Anna Alekseevna Peresild (2009-yil 20-mayda tugʻilgan, Moskva) — rossiyalik aktrisa, aktrisa Yuliya Peresild va rejissyor Aleksey Uchitelning qizi. U 2018-yildan beri aktrisa boʻlib, asosan „Slovo patsana. Krov na asfalte“ (2023) serialidagi bosh rollardan biri bilan tanilgan.

Biografiyasi Anna Peresild 2009-yil 20-mayda Moskvada tugʻilgan. Uning onasi aktrisa Yuliya Peresild va otasi rejissyor Aleksey UchitelYuliya Peresild priznalas, chto Aleksey Uchitel — otes eyo docherey // cosmo.ru, 9 sentyabrya 2017. Aslida Annaning ota-onasi uning kinoda karyerasini boshlashiga qarshi edi va bir muncha vaqt ular tegishli takliflarni rad etishdi„Tyajelo“. Peresild ozvuchila ix s Uchitelem pozitsiyu o kinokarere docherey. Aktrisa i rejisser pitalis ne dopustit, chtobi ix deti snimalis v kino. Shunga qaramay, 2018-yilda Anna Sergey Mokritskiyning „Chernovik“ („Qoralama“) filmida rol oldi. 2020-yilda u Natalya Konchalovskayaning „Perviy sneg“ („Birinchi qor“) filmida rol oʻynadiStarshaya doch Yulii Peresild i Alekseya Uchitelya poluchila novuyu rol v kino11-letnyaya doch Yulii Peresild i Alekseya Uchitelya debyutirovala v kinoPeresild i Uchitel vossoedinilis na premere filma svoey docheri, 2022-yilda Anna Goroyanning „Tibra“ filmida albinos qiz Muki rolini oʻynadiDoch Yulii Peresild stala devochkoy-albinosom v trillere „Tibra“. V rabote nad kartinoy takje prinyali uchastie Yuriy Moroz i Viktoriya Isakova va asosiy rolni oldi. Torreviejadagi SOL kinofestivalida ushbu ish uchun Anna ayollar mukofotini qoʻlga kiritdiPeresild zayavila, chto u ee docheri vse v poryadke s golovoy. Uning ijrosi sharhlovchilar tomonidan yuqori baholandi.

2023-yilda Anna Peresild Jora Krijovnikovning „Slovo patsana. Krov na asfalte“ serialida asosiy rollardan birida paydo boʻldi. U Aygul„Yest odna dogovorennost“: doch Peresild i Uchitelya raskrila pravdu ob otnosheniyax s roditelyami posle ix rasstavaniyaDoch Yulii Peresild sigrala devochku, perejivshuyu nasilie: „Bilo ochen strashno“ rolini ijro etgan. „Slovo patsana. Krov na asfalte“ 2023-yildagi eng nufuzli rus televizion loyihalaridan biriga aylandi va shu tufayli Anna mashhurlik boʻyicha onasidan tez oʻzib ketdi. Xususan, bu natija Yandex qidiruv tizimidagi maʼlumotlardan dalolat beradi.

Anna Peresild erta mashhur onaning qizi sifatida ommaviy axborot vositalarining qiziqishi obyektiga aylandi. Bir qator federal telekanallar 2021-yilda Yuliya Peresild koinotda „Vizov“ filmini suratga olayotgan paytda Bayqoʻngʻirda undan intervyu olishgan„Ti — nash kosmos“: docheri Yulii Peresild vstretili ee posle vozvraщeniya na Zemlyu. Anna Peresild film uchun yozilgan shu nomdagi qoʻshiqni ijro etdi. Ona va qiz „Dve zvezdi“ („Ikki yulduz“) telekoʻrsatuvida ishtirok etishdi„Vsegda v sene“: yunoy docheri Peresild nashli neobichnuyu rabotu. 2022-yilda „Moskva“ jurnali Anna Peresildning poytaxtdagi hayotning oʻziga xos xususiyatlari haqidagi fikrini nashr etdi.

Manbalar

Havolalar Это мой город: актриса Анка Пересильд (ruscha) Анна Пересильд раскрыла подробности съемок сцены с поцелуем в сериале «Слово пацана. Кровь на асфальте» (ruscha) 14-летняя дочь Юлии Пересильд поцеловалась на съемках впервые в жизни (ruscha) Удар для Учителя: дочь Пересильд обесчестили в сериале «Слово пацана. Кровь на асфальте» (ruscha)

Turkum:2009-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik aktrisalar Turkum:Yashayotgan insonlar