Van Chuanfu () – xitoylik kimyogar, milliarder tadbirkor, BYD kompaniyasi asoschisi, raisi va bosh direktori.

Biografiya Van Anxoy provinsiyasining Uvey okrugida kambagʻal fermerlar oilasida tugʻilgan. Oʻrta maktabda oʻqib yurganida, ota-onasi vafot etgani uchun uning tarbiyasi bilan akasi va opasi shugʻullangan.

Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, u oʻsha paytdagi Markaziy-janubiy sanoat universitetida (hozirgi Markaziy-janubiy universitet) metallurgiya fizik kimyosi boʻyicha tahsil oldi va 1987-yilda u yerni tamomladi. 1990-yilda Pekin rangli metallar umumiy tadqiqot institutida magistr darajasini oldi.

Faoliyati U bir necha yil hukumat tomonidan homiylik qilingan tadqiqotchi sifatida ishladi, lekin 1995-yilda xususiy sektorga kirib, Shenjendan tashqarida oʻzining BYD kompaniyasiga asos soldi. 2009-yil boshida uning boyligi 3,4 milliard AQSh dollariga teng boʻlib, Hurun Reportning 2014-yilgi Global boylar roʻyxatida 408-oʻrinni egallagan edi. 2009-yil oxirida uning boyligi 5,1 milliard dollarga oʻsdi va Hurun Reportda Xitoyning eng boy odami deb topildi. Bu, asosan, 2008-yilda Berkshire Hathawayning 225 million yangi aksiyalarini sotib olganidan keyin uning kompaniyasi qiymatining besh baravar oshishi bilan bogʻliq edi.

2021-yil noyabr oyida Forbes Vanning boyligi 23,5 milliard dollarga oshgani va uni Xitoyning 14-eng boy odamiga aylantirgani haqida xabar berdi, bu BYD aksiyalari narxining oʻtgan yilga nisbatan ikki baravar oshishi bilan bogʻliq.

Siyosat Van Xitoy Kommunistik partiyasining aʼzosi va Butunxitoy xalq vakillari yigʻilishida delegat sifatida qatnashadi.

Shaxsiy hayoti Van oilali va Shenjenda yashaydi.

Manbalar

Turkum:Xitoy milliarderlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1966-yilda tugʻilganlar