Mariya Sur (; 2004-yil 31-dekabrda tugʻilgan) – Shvetsiyada yashab ijod qiluvchi ukrainalik qoʻshiqchi. Melodifestivalen 2023 da „Never Give Up“ qoʻshigʻi va „Melodifestivalen 2024“ „When I'm Gone“ qoʻshigʻi bilan mashhur boʻlgan.

Hayoti va faoliyati Mariya Sur Zaporojye shahrida tugʻilgan. 2022-yilda The Voice loyihasining Ukrainadagi talqin boʻlmish Golos Kraini ning oʻn ikkinchi mavsumida ishtirok etgan. 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Sur va uning onasi Ukrainadan qochib, Shvetsiyaga joylashganlar. Sur tez orada qoʻshiqchi Sara Dawn Finer bilan aloqaga chiqqan, bu esa Surning Stokgolmdagi Avicii Arenada Ukraina bilan birdamlik uchun xayriya galakonsertida chiqish qilishiga sabab boʻlgan va bu yerda „Survivor“ Destiny's Child qoʻshigʻini ijro etgan. Keyinchalik Warner Music Sweden bilan rekord shartnoma imzolagan.

Sur „Melodifestivalen 2023“ da „Never Give Up“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etib, finalda toʻqqizinchi oʻrinni egallagan. 2023-yilning yozida Sur Shvetsiya boʻylab „Diggiloo“ gastrollarida qatnashgan. Melodifestivalen 2024 da „When I'm Gone“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etgan; 2024-yil 10-fevralda yarim finalda ikkinchi oʻrinni olib, toʻgʻridan-toʻgʻri finalga yoʻllanma olgan. Tez orada Melodifestivalen fandomida mashhurlikka erishadi, uning qoʻshigʻi gʻalaba zavqini ulashuvchi deya eʼtirof etilgan. Oxir-oqibat, hakamlar hay’atidan 37 ball va televideniyedan 35 ball toʻplab, jami 72 ball toʻplagan holda finalda yettinchi oʻrinni egallagan. thumb| Mariya Sur Melodifestivalen 2024 da „When I'm Gone“ qoʻshigʻini ijro etmoqda

Diskografiyasi

Singllari +Singllar roʻyxati Sarlavha Yil Grafikdagi eng yuqori oʻrinlari Albom SWE „Never Give Up“ 2023-yil 17 „When I'm Gone“ 2024-yil 12

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2004-yilda tugʻilganlar