Britaniya Birmasi () — XIX asr oʻrtalaridan 1948-yilgacha Janubi-Sharqiy Osiyodagi Britaniya mustamlakachiligining tuzilmasi. 1937-yilgacha koloniya Britaniya Hindistonining bir qismi edi.
1948-yilda Britaniya Birmasi mustaqillikka erishdi.
Tarixi XIX asrdan ingliz mustamlakachiligi Myanmani bosib olishga kirishdilar. 1824-yil 5-martda Angliyaning Sharqiy Himdiston kompaniyasi Myanmaga qarshi urush boshladi. Arakan, Tensarim viloyatlarini bosib oldi. Pekin inglizlar kattik, qarshilikka duch kelib, urushni davom ettirolmadilar. 1852-yil mamlakatda mon, shan va karen xalqlari gʻalayon koʻtardi. Shu vaqtda Sharqiy Hindiston kompaniyasi Myanmaning Pegu viloyatini egalladi. 1885-yil inglizlar mustaqil Ava davlatini yengib, butun Myanmani oʻz mustamlakasiga aylantirdi va uni Britaniya Hindistoni tarkibiga qoʻshib oldi. Mustamlakachilar barcha hosildor yerlarni tortib olib, milliy boyliklarni taladi. Bunga javoban milliy ozodlik harakati avj oldi. 1920-yil talabalarning Yangondagi birinchi gʻalayoni myanmalarning milliy ozodlik qarakati rivojlanishiga turtki boʻldi. 1930—1932-yillarda mustamlakachilar va mahalliy hukmdorlarga qarshi katta gʻalayonlar boʻlib oʻtdi. Milliy ozodlik harakati 30-yillarning 2-yarmida butun mamlakatga yoyildi.
Mustamlakachilar xalq gʻalayonlarini toʻxtatish maqsadida Myanmani Britaniya Hindistoni tarkibidan ajratdilar (1937). Lekin bu tadbir milliy ozodlik harakatining rivojlanishiga toʻsqinlik qilolmadi. 1942-yilda Myanmani Yaponiya bosib oldi. Myanma xalqi yapon bosqinchilariga qarshi kurashdi. 1944-yilda Myanma xalqining milliy qaxramoni Aun San Xalq ozodligi antifashist ligasini tuzdi. Aun San va Ne Vin boshchiligidagi Milliy armiya va xalq lashkarlari bosqinchilarga qarshi qurolli qoʻzgʻolon koʻtardilar. Yaponlar mamlakatdan quvib chiqarildi (1945). Angliyalik mustamlakachilar Myanma hukumati rahbarlariga qarshi suiqasd uyushtirib, Aun San va uning bir necha safdoshini oʻldirdilar (1947). Shunga qaramay, vatanparvarlar ichki va tashqi reaksiyaga qarshi kurashni yanada kuchaytirdilar. Nihoyat, Angliya Myanma milliy mustaqilligini tan olishga majbur boʻldi va taʼsis majlisi oʻtkazishga rozilik berdi (1947-yil yanvar). 12-fevralda Myanmadagi turli xalqlar vakillari Panlone konferensiyasida mustaqil davlat — Birma Ittifoqini tuzish toʻgʻrisida kelishib oldilar (1989-yilgacha mamlakat shu nom bilan ataldi). 1947-yil 24-sentabrda boʻlib oʻtgan taʼsis majlisi Myanma konstitutsiyasini qabul qildi. 17-oktabrda imzolangan shartnomaga binoan, Myanma Britaniya imperiyasidan chiqsi. 1948-yil 4-yanvarda rasmiy ravishda mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. Boshqaruvchilari Quyi Birma bosh vakillari Vakillik muddati Quyi Birma bosh vakillari 1862-yil 31-yanvar — 1867-yil 16-fevral Artur Perves Fer 1867-yil 16-fevral — 1871-yil 18-aprel Albert Fitch 1871-yil 18-aprel — 14 апреля 1875-yil 14-aprel Eshli Iden 1875-yil 14-aprel — 1878-yil 30-mart Ogastes Tompson 1878-yil 30-mart — 1880-yil 2-iyul Charlz Etchinson 1880-yil 2-iyul — 2 марта 1883-yil 2-mart Charlz Edvard Bernard 1883-yil 2-mart — 1886-yil 26-fevral Charlz Todd
Birma bosh vakillari Vakillik muddatiBirma bosh vakillari1886-yil 26-fevral — 1886-yil 25-sentyabrCharlz Todd1886-yil 25-sentyabr — 12 марта 1887-yil 12-martCharlz Edvard Bernard1887-yil 12-mart — 10 декабря 1890-yil 10-dekabrCharlz Todd1890-yil 10-dekabr — 3 апреля 1895-yil 3-aprelAleksandr Makkenzi1895-yil 3-aprel — 1897-yil 1-mayFrederik Villiam Frayer
Birma General-gubernatorlari Vakillik muddatiBirma General-gubernatorlari1897-yil 1-may — 1903-yil 4-aprelFrederik Villiam Frayer1903-yil 4-aprel — 1905-yil 9-mayHyu Barns1905-yil 9-may — 1910-yil 19-mayGerbert Vayt1910-yil 19-may — 1915-yil 28-oktyabrHarvi Adamson1913-yil 15-may — 1913-yil 1-noyabrJorj Shou1915-yil 28-oktyabr — 1917-yil 22-sentyabrSpenser Harkot Batler1917-yil 22-sentyabr — 1918-yil 15-fevralUolter Rays (vazifasini bajaruvchi)1918-yil 15-fevral — 1922-yil 21-dekabrRejinald Kreddok1922-yil 21-dekabr — 1923-yil 2-yanvarSpenser Batler
Birma gubernatorlari Vakillik muddatiBirma gubernatorlari1923-yil 2-yanvar — 1927-yil 20-dekabrSpenser Harkot Batler1927-yil 20-dekabr — 1932-yil 20-dekabrCharlz Innes1932-yil 20-dekabr — 8 мая 1936-yil 8-mayHyu Stefenson1936-yil 8-may — 1941-yil 6-mayArchibald Kokreyn1941-yil 6-may — 1946-yil 31-avgustRejinald Dorman-Smit
Yaponiya ishg‘ol qo‘mondonligi Vakillik muddatiYaponiya ishg‘ol qo‘mondonligi1942-yil 20-aprel — 1943-yil 18-martIida Syodziro1943-yil 18-mart — 1944-yil 30-avgustKavabe Masakadzu1944-yil 30-avgust — 1945-yil 14-avgustXeytaro Kimura
Birma ma’muriyati rahbari Ba Mo — (1942-yil 1-avgust — 1943-yil 1-avgust) Davlat boshlig‘i Ba Mo — (1943-yil 1-avgust — 1945-yil 3-may) Birma harbiy gubernatorlari Luis Mauntbatten — (1944-yil 1-avgust — 1945-yil oktyabr). Gubert Rans — (1945-yil oktyabr — 1946-yil 31-avgust) Gubernator Gubert Rans — (1946-yil 31-avgust — 1948-yil 4-yanvar) Yana qarang Birmaliklar Havolalar
Adabiyotlar Walter Sadgun Desai (1968). History of the British Residency in Burma. London: Gregg International. ISBN 0576031526. J. S. Furnivall, "Burma, Past and Present", Far Eastern Survey, Vol. 22, No. 3 (25 February 1953), pp. 21–26, Institute of Pacific Relations. Ernest Chew, "The Withdrawal of the Last British Residency from Upper Burma in 1879", Journal of Southeast Asian History, Vol. 10, No. 2 (Sep. 1969), pp. 253–278, Cambridge University Press. Michael W. Charney: Burma, in: 1914-1918-online. International Encyclopedia of the First World War.