Abdulloh ibn Ummu Maktum () (636-yilda vafot etgan) Ibn Kasir (1373-yilda vafot etgan) bergan maʼlumotlarga koʻra Islom dinining soʻnggi paygʻambari Muhammadning sahobalaridan biri boʻlgan. Baʼzi rivoyatlarda uning ismi Amr ibn Ummu Maktum sifatida ham keltirilgan. Qur’oni Karimning 80-surasi boʻlmish Abasa surasining birinchi oyatlari u bilan bogʻliq voqeada nozil qilingan deb hisoblanadi.
Biografiyasi Abdulloh ibn Ummu Maktum Qays ibn Zayd va Otika binti Abdullohning oʻgʻli edi. U tugʻma koʻr boʻlgan va shuning uchun onasi Ummu Maktum (Yashirinning onasi) deb atalgan. Ibn Ummu Maktum Muhammadning birinchi xotini Xadicha bint Xuvaylidning amakivachchasi edi.
Abdulloh ibn Ummu Maktum Islom dinini birinchilardan boʻlib qabul qilganlardan edi. Muhammad paygʻambar uni va Mus’ab ibn Umayrni hijrat boʻlishidan oldin aholiga Qur’on oʻrgatish uchun Madina shahriga yuborgan. U va Bilol Ibn Raboh Muhammad paygʻambar tomonidan Madinada muazzinlikka tayinlanganlar. Paygʻambar janglarda qatnashish uchun Madinani tark etganida, Abdulloh ibn Ummu Maktumga namoz oʻqish mas’uliyati yuklangan.
Abdulloh ibn Ummu Maktum koʻzi ojiz boʻlishiga qaramay Islom dinining ikkinchi xalifasi Umardan jihodda ishtirok etishini iltimos qilgan. Xalifa Umar unga milodiy 636-yilda Qodisiya jangida qatnashishga ruxsat bergan. Ummu Maktum jangda musulmonlar tomonidan bayroqdor boʻlib xizmat qilgan va shahid boʻlgan.
Qur’on oyatlari Ahl as-Sunna val-Jamoaning anʼanaviy rivoyatiga koʻra, Abasa surasi birinchi oʻn oyatining nozil boʻlishi ortidagi voqea quyidagichadirː Muhammad paygʻambar Makkada Valid ibn al-Mugʻiyra va boshqa Quraysh qabilasi oqsoqollariga Islom dinini targʻib qilishga harakat qiladi. Bir kuni Muhammad Utba ibn Rabia, uning birodari Shayba ibn Rabia, Abu Jahl deb kunyalangan Amr ibn Xishom, Umayya ibn Xa-laf, Valid ibn Mugʻiralarning oldiga borib, ular bilan suhbatlashadi va turli muzokaralar olib borgan holda Islomga chaqirishga urinadi. Shu payt Abdulloh ibn Ummu Maktum paygʻambar Muhammadning oldiga kelib, ularga oʻrgatayotgan narsasini unga ham oʻrgatishini soʻraydi. Paygʻambar esa qabila boshliqlaridan eʼtiborini uzishni xohlamaydi va Abdulloh ibn Ummu Maktumga qoshlarini chimirgan holda, qabila oqsoqollariga nutq soʻzlashda davom etadi. Keyin Muhammad oʻrnidan turgan paytda koʻz oldi jimirlashib, boshiga bir qattiq narsa kelib urilganday boʻladi va ushbu oyat nozil qilinadiː
Manbalar
Turkum:Sahobalar Turkum:636-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Xadicha binti Xuvaylid