Vitaliy Yuximovich Malaxov (; 1954-yil 19-iyul2021-yil 4-noyabr) ukrainalik teatr rejissyori va Podil shahridagi Kiyev drama teatrining badiiy menejeri-rejissyori boʻlgan. 2008-yilda Ukraina xalq artisti unvoni berilgan. Shu yili sanʼat sohasida Shevchenko nomidagi Milliy mukofot laureati.

Biografiyasi Malaxov 1954-yil 19-iyulda Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi Lvov shahrida tugʻilgan. Ijodiy faoliyati 1977-yilda Ukraina televideniesida boshlangan. 1978-yil mayidan 1979-yil martigacha Lesya Ukrainka nomidagi Kiyev davlat rus drama teatrida ishlagan, bu yerda Kazka pro Monіku spektaklini sahnalashtirgan. 1979-yildan Kiyev estrada davlat teatrining rahbari boʻlib, bu yerda „Ya kiyanin“, „Nіch chudes“, „Svіtanok і smert Pablo Nerudi“, „Bezdumne shaxraystvo“ va boshqa spektakllarni sahnalashtirgan.

1985-yildan 1987-yilgacha oʻz truppasi bilan Kiyev Yoshlar teatri negizida ishlagan va 1987-yil avgust oyida Podilda Kiyev drama teatri tashkil etilgan. 1987-yildan 2021-yilgacha Podil shahridagi Kiyev akademik drama teatrining badiiy rahbari va direktori zvifasida, 60 dan ortiq spektakllarda ishlagan.

Uning truppasi AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Meksika, Kosta-Rika, Finlyandiya, Germaniya, Gretsiya, Turkiya va boshqa mamlakatlarda Ukraina teatr sanʼatini namoyish etgan. Malaxov boshchiligidagi Podil teatri 2006-yilda Ukraina dramatik sanʼatini rivojlantirishdagi ulkan yutuqlari uchun akademik maqomga ega boʻlgan.

Malaxov 2021-yil 4-noyabrda Feofaniya klinik kasalxonasida sepsis va COVID-19dan vafot etgan. U bilan xayrlashuv marosimi 8-noyabr kuni Podildagi teatrda boʻlib oʻtgan.

Manbalar

Turkum:2021-yilda vafot etganlar Turkum:1954-yilda tugʻilganlar