Albertozavr – („Alberto kaltakesak“ maʼnosini bildiradi) Shimoliy Amerikaning shimoli-gʻarbiy qismida tarqalgan, Maastrixt davrining oʻrtalarida yashagan yirik tirannozavrlarga mansub dinozavrlar turkumi. 71 million yil oldin Kanadaning hozirgi Alberta provinsiyasida tarqalgan sarkofag turidan kelib chiqqan va topilgan joy sharafiga nomlangan. Meksikadagi turkumlardan Enmedio va Packard topilmalarini kelib chiqishi borasida olimlar aniq toʻxtamga kela olmagan va baʼzilari Gorgozavr libratusni ikkinchi tur sifatida tan olishadi Listed as „cf. Albertosaurus sp.“ "Corral De Enmedio and Packard Formations, Cabollona Group, Sonora, Mexico, " in Sullivan and Lucas (2006). Page 16.. Albertozavr ikki oyoqli yirtqich boʻlib, uning qisqa va ikki barmoqli old oyoqlari, oʻnlab yirik, oʻtkir tishlari, binokulyar koʻrishining oʻtkirligi, kuchli hid bilishi va katta boshi kabi Tiranozavrga hos xususiyatlari boʻlgan. Mahalliy jihatdan ekosistemaning asosiy tarqalgan yirtqichi boʻlsa-da, ammo mashhur turdoshi tirannozavr Rexdan ancha kichik boʻlgan. Uzunligi 8-9 metr, ogʻirligi 1,7-2,5 tonna kelgan.

Kashfiyot tarixi Nomlanishi

Albertozavr nomi birinchi marta Henry Fairfield Osborn tomonidan 1905-yilda tirannozavr rex haqidagi izohlar oxirida eslab oʻtilgan Osborn, H. F. (December 31, 1905). „Tyrannosaurus and other Cretaceous carnivorous dinosaurs“. Bulletin of the American Museum of Natural History. 21: 259–265. doi:10.5281/zenodo.1038222.. Rasmiy Alberto nomi Kanada provinsiyasida birinchi qoldiqlari topilgan yilda kashf etilgan. Nomlanishi dinozavr nomlaridagi eng mashhur qoʻshimcha „kaltakesak“ maʼnosini anglatuvchi yunoncha sáros/sauros soʻzini ham oʻz ichiga oladi Osborn, Henry F. (1905). „Tyrannosaurus and other Cretaceous carnivorous dinosaurs“ (PDF). Bulletin of the American Museum of Natural History. 21 (3): 259–265. doi:10.1111/j.1468-5965.2007.00735_17.x. hdl:2246/1464.. Tur Albertozavr sarkofagi deyilib, „sarkofag“ soʻzi yunoncha „goʻshtxoʻr“ degan maʼnoni anglatadi. Shu kabi sarkofaglarning 30 dan ortiq naʼmunalari aniqlangan Erickson, Gregory M.; Currie, Philip. J.; Inouye, Brian D.; Wynn, Alice A. (2006). „Tyrannosaur life tables: an example of nonavian dinosaur population biology“ (PDF). Science. 313 (5784): 213–217. Bibcode:2006Sci…313..213E. doi:10.1126/science.1125721. PMID 16840697. S2CID 34191607. Archived from the original (PDF) on July 18, 2010. Retrieved August 29, 2010. Currie, Philip J. (2003). „Cranial anatomy of tyrannosaurids from the Late Cretaceous of Alberta“ (PDF). Acta Palaeontologica Polonica. 48 (2): 191–226. Archived (PDF) from the original on October 9, 2022.

Ilk kashfiyotlar Turning ilk namunasi 1884-yil 9-iyunda Albertadagi Qizil bugʻu daryosi boʻyida topilgan yarim bosh suyagidir. Topilma geolog Joseph Burr Tyrrell boshchiligidagi Kanada Geologiya xizmati ekspeditsiyasi tomonidan aniqlangan. Ularda maxsus asbob uskunalar yoqligi sababli bosh suyagini qisman toliq holatda topishgan. 1889-yilda Tyrellerning hamkasbi Thomas Chesmer Weston atrofida boshqa skelet qismlari bilan aralashgan, toliq boʻlmagan yana bir kichik bosh suyagini topgan Tanke, Darren H.; Currie, Philip J. (2010). „A history of Albertosaurus discoveries in Alberta, Canada“. Canadian Journal of Earth Sciences. 47 (9): 1197–1211. Bibcode:2010CaJES..47.1197T. doi:10.1139/e10-057.. Bu ikki bosh suyagini Edward Drinker Cope 1982-yilda ilgari mavjud boʻlgan Laelaps incrassatus turiga qiyoslagan. „Laelaps“ nomi boshqa bir turga nisbatan qoʻllangan va 1877-yilda Othniel Charles Marsh tomonidan Driptozavrga oʻzgartirilgan boʻlsada, Cope yangi nomni qabul qilishlariga qarshilik bildiradi. Lawrence Lambe 1903—1904-yillarda topilgan qoldiqlarni batavsil koʻrib chiqadi va turni Laelaps incrassatus emas Driptozavr incrassatus deb nomlagan Lambe, L. M. (1903). „On the lower jaw of Dryptosaurus incrassatus (Cope)“. Ottawa Naturalist. 17: 134. Lambe, Lawrence M. (1904). „On Dryptosaurus incrassatus (Cope) from the Edmonton Series of the Northwest Territory“. Contributions to Canadian Palaeontology. 3: 1–27. Retrieved August 29, 2010.. Bu birikmani birinchi navbatda 1902-yilda Oliver Perry Hay kiritganHay, Oliver Perry, 1902 Bibliography and Catalogue of the Fossil Vertebrata of North America. Bulletin of the United States Geological Survey, N° 117, Government Printing Office. pp 868. Osborn driptozavr incrassatus topilmalarini qayta oʻrganib chiqdi, tirannozavrlarning umumiy tishlariga, bosh suyagining tuzilishiga qarab, yangi topilgan tur Driptozavr turidagi dinozavrlar qoldiqlaridan farq qilishini aniqladi hamda 1905-yilda unga Albertozavr sakrofagi deb nom berdi.

Topilgan ikkala naʼmunalar ham hozirda CMN 5600 golotipi va CMN 5601 parotipi Ottavadagi Kanada tabiat muzeyida saqlanadi. Yigirma birinchi asr boshlariga kelib, golotipning shikastlangan holati sabab uning Albertozavr nomi faqat naʼmunaning oʻzi uchun ishlatilishi kerak degan fikrlar tugʻilgan. Biroq 2010-yilda Thomas Carr golotip, paratip kabi topilmalarni umumiy oʻzaro bogʻliqlikka ega ekanligini aniqlagan. Topilma suyakning orqa chetidagi kengaygan pnevmatik teshik albertozavrning haqiqiy takson ekanligini isbotlaydi Carr, Thomas D. (2010). „A taxonomic assessment of the type series of Albertosaurus sarcophagus and the identity of Tyrannosauridae (Dinosauria, Coelurosauria) in the Albertosaurus bonebed from the Horseshoe Canyon Formation (Campanian–Maastrichtian, Late Cretaceous)“. Canadian Journal of Earth Sciences. 47 (9): 1213–1226. Bibcode:2010CaJES..47.1213C. doi:10.1139/e10-035..

Oroldagi suyak qismlari

1910-yil 11-avgustda amerikalik paleontolog Barnum Brown Drumhellerning Qizil bugʻu daryosi boʻyidagi boshqa karyerda Albertozavrning katta guruhi qoldiqlarini topadi. Brown jamoasi ixtiyoridagi cheklangan vaqt sababli ular koʻp sonli suyaklarning har biridan naʼmuna olishga ulgurishmaydi. Lekin har bir ekspeditsiya aʼzosiga koʻproq qoldiqlar yigʻish topshirilgan edi. Ular toʻplagan naʼmunalarini Nyu-York shahridagi Amerika tabiiy tarix muzeyi kollektsiyalari safiga yuborishadi, ularda toʻplami va oʻlchami jihatdan metatarsallarga toʻgʻri kelmaydigan ikkita izolyatsiya qilingan oyoq suyagi ham boʻlgan. Qirollik Tyrrell paleontologiya muzeyi paleontologi Philip J. Currie 1997-yilda suyaklar topilmasini qayta kashf qilishga kirishadi. Hozirda Dry Island Buffalo Jump provinsial loyihasi ichida tashkillashtirilgan dala ishlarini davom ettiradi Currie, Philip J. (1998). „Possible evidence of gregarious behaviour in tyrannosaurids“ (PDF). Gaia. 15: 271–277. Archived from the original (PDF) on March 26, 2009. Retrieved May 3, 2009. (not printed until 2000). 1997-yildan 2005-yilgacha davom etgan qazishmalarda turli yoshlarga oid 13 odamning qoldiqlari topilgan. Ulardan 10 metrdan oshiqroq biri yosh, biri keksa odamga taaluqli boʻlgan skelet qoldiqlari hisoblangan. Ularning hech biri toʻliq holda topilmagan. Qazishmalar 2008-yilgacha davom etgan, bunda skelet minimal soni 12 (skeletda faqat bir marta uchraydigan va saqlanib qoladigan elementlar asosida) va koʻzgu elementlari ontogenezi oʻlchamlari bilan farqlanganda 26 tani tashkil etgan. Shu qatorda topilgan 1128 ta Albertozavr suyagi hisoblangan boʻlib, bular Boʻr davri qoldiqlarining eng yirik kolleksiyasi boʻlgan Eberth, David A.; Currie, Philip J. (2010). „Stratigraphy, sedimentology, and taphonomy of the Albertosaurus bonebed (upper Horseshoe Canyon Formation; Maastrichtian), southern Alberta, Canada“. Canadian Journal of Earth Sciences. 47 (9): 1119–1143. Bibcode:2010CaJES..47.1119E. doi:10.1139/e10-045..

Boshqa kashfiyotlar

1911-yilda Barnum Brawn Albertadagi Amerika tabiiy tarix muzeyidagi faoliyatining ikkinchi yilida Tolman koʻprigi yaqinidagi Qizil bugʻu daryosida Albertozavrning qisman bosh suyagi naʼmunasini topdi Carpenter, K., 1992, „Tyrannosaurids (Dinosauria) of Asia and North America“, In: N. Mateer and P.-J. Chen (eds.) Aspects of nonmarine Cretaceous geology. China Ocean Press, Beijing, China, pp. 250–268. William Parks 1928-yilda Gus Lindblad va Ralf Xornell tomonidan 1923-yilda Qizil kiyik daryosi yaqinida qazib olgan bosh suyagisiz qisman skeletga asoslanib, albertazavrning yangi turini tavsifladi. Bu tur ham albertozavr bilan bir xil deb hisoblangan. Uning hozirgi naʼmunasi (ROM 807) Torontodagi Ontario Qirollik muzeyiga yuborilgan. 1926——1972-yillarda Albertozavrning suyak qoldiqlari topilmadi. Lekin bu yillar ichida boshqa topilmalar kashfiyoti koʻpayib, Kanadaning turli muzeylariga yuborildi. Albertozavr turdoshlaridan 1978-yilda havaskor paleontolog Moris Stefanuk tomonidan RTMP 81.010.001 namunasi, 1985-yil 16-iyunda esa Stefanuk tomonidan RTMP 85.098.001 naʼmunasi topilgan. Ulardan hech birida skeletlarning bosh suyaklari toʻliq boʻlmagan Tanke, Darren H.; Currie, Philip J. (2010). „A history of Albertosaurus discoveries in Alberta, Canada“. Canadian Journal of Earth Sciences. 47 (9): 1197–1211. Bibcode:2010CaJES..47.1197T. doi:10.1139/e10-057.. Topilmalar Amerikaning Montana, Nyu-Meksiko, Vayoming va Missuri shtatlaridan aniqlangani maʼlum qilingan, ammo ularning hech biri albertozavr sakrofagiga tegishli emas edi Holtz, Thomas R. (2004). „Tyrannosauroidea“. In Weishampel, David B.; Dodson, Peter; Osmólska, Halszka (eds.). The Dinosauria (Second ed.). Berkeley: University of California Press. pp. 111–136. ISBN 978-0-520-24209-8..

Gorgosaurus libratus

1913-yilda paleontolog Charles H. Sternberg Albertodagi dinozavr skeletlari orasida yana bir tirannozavr skeletini aniqladi. 1914-yilda Lourens Lambe bu dinozavrni Gorgozavr libratus deb nomlandiLambe, Lawrence M. (1914). "On a new genus and species of carnivorous dinosaur from the Belly River Formation of Alberta, with a description of the skull of Stephanosaurus marginatus from the same horizon". Ottawa Naturalist. 28: 13–20.. Bundan boshqa naʼmunalar keyinchalik Albertadan hamda AQShning Montana shtatida ham topilgan. Albertozavr bosh suyagining toliq naʼmunasi yoqligi sababli yangi topilgan tirannozavr bilan solishtirishda deyarli farq topmagan Dale Russell Gorgozavr nomini albertozavrning kichik sinonimi sifatida tasdiqladi va gorgozavr nomi 1970-yilda albertozavr libratus deb oʻzgartirildi. 2003-yilda Philip J. Currie anatomik bilimlarini topilmalarda kengroq ishga solib bir nechta tiranozavrlarning bosh suyagini solishtirib chiqdi. Xulosalariga koʻra, albertozavr va gorgozavrlar boshqa tirannozavrlarga qaraganda ancha havfliroq va bir-biriga chambarchas bogʻliq edi. Currie buni bilgan holda ularni alohida avlod sifatida saqlashni tavsiya qildi. Chunki ular doim ajralib turadigan daspletozavr va tirannozavrlar kabi emasligini takidladi. Shu bilan birga Alyaska va Nyu-Meksikodan ham bir qancha albertozavr namunalari topildi Ricklefs, Robert E. (2007). „Tyrannosaur ageing“. Biology Letters. 3 (2): 214–217. doi:10.1098/rsbl.2006.0597. PMC 2375931. PMID 17284406..

Tavsifi