Futbol boʻyicha 2025-yilgi Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati yoki Klublararo jahon chempionati 2025 (FIFA Club World Cup 2025) — FIFA tomonidan tashkil etilgan klublar oʻrtasidagi 21-xalqaro futbol musobaqasining turniridir. Musobaqa 2025-yil 14-iyundan 13-iyulgacha AQShda 32 jamoa ishtirok etadigan formatda boʻlib oʻtmoqda. Soʻnggi toʻrt yildagi qitʼalararo kuboklar gʻoliblari qatnashmoqda. Manchester City ushbu musobaqaga amaldagi chempion sifatida keldi — ular 2023-yilda eski formatdagi soʻnggi turnirda ilk bor chempionlikni qoʻlga kiritgan.

Kengaytirilgan turnir formati 2019-yil mart oyida eʼlon qilingan va dastlab Xitoyda 2021-yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi, biroq COVID-19 pandemiyasi tufayli qoldirildi. FIFA 2023-yil fevral oyida konfederatsiyalar oʻrtasida oʻrinlar taqsimotini tasdiqladi va toʻrt oy oʻtib AQShni musobaqa mezboni sifatida eʼlon qildi. Shuningdek, eski formatga juda oʻxshash versiyada har yili oʻtkaziladigan FIFA Qitʼalararo kubogi tashkil etildi.

Turnirning kengaytirilishi futbolchilar ittifoqi FIFPRO va Jahon ligalari forumi tomonidan tanqid qilindi. Ular bu oʻzgarishlar taqvimdagi matchlar sonining ortishiga va futbolchilarning salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatishini taʼkidladilar.

Tarixi va format Bir necha yillik tanaffusdan soʻng 2005-yilda qayta tiklanganidan beri Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati har yili dekabr oyida oʻtkazib kelinardi va faqatgina qitʼaviy klublar musobaqalari gʻoliblari bilangina cheklanar edi. FIFA prezidenti Gianni Infantino 2016-yil oxiridayoq klublar oʻrtasidagi jahon chempionatini 2019-yildan boshlab 32 ta jamoagacha kengaytirish va musobaqani iyun—iyul oylariga koʻchirish taklifini ilgari surgan edi. Bu oʻzgarish musobaqani telekanallar va homiylar uchun yanada jozibador va muvozanatli qilish maqsadida koʻzda tutilgan edi. 2017-yil oxirida FIFA musobaqani 24 ta jamoagacha kengaytirish va 2021-yildan boshlab har toʻrt yilda oʻtkazishni taklif qilgan. Bu yangi format FIFA Konfederatsiyalar kubogining oʻrnini egallashi rejalashtirilgan edi. Kengaytirilgan format va 2021-yilning iyun-iyul oylarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Klublararo jahon chempionati 2019-yil mart oyida Mayamidagi FIFA Kengashi yigʻilishida tasdiqlandi. Xitoy 2019-yil oktyabr oyida mezbon sifatida tayinlandi, biroq musobaqa COVID-19 pandemiyasi sababli bekor qilindi.

2023-yil 23-iyun kuni FIFA 2025-yilgi musobaqaga AQSh mezbonlik qilishini rasman tasdiqladi. Bu qaror 2026-yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik sifatida qabul qilindi. 32 ta jamoa sakkizta guruhga, har biri toʻrttadan iborat tarzda boʻlinadi. Har bir guruhdan eng yuqori oʻrinlarni egallagan ikki jamoa pley-off bosqichiga yoʻl oladi. Turnir formati 1998-yildan 2022-yilgacha oʻtkazilgan Jahon chempionatlarida qoʻllanilgan format bilan bir xil boʻlib, faqat uchinchi oʻrin uchun bahs boʻlmasligi bilan farq qiladi.

2024-yil yanvar oyida xabar berilishicha, turnir asosan AQShning Sharqiy qirgʻogʻida oʻtkaziladi. Bu qaror Yevropa telekanallari va tomoshabinlariga qulaylik yaratish, shuningdek, 2025-yilda shu davrda asosan AQShning Gʻarbiy hududida boʻlib oʻtadigan CONCACAF Oltin Kubogi bilan ehtimoliy janjallarning oldini olish maqsadida qabul qilingan.

Oʻrinlar taqsimoti

2023-yil 14-fevral kuni FIFA Kengashi 2025-yilgi turnir uchun oʻrinlar taqsimotini „aniq koʻrsatkichlar va mezonlar majmui“ asosida tasdiqladi. UEFA eng koʻp oʻringa ega boʻlib, unga 12 ta oʻrin ajratildi. CONMEBOL esa 6 ta oʻrin oldi. AFC, CAF va CONCACAF ning har biriga 4 tadan oʻrin berildi. OFC va mezbon davlat assotsiatsiyasi (AQSH) esa bittadan oʻringa ega boʻldi. 14-mart kuni FIFA Kengashi turnirga kirish uchun asosiy tamoyillarini tasdiqladi. Quyidagi tamoyillar 2021-yildan 2024-yilgacha boʻlgan toʻrt yillik davrda yakunlangan musobaqalar asosida belgilangan:

CONMEBOL va UEFA (toʻrttadan ortiq oʻringa ega): 2021-yildan 2024-yilgacha boʻlgan davrda konfederatsiyaning eng yuqori darajadagi klublar musobaqasi gʻoliblari avtomatik ravishda yoʻllanmani qoʻlga kiritadi, qolgan jamoalar esa toʻrt yillik davr uchun tuzilgan klub reytingi asosida tanlab olinadi. AFC, CAF va CONCACAF (toʻrttadan oʻringa ega): 2021-yildan 2024-yilgacha boʻlgan davrda ushbu konfederatsiyalarning eng nufuzli klublar musobaqasi gʻoliblari turnirga yoʻllanma oladi. OFC (bitta oʻrin): 2021-yildan 2024-yilgacha boʻlgan davrda ushbu konfederatsiyaning eng nufuzli klublar musobaqasida gʻolib chiqqan jamoalar orasidan reytingi eng yuqori boʻlgan klub turnirga yoʻllanma oladi. Mezbon davlat (bitta oʻrin): bu kvota keyingi bosqichda aniqlangan.

Agar bir klub oʻz konfederatsiyasining eng yuqori darajadagi klublar musobaqasini ikki yoki undan ortiq mavsumda yutsa, qolgan ishtirokchilar toʻrt yillik davr uchun tuzilgan klub reytingiga asosan aniqlanadi. Har bir assotsiatsiyadan maksimal ikki klub ishtirok etishi mumkin, biroq bundan mustasno holat – agar bir assotsiatsiyadan uch yoki undan ortiq klub chempionlikni qoʻlga kiritsa, ular ham turnirda qatnasha oladi. Toʻrt yillik klub reytingini hisoblash usuli sport mezonlariga asoslanadi va yakuniy shakli konfederatsiyalar hamda manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashuvdan soʻng belgilanadi.

UEFA dan tashqari konfederatsiyalar uchun saralash usuli quyidagicha belgilandi:

gʻalaba uchun 3 ochko durang uchun 1 ochko musobaqaning har bir yangi bosqichiga muvaffaqiyatli chiqish uchun yana 3 ochko.

UEFA klublar koeffitsiyentini hisoblashda qoʻllaniladigan usul Yevropa jamoalarini reytinglash uchun „istisno tariqasida“ qoʻllandi

Jamoalar Quyidagi jamoalar turnirga yoʻllanma oldi: KonfederatsiyaJamoalarYoʻllanma uchun asosYoʻllanma olingan sanalar:IshtirokiAFC Al-Hilol2021-yilgi AFC Chempionlar Ligasi gʻolibi2023-yil 14-mart4 2022-yilgi AFC Chempionlar Ligasi gʻolibi2023-yil 6-may4 Al Ain2023/24-yilgi AFC Chempionlar Ligasi gʻolibi2024-yil 25-may2 Ulsan HDAFC toʻrt yillik reytingida eng yaxshi jamoa2024-yil 17-aprel3 CAF Al Ahly2020/21-yilgi CAF Chempionlar Ligasi gʻolibi2023-yil 14-mart10 Wydad AC2021/22-yilgi CAF Chempionlar Ligasi gʻolibi2023-yil 14-mart3 Espérance de TunisCAF toʻrt yillik reytingida eng yaxshi jamoa2024-yil 26-aprel4 Mamelodi SundownsCAF toʻrt yillik reytingida eng yaxshi ikkinchi jamoa2024-yil 26-aprel2 CONCACAF Monterrey2021-yilgi CONCACAF Chempionlar Ligasi gʻolibi2023-yil 14-mart6 Seattle Sounders FC2022-yilgi CONCACAF Chempionlar Ligasi gʻolibi2023-yil 14-mart2 Pachuca2024-yilgi CONCACAF Chempionlar Ligasi gʻolibi2024-yil 1-iyun5 Los Angeles FCPley-off bahsi gʻolibi2025-yil 31-mayilkCONMEBOL Palmeiras2021-yilgi Copa Libertadores gʻolibi2023-yil 14-mart3 Flamengo2022-yilgi Copa Libertadores gʻolibi2023-yil 14-mart3 Fluminense2023-yilgi Copa Libertadores gʻolibi2023-yil 4-noyabr2 Botafogo2024-yilgi Copa Libertadores gʻolibi2024-yil 30-noyabrilk River PlateCAF toʻrt yillik reytingida eng yaxshi jamoa2024-yil 14-may3 Boca JuniorsCAF toʻrt yillik reytingida eng yaxshi ikkinchi jamoa2024-yil 22-avgust2 OFC Auckland CityToʻrt yillik reytingda OFC Chempionlar Ligasi gʻoliblari orasida eng yaxshi jamoa2023-yil 17-dekabr12 UEFA Chelsea2020/21-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi2023-yil 14-mart3 Real Madrid2021/22-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi2023-yil 14-mart7 Manchester City2022/23-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi2023-yil 10-iyun2 Bayern MunichUEFA toʻrt yillik reytingida eng yaxshi jamoa2023-yil 17-dekabr3 Paris Saint-GermainUEFA toʻrt yillik reytingida eng yaxshi ikkinchi jamoa2023-yil 17-dekabrilk Inter MilanUEFA toʻrt yillik reytingida eng yaxshi uchinchi jamoa2023-yil 17-dekabr2 PortoUEFA toʻrt yillik reytingida eng yaxshi toʻrtinchi jamoa2023-yil 17-dekabrilk BenficaUEFA toʻrt yillik reytingida eng yaxshi beshinchi jamoa2023-yil 17-dekabrilk Borussia DortmundUEFA toʻrt yillik reytingida eng yaxshi oltinchi jamoa2024-yil 6-martilk JuventusUEFA toʻrt yillik reytingida eng yaxshi yettinchi jamoa2024-yil 12-martilk Atlético MadridUEFA toʻrt yillik reytingida eng yaxshi sakkizinchi jamoa2024-yil 16-aprelilk RB SalzburgUEFA toʻrt yillik reytingida eng yaxshi toʻqqizinchi jamoa2024-yil 17-aprelilkMezbon Inter Miami CF2024-yilgi MLS Supporters' Shield gʻolibi2024-yil 19-oktabrilk

Qur’a Qur’a 2024-yil 5-dekabr kuni AQShning Florida shtatidagi Mayami shahri yaqinidagi Doral shahrida joylashgan Telemundo telekanali shtab-kvartirasida oʻtkazildi. Marosim Telemundo shtab-kvartirasida Alessandro Del Piero tomonidan olib borildi va unda AQShning oʻsha paytdagi saylangan prezidenti Donald Trumpning video murojaati ham namoyish etildi. FIFA qur’a tashlash jarayoni va savatchalar tartibini qur’adan ikki kun oldin eʼlon qildi. Bu jarayonda imkon qadar sport koʻrsatkichlari va geografik omillar inobatga olindi.

FIFA qur’a savatlarini quyidagicha shakllantirdi. Jamoalar har bir konfederatsiya doirasida FIFAning klublar reyting tizimiga asosan tartiblangan:

1-savat: UEFA va CONMEBOLdan eng yuqori reytingga ega toʻrttadan jamoa 2-savat: UEFAning qolgan sakkiz jamoasi 3-savat: AFC, CAF va CONCACAFdan eng yuqori reytingli ikkita jamoa hamda CONMEBOL ning qolgan ikki jamoasi 4-savat: AFC, CAF, CONCACAF, OFC va mezbon mamlakatdan qolgan barcha jamoalar

Qurʼaga koʻra, bir xil konfederatsiyaga mansub jamoalar bir guruhga tushmasligi kerak edi, bu qoida faqat UEFA jamoalariga tegishli emas. UEFAdan har bir guruhda kamida bittadan, koʻpi bilan ikkita jamoaga ruxsat berildi. Bundan tashqari, bir xil milliy assotsiatsiyaga mansub ikki UEFA jamoasi ham bir guruhga tushmasligi belgilandi.

Musobaqadagi raqobat muvozanatini saqlash maqsadida pley-off bosqichi uchun toʻrtta guruhdan iborat ikkita alohida yoʻl belgilandi. Ular quyidagicha tuzildi:

1-yoʻnalish: A, C, E va G guruhlarining gʻoliblari – B, D, F va H guruhlarining ikkinchi oʻrin egalari bilan juftlashtiriladi. 2-yoʻnalish: B, D, F va H guruhlarining gʻoliblari – A, C, E va G guruhlarining ikkinchi oʻrin egalari bilan juftlashtiriladi.

Ushbu pley-off yoʻllari asosida, UEFA va CONMEBOL jamoalari uchun qur’a tashlashda quyidagi qoidalar belgilangan:

UEFAning 1–2-oʻrindagi jamoalari va CONMEBOL ning 1–2-oʻrindagi jamoalari – turli yoʻnalishlarga joylashtirildi. Agar ular oʻz guruhlarida gʻalaba qozonsa, yarim finalgacha bir-biriga qarshi tushmaydi. UEFAning 3–4-oʻrindagi jamoalari va CONMEBOL ning 3–4-oʻrindagi jamoalari – ham turli yoʻnalishlarga joylashtirildi. Shuningdek, ular ham yarim finalgacha toʻqnash kelmaydi. UEFAning 1–4-oʻrindagi barcha jamoalari – guruhlarga shunday tarzda joylashtirildiki, agar ular guruh bosqichida gʻolib chiqsa, bir-biri bilan faqat yarim finalda yoki undan keyin uchrashadi. CONMEBOLning 1–4-oʻrindagi barcha jamoalari uchun ham xuddi shunday qoida qoʻllanildi. UEFAning 5–8-oʻrindagi jamoalari – CONMEBOL ning 1–4-oʻrindagi jamoalari boʻlgan guruhlarga joylashtirildi. UEFAning 9–12-oʻrindagi jamoalari – UEFA ning 1–4-oʻrindagi jamoalari boʻlgan guruhlarga joylashtirildi.

Mezbon mamlakat vakillari sifatida va jadvalni qulaylashtirish maqsadida Inter Miami CF va Seattle Sounders FC mos ravishda A va B guruhlariga 4-jamoalar sifatida joylashtirildi. Shu sababli, A va B guruhlariga tushgan qolgan jamoalar savatchalaridagi raqamlariga mos holda joylashtirildi.

Qurʼa 1-savatchadan boshlandi va 4-savatchagacha davom etdi. Har bir jamoa tanlab olinganidan soʻng, qurʼa qoidalariga asoslanib, alifbo tartibidagi birinchi mavjud guruhga joylashtirildi. C dan H gacha boʻlgan guruhlarda, matchlar jadvalini belgilash maqsadida, jamoaning guruh ichidagi pozitsiyasi ham alohida qurʼa orqali aniqlandi. 1-savatchadagi jamoalar esa avtomatik tarzda har bir guruhning 1-pozitsiyasiga joylashtirildi.

Qurʼa savatchalari quyidagicha taqsimlangan edi: