi Hadiy vafot etib, oʻrniga otasi Horun ar-Rashid Abbosiylar xalifaligi hukmdori etib tayinlangan. Horun 786-yil yigirma yoshida xalifa boʻlgan. Oʻsha vaqtda Horun baland boʻyli, koʻrinishi chiroyli, nozik, ammo kuchli, jingalak sochli va terisi zaytun rangli edi. Horun xalifa boʻlishi bilan Bagʻdoddagi Katta masjidda juma namozini oʻqidi. Soʻngra amir al-moʻminin huzuriga kelganidan xursand boʻlganlarini eʼlon qilib, bayʼat qilish uchun saf tortgan amaldorlar va oddiy xalq oldida chiqish qildi. Horun oʻz hukmronligini qobiliyatli vazirlarni tayinlashdan boshlagan. Vazirlar hukumat ishini shu qadar yaxshi olib borganki, natijada xalqning ahvoli sezilarli darajada yaxshilanganNew Arabian nights' entertainments, Volume 3. Marojil Horunning taxtga oʻtirishiga guvoh boʻlib, xalifadan Ummu Abdulloh unvonini oldi. Biroq, 786-yil sentyabrda Horun taxtga oʻtirgan kechada Abdulloh tugʻilganidan keyin Marojilning ahvoli yomonlasha boshladi.
Farzandi tugʻilganidan koʻp oʻtmay Marojil vafot etdi. Abdulloh Horun ar-Rashidning rafiqasi, xalifa Mansurning ( nabirasi Zubayda qoʻlida tarbiyalandi. Marojilning Xuroson bilan aloqasi borligi Maʼmunning kelajakdagi faoliyatiga katta hissa qoʻshdi.
Yana qarang Abbos ibn Maʼmun
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:8-asrda tugʻilganlar Turkum:786-yilda vafot etganlar Turkum:Abbosiy xalifalarning kanizaklari Turkum:Horun ar-Rashid Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr ayollari Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr kishilari Turkum:8-asr qullari Turkum:Oʻrta asrlar Islom olami qullari Turkum:Abbosiy xalifalarning onalari