Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Buxoro viloyati Gʻijduvon shahrida joylashgan. 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid 2002–2003-yillarda mahalliy aholi tomonidan hashar yoʻli bilan qurilgan. 2022-yilga kelib esa shaharsozlik talablariga javob beradigan qilib qayta qurib bitkazilgan. Masjid bir vaqtning oʻzida 1400 nafar kishini sigʻdira oladi. Shu jumladan, masjid xonaqohiga 1200 nafar, hovliga esa 200 nafar kishi kirishi mumkin.
Manbalar
Turkum:Buxoro viloyati masjidlari Turkum:Masjidlar Turkum:Masjidlar haqidagi chala maqolalar Turkum:Masjidlar roʻyxati