Istigʻfor () – islomda Allohdan gunohni kechirishni soʻrash, qilgan gunohlariga tavba izhor etib, „Astagʻfirulloh!“ deyish. Bu odatda „Allohdan magʻfirat soʻrayman“ () yoki uzunroq „Robbim, Allohdan magʻfirat va Unga tavba soʻrayman“ deb aytiladi (). Islomda ibodatning muhim qismlaridan biri sanaladi. Maʼnosi „Istigʻfor“ Alloh taologa duo qiluvchini dunyoda ham, oxiratda ham dunyo havaslaridan asrashini soʻrash demakdir. „Astagʻfirulloh“ soʻzma-soʻz tarjimada „Allohdan magʻfirat soʻrayman“ degan maʼnoni anglatadi. Odatda, musulmon uni zikrning bir qismi sifatida, yaʼni Alloh eng buyukdir yoki yaxshilik Allohdandir, deb aytadi.
Bu ibora madaniyatda notoʻgʻri yoki uyatli narsalarni koʻrganda ham ishlatilishi mumkin.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Zikr Turkum:Arabcha soʻz va iboralar Turkum:Qurʼondagi soʻz va iboralar