Uboda ibn al-Somit () – sahoba va ansoriy qabilalari ittifoqining hurmatli boshligʻi. Muhammad davridagi deyarli barcha janglarda ishtirok etgan. Badr jangidagi harakatlari uchun Uboda ibn Somit al-Ansoriy al-Badriy () nomi berilgan. Uboda ibn al-Somit musulmonlarning Vizantiyaga qarshi fathida dastlabki uchta Roshidun xalifasi qoʻl ostida xizmat qilgan.
Kiprning zabt etilishi Ubodani Roshidun armiyasining eng muvaffaqiyatli harbiy qoʻmondonlaridan biri boʻlishiga sabab boʻldi. Qozilik faoliyatini yakunlagunga qadar yettitadan ortiq yirik harbiy yurishlarda ishtirok etgan. Keyingi yillarda hokim sifatida Umaviylar xalifasi Muoviya I ga yordam bergan.
Uboda Qur’on muallimi, muftiy va Roshidun xalifaligi qozisi boʻlib xizmat qilgan, shuningdek, Misrdagi Amr ibn al-Os masjidi va Himsdagi Bozor jome masjidi kabi bir qator masjidlar qurish masalalari bilan ham shugʻullangan. Ubodaning tuzilmaviy mavqei nibatan pastroq boʻlishiga qaramay, Muhammad va xalifa Umar ishongan hurmatli sahoba sifatidagi nufuzi koʻplab vatandoshlarini, jumladan, Hims gubernatori boʻlib xizmat qilgan Muoviya I kabi tuzilmaviy jihatdan undan ustun boʻlgan amaldorlarni ham boshqarishi mumkin edi.
Islom ulamolari Ubodani Muhammadning nufuzli sahobasi deb bilishadi, u turli masalalarda fiqh hukmiga asos boʻlgan koʻplab hadislar keltirgan.
Yoshlik yillari Uboda ibn al-Somit Madinada qoʻnim topgan Yaman arablaridan boʻlib, Banu Avs va Xazraj qabilalarini tuzgan. Uning oʻzi Xazraj qabilasida tugʻilgan va keyinchalik ushbu qabilaning taniqli boshligʻiga aylangan. Uning nasl-nasabi Uboda ibn al-Somit ibn Qays ibn Asram ibn Fahr bin Saʼlaba ibn Gʻanm ibn Avf ibn (Amr ibn Avf) ibn al-Xazraj boʻlgan. Uboda va boshqa Banu Avs va Xazraj qabilalarining Abdulloh ibn Ravoha, Abdulloh ibn Haram, Sad ibn Uboda, Abu Talha al-Ansoriy kabi boshliqlari Muhammad bilan Madinadan Makkaga haj ziyoratini oʻtash uchun tashrif buyurishayotganda Aqabada uchrashishgan. Tarixiy adabiyotlarda ushbu qabila rahbarlari qabilaviy nizolardan, xususan, musulmon tarixchilari Buas jangi deb ataydigan Yasribdagi fuqarolar urushidan charchaganlaridan keyin maʼrifatga erishish uchun haj qilganlari aytiladi. Ular Muhammadning vaʼzlariga quloq tutadilar va uni oʻz qabilalarini birlashtirishning yechimi deb biladilar. Ular shu zahoti Muhammadga bay’at berganlar, bu voqea tarixda Aqabaning birinchi bay’ati deyiladi. Oʻshanda Uboda qirq yoshlar atrofida boʻlgan. Keyinchalik u Aqabadagi Ikkinchi bay’atda ham qatnashib, voqeani aytib bergan.
Makkalik musulmonlar Madinaga boshpana izlab hijrat qilayotganlarida, Uboda va uning hamrohi Banu Avs va Xorijiylar ularga boshpana berishgan, chunki Muhammad darhol Ubodaga Abu Marsad al-Gʻanviy ismli muhojirlar bilan birodarlikka bay’at qilishni buyurgan.
Muhammad boshchiligidagi janglar Muhammad Yasribda boʻlgan vaqtlarida Uboda Badr jangida ishtirok etgan va bu uning musulmon ulamolari nazarida Islom homiysi sifatidagi mavqeini oshirgan, jangda ishtirok etgan musulmonlarga beriladigan al-Badri unvoniga sazovor boʻlgan. Uboda musulmon qoʻshini oʻzlari olgan harbiy asirlar haqida va jangdan keyingi voqealar haqida guvohlik bergan.
Bundan tashqari Uboda Uhud jangida ham qatnashgan.
Banu Qaynuqo qabilasi bilan Muhammad oʻrtasidagi ziddiyatdan soʻng Uboda Banu Qaynuqo bilan ittifoqni bekor qilganini eʼlon qiladi va aynan shu voqea Moida surasining nozil boʻlishiga sabab boʻladi. Ubodaning hurmatli qabila boshligʻi sifatidagi mavqei Abdulloh ibn Ubay ibn Salulning (boshqa xorijiylar boshligʻi) yahudiylarni qoʻllab-quvvatlashidan ustun keladi. Oxir-oqibat, butun urugʻ Ubodaga ergashib, Muhammadni qoʻllab-quvvatlaydi, ular Banu Qaynuqo yahudiylarini Madinadan quvib chiqarishadi va Xandaq jangida xizmat qilishda davom etishdan oldin shahar musulmon jamoasi uchun xurmo bogʻlarini muqaddas urushdan olingan foyda sifatida olib ketishadi. 627-yil yanvarda Uboda va uning hamkasbi Saʼd ibn Uboda boshchiligidagi ansoriylar Banu Mustaliq qabilasiga qarshi yurish qiladilar. Bosqin muvaffaqiyatli yakunlanadi va ular 200 oila, 200 ta tuya, 5000 ta qoʻy, echki va koʻp miqdorda uy-roʻzgʻor buyumlarini asirga oladilar (online ). Biroq jangda Uboda beixtiyor oʻzining ansoriy urugʻlaridan biri Hishom ibn Subabahni oʻldirib qoʻyadi. Hudaybiyya shartnomasidan bir muddat oʻtgach, Uboda Xaybar jangida ham ishtirok etadi.
Uboda vafotidan oldin Muhammadning shaxsan oʻzi boshchilik qilgan deyarli barcha harbiy yurishlarda qatnashgan.
Roshidun xalifaligi 640-yilning iyul oyida Misrdagi Bobil qal’asini Vizantiya qoʻshinlariga qarshi qamal qilish paytida xalifa Ubodani 4000 askar bilan oʻsha yerga joʻnatdi. Qoʻshin tarkibida toʻrt qoʻmondondan ikki nafari faxriy muhojirlar Zubayr ibn Avvom va Miqdod ibn Asvad, yana ikki nafari Maslama ibn Muxallad al-Ansoriy ismli yosh ansoriy sarkarda va Uboda edi. Qoʻshimcha kuchlar 640-yil sentyabr oyida belgilangan hududga yetib kelishdi. Tobein va hozirda yoʻq boʻlib ketgan Avzoiy mazhabining asoschisi Imom Avzoiy musulmonlarning Misrni zabt etishiga guvoh boʻlganligini va Ubodaning yetakchilar qatorida ekanligini tasdiqlaganini qayd etgan. Amr ibn al-Os 640-yilning boshidan to shu yilning oʻrtalariga qadar Heliopolis shahri yaqinidagi ochiq maydonda jang qilishga qaror qildi. Amr ibn al-Osning 8000 nafar askariga Zubayr, Uboda, Maslama, Miqdod, Bisr ibn Abu Artatlar boshchilik qilishdi. Ular Teodor boshchiligidagi 20 000 kishilik Vizantiya qoʻshinini magʻlub etishga muvaffaq boʻlishdi. Musulmonlar bir necha oy davomida qal’ani qamal qilib, aniq gʻalabaga erisha olmaydilar. Qamal paytida ikkala tomon ham bir-biriga ruhan zarba berish maqsadida bir qancha elchi almashishdi. Qamalning oxirgi kunlarida Uboda elchilar guruhi bilan al-Mukaukisning oldiga oxirgi marotaba muzokara olib borish uchun yuboriladi. Rivoyat qilishlaricha, al-Mukaukis Ubodaning ulugʻvor qiyofasini koʻrib, undan qoʻrqib ketgan.
Birinchi xalifa tayinlangandan keyin xalifalik boʻylab qoʻzgʻolon koʻtarildi. Ubodaga xalifa Abu Bakr Arabiston boʻylab qoʻzgʻolonlarni bostirishni buyurdi, biroq uning aynan qaysi hududlarda boʻlib oʻtgan janglarda ishtirok etgani manbalarda aniq qayd etilmagan. David Nicollening soʻzlariga koʻra, Rashidunlarning toʻrtta alohida shaxsiy tarkiblari bilan Madinani 633-yilning kuzi orasida tark etgan. 634-yilgacha Xolid Abu Ubayda ibn Jarroh, Yazid ibn Abu Sufyon, Amr ibn al-As va Shurahbil ibn Hasana kabi sarkardalar boshchiligidagi boshqa tarkiblar bilan birlashganD. Nicolle, Yarmuk 636 AD – The Muslim Conquest of Syria, Osprey, 1994, p. 46.. Abu Sufyon xalifadan yangi boʻysundirilgan suriyalik nasroniylarga taʼlim berish uchun voizlarni yuborishni soʻragach, Uboda, Abu-d-Dardo va Muaz ibn Jaballar Suriyaga yuborildi. Bir paytlar Uboda Suriyadagi harbiy yurishlarga yordam berish vazifasini ham olgan edi.
Xalifa Umar davrida Rashidunning Levantni zabt etishi paytida Suriya frontidan qoʻshin tarkibini va hujumlarni kuchaytirish talablari kelib tushdi. Umar Ubodani Abu Ubayda ibn Jarroh va Xolid ibn Valid bilan birlashish uchun yubordi. Uboda Xolid ibn Valid boshchiligidagi Ajnadayn jangida ishtirok etib, u yerda Vardan qoʻl ostidagi 100 000 nafar Vizantiya askari tuzoqqa tushib, magʻlubiyatga uchratildi, yana bir qismi Damashqqa qochib ketdi. Ushbu jang, nihoyat, Vizantiya armiyasining yarmidan koʻpi, shu jumladan, general Vardanning ham halok boʻlishi bilan yakunlandi.
Milodiy 635-636-yillar oraligʻida Emesa qamalida Abu Ubayda Ubodani Himsga noib qilib tayinladi, Abu Ubaydaning oʻzi esa Hamoni egallash uchun joʻnab ketdi. Uboda u yerda rafiqasi Ummu Harom bilan qoldi. Ummu Harom oʻzi va eri ishtirok etgan kelajakdagi Kipr fathini bashorat qilgan hadisni eslaydi.
Uboda Yarmuk jangida ham ishtirok etgan. Yarmuk jangida Vizantiya koalitsiyalarini magʻlub etgandan soʻng, Uboda Abu Ubayda va Xolid qoʻshini bilan birga Shimoliy Suriyaga yetib borgunga qadar fathlarini davom ettirdilar va u yerdan Levant qirgʻoqlarini tinchlantirish uchun janubga burilib ketdilar. Ubodaga qirgʻoq boʻyidagi qal’a shahri Tartusni boʻysundirish uchun qoʻshinga rahbarlik qilish buyurildi. U 636-yilda Tartusni egallaganida, Muoviya shaharga kelib, Amsor majmuasini qurdirgan.
Abu Ubayda Ubodaga Jabla va Loziqiya tomon yurishni buyurdi. Uboda Loziqiyani qamal qilish paytida mahalliy garnizon qarshiliklariga duch keldi. U shaharning ulkan darvozasi borligini, uni faqat koʻp sonli askarlar bilan ochish mumkinligini tushundi. Oʻz odamlariga qarorgoh qurishni va xandaqlar qazishni buyurdi. Uboda va uning qoʻshini shahar askarlari nazdida goʻyo Himsga qaytib ketgandek boʻlishdi, biroq tunda u qoʻshinlarga xandaq ichiga yashirinishni buyurdi. Loziqiyaliklar Uboda va uning qoʻshini ortiga qaytib ketdi, deb oʻylab, chorvalarini darvoza tashqarisiga chiqarish uchun uni ochdilar. Biroq shu paytda Uboda butun qoʻshinga hujumga oʻtishni buyurdi. Vizantiyaliklarning esa bu qadar tezkor hujumga qarshi darvozani yopishga urnishlari muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Uboda qal’a devorga chiqib, vizantiyaliklarni dahshatga solgan va al-Yusayid tomon qochishlariga majbur qilgan holda takbir aytdi. Qochib ketgan Vizantiya askarlari va mahalliy fuqarolar ham Ubodaning huzuriga qaytib, unga taslim boʻldilar va maʼlum shartlar, jumladan, xiroj yer soligʻini toʻlash majburiyati bilan oʻz uylariga qaytishga ruxsat oldilar. Uboda Loziqiyani nazorat qilar ekan, hududda bir qancha masjidlar qurdirdi, biroq ushbu masjidlarni qurish chogʻida hech bir binolar, hatto cherkovlar ham vayron qilinmadi. U boʻysundirilgan aholi ustidan xalifalik tartibini oʻrnatish uchun shu yerda qoldi. Oʻsha paytda qurilgan Jome al-Bozor yoki Masjid al-Bozor bugungi kunda ham saqlanib qolgan. Laodikiya nomi Latakiya yoki al-Loziqiya deb oʻzgartirildi.
Loziqiyadagi masalalarni hal qilgandan soʻng, Uboda Vizantiya nazoratidagi boshqa shaharlarga yurish qildi va ularni Salamiyadan Baniyasgacha birin-ketin boʻysundirishga erishdi.
Taxminan 630-yillarda Uboda Paltus shahrini boʻysundirdi, hudud keyingi davrda Arab al-Mulk deb nomlangan arab aholi punktiga aylanadi, bu haqida Yoqut al-Hamaviy bir qancha maʼlumotlar yozib qoldirgan.
Misrga koʻchish 640-yilning iyul oyida Misrdagi Bobil qal’asini Vizantiya qoʻshinlariga qarshi qamal qilish paytida xalifa Ubodani 4000 askar bilan birga joʻnatdiSaleh, Qasim a Ibrahim dan Muhammad A. (2014). . Qoʻshinga toʻrt nafar qoʻmondon tayinlandi, ularning ikki nafari faxriy muhojirlar Zubayr ibn Avvom va Miqdod ibn Asvad, yana ikki nafari Maslama ibn Muxallad al-Ansoriy ismli yosh ansoriy qoʻmondon hamda Uboda edi. Bu qoʻshimcha kuchlar 640-yilning sentyabrida belgilangan hududga yetib keladi. Tobein va hozirda yoʻq boʻlib ketgan Avzoiy mazhabining asoschisi Imom Avzoiy musulmonlarning Misrni zabt etishiga guvoh boʻlganini yozib, Ubodaning yetakchilar qatorida ekanligini tasdiqlaydi. Amr ibn al-Os 640-yilning boshidan shu yil iyul oʻrtalariga qadar Heliopolis shahri yaqinidagi ochiq maydonda jang qilishga qaror qilishdi. Amr ibn al-Osning 8000 nafar askariga Zubayr, Uboda, Maslama, Miqdod, Bisr ibn Abi Artat boshchilik qilishdi. Ular Teodor boshchiligidagi 20 000 kishilik Vizantiya qoʻshinini magʻlub etishga muvaffaq boʻlishdiSiyar Aʼlam Nubala, Ibn Dhahabi. Hasson, Isaac (2019) . . Musulmonlar bir necha oy davomida qal’ani qamal qilib, aniq gʻalabaga erisha olmadilar. Qamal paytida ikkala tomon ham bir-biriga ruhiy zarba berish va taslim boʻlishni taklif qilish maqsadida elchi almashishdi. Qamalning oxirgi kunlarida Uboda bir guruh elchilar bilan al-Mukaukis qoshiga oxirgi marotaba muzokara olib borish uchun yuborildi. Rivoyat qilishlaricha, Mukaukis Ubodaning qorongʻu va ulugʻvor qiyofasini koʻrib, undan qoʻrqib ketgan.