Odiljon Oxundadayevich Mamatkarimov (1963-yil 19-aprel, Namangan, Namangan viloyati, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori. 2014—2019-yillar – Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi deputati. 2018—2019-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi.

Biografiyasi Odiljon Oxundadayevich Mamatkarimov 1963-yil 19-aprelda Namangan viloyatining Uychi tumanida tavallud topgan.

Mehnat faoliyati 1977—1980-yillar – Namangan viloyati, Uychi tumani, Jdanov nomli jamoa xoʻjaligi ishchisi. 1980—1981-yillar – Namangan shahar DOSAAF kursanti. 1981—1984-yillar – harbiy xizmatda. 1984—1989-yillar – Toshkent Davlat universiteti fizika fakulteti talabasi. 1989—1990-yillar – Toshkent Davlat universiteti stajyor-tadqiqotchisi. 1990—1993-yillar – Toshkent Davlat universiteti aspiranti. 1993—1999-yillar – Toshkent Davlat universiteti, fizika fakulteti katta oʻqituvchisi, dotsent. 1996—1999-yillar – Toshkent Davlat universiteti fizika fakulteti doktoranti. 1999—2000-yillar – Oʻzbekiston Milliy universiteti maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha 1-prorektori. 2000—2004-yillar – Oʻzbekiston Milliy universiteti maʼnaviy-maʼrifiy va gumanitar taʼlim ishlari boʻyicha 1-prorektor muovini. 2004—2009-yillar – Oʻzbekiston Milliy universiteti fizika fakulteti dekani. 2009—2011-yillar – Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori. 2020—2024-yillar Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori. 2024—xozirgi vaqtga qadar — O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a'zosi, Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo'mitasi raisi o'rinbosari

Mukofotlari Doʻstlik ordeni (2026-yil 22-avgust) — Yangi O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, uning iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston senatorlari