Sulton Ibrohim jome masjidi () – Malayziyaning Johor sultonligi, Muar shahrida joylashgan tarixiy masjid. Bino Muar daryosiga yaqin joyda bunyod etilgan.
Tarixi Muar shahrida joylashgan ilk jome masjidi 1887-yilda qurib bitkazilgan. 1920-yillarda Muar shahri uchun yangi jome masjidi qurish masalasini koʻrib chiqish uchun qoʻmita tuzilgan. Mablagʻ yigʻish boʻyicha jamiyat tomonidan berilgan taklifdan soʻng, yangi masjid qurilishiga mas’ul qoʻmita ushbu masjid qurilishi uchun 10 000 ringgit toʻplaydi. Shundan soʻng qoʻmita qurilish uchun sulton roziligini olgan.
1925-yilda Sulton Ibrohim jome masjidini qurish ishlari boshlangan. Oradan besh yil oʻtgach, 1930-yilda ushbu masjid binosi qurib bitkazilgan va Dato Mustafo bin Jaafar tomonidan rasman ochib berilgan.
Arxitekturasi Sulton Ibrohim jome masjidi Gʻarb va Yaqin Sharq meʼmorchilik uslublari taʼsirida bunyod etilgan.
Manbalar
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Malayziyadagi masjidlar