The Zone of Interest 2024-yil 10-mart kuni Los-Anjelesdagi Gollivuddagi Dolby teatri esda qolarli 96-Oskar mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu ajoyib tadbir nufuzli Kino san'ati va fanlari akademiyasi (AMPAS) tomonidan 2023-yilning eng yaxshi ilmlarini nishonlash maqsadida tashkil etildi. Ushbu marosimda AMPAS 23ta nominatsiya boʻyicha uzoq kutilgan Oskar mukofotini taqdim etdi. Komediyachi Jimmi Kimmel shouni olib borish maʼsulyatini toʻrtinchi bor oʻz zimmasiga oldi}}.
Nominatsiyalar 2024-yil 23-yanvarda eʼlon qilingandan soʻng,Oppenheimer 13 ta nominatsiya bilan yetakchilik qildi, Poor Things va Killers of the Flower Moon mos ravishda 11 va 10 ta nominatsiya bilan ikkinchi oʻrinni egalladi. Yakunda Oppenheimer yettita nufuzli mukofot, jumladan eng yaxshi film va eng yaxshi rejissyor mukofotlarini qoʻlga kiritib, gʻolib chiqdi. Poor things ham kuchli nomzodlar qatorida 4ta mukofot va The Zone of Interest 2ta mufokotni qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari, bir nechta filmlar, jumladan, American Fiction, Anatomy of a Fall, Barbie,The Boy and the Heron, Godzilla minus One, The Holdovers, the Last Repair Shop, 20 days in Mariupol, War is Over!, va The Wonderful Story of Henry Sugar har biri bittadan mukofot oldi. Telekoʻrsatuv AQShda 19,5 million tomoshabinni jalb qildi va 2020 yildan buyon eng koʻp tomosha qilingan marosimga aylandi.
Governors Awards marosimining 14-yillik mukofotlarini topshirish marosimi 2024-yil 9-yanvarda Jon Mulaney boshchiligida Ovation Hollywooddagi Red Dolby Ballroomda boʻlib oʻtdi. Keyinchalik, 2024-yil 23-fevralda Natasha Lion Los-Angelsdagi Akademiya kino muzeyida Fan va Texnologiya bo'yicha akademiya mukofotini topshirdi. Amerika imo-ishora tilida jonli efir Akademiyaning YouTube sahifasida mavjud boʻlib, u yerda tarjimonlar video formatda taqdim etdilar.
Gʻoliblar va nominatsiyalar 96-Akademiya mukofotlari nomzodlari 2024 yil 23 yanvar kuni Beverly Hillsdagi <i>Samuel Goldwyn teatrida</i> aktyorlar <i>Zazie Beetz</i> va <i>Jek Quaid</i> tomonidan eʼlon qilindi. Gʻoliblar nomi 2024 yil 10 mart kuni boʻlib oʻtgan tantanali mukofotlash marosimida eʼlon qilindi.
Madaniy sohada „Barbenheimer“ hodisasi jami yigirma bir nominatsiyani toʻpladi, u;ardan sakkiztasi Barbiedan va oʻn uchtasi Oppenheimerdan. Ikki film eng yaxshi filmni oʻz ichiga olgan olti toifa boʻyicha bir-biriga qarshi kurashdi.
„Oskar“ mukofotiga nomzodlar qatoriga oʻn uchta eng yaxshi film nominatsiyasini qoʻshgan Steven Spilberg ; Eng yaxshi rejissiyor uchun oʻninchi nominatsiyasini olgan va ushbu toifadagi eng keksa nomzod boʻlgan Martin Skorseze; Eng yaxshi film montaji uchun toʻqqizinchi nominatsiyani olgan Thelma Schoonmaker; bastakor Jon Uilyams, oʻzining 54-nominatsiyasini nishonladi va Uily D. Burton, yuqori darajadagi ekipaj aʼzosi sifatida sakkizinchi nominatsiyasini olgan.
Bu yil Oskar mukofotiga ilgari oʻz chiqishlari bilan tan olinmagan oʻn kishi birinchi marta nomzod boʻldi. Aktyorlik toifasidagi nomzodlar orasida uchta ochiq LGBTQ+ aktyori: Kolman Domingo, Jodie Foster va Lily Gladstone tasvirlari bor edi Gladstone shuningdek, nominatsiyaga nomzod boʻlgan birinchi amerikalik aktrisa boʻldi. "Wahzhazhe (A Song for My People) „ ning musiqa va soʻzlarini yozgan Shot Jorj, Osage Nation ning birinchi aʼzosi boʻlib, Oskar mukofotiga nomzod boʻldi.
Ketma-ket besh yil davomida eng yaxshi film uchuncfavoritlar qatoriga ayol rejissiyorlar filmlari kirdi: Barbie filmi uchun Greta Gerwig, Past Lives bilan Celine Song va Anatomy of a Fall bilan Justine Triet. Triet shuningdek, eng yaxshi rejissyor nominatsiyasiga nomzod boʻlgan sakkizinchi ayol boʻldi. Umuman olganda, olti juftlik oʻzlarining turlari boʻyicha birgalikda boʻlishgan nominatsiyalarini oldi.
Billi Eilish va Finneas OʻKonnell 2022-yildagi gʻalabalaridan soʻng, 22 va 26 yoshda ikki marta nufuzli yoʻnalishda gʻolib chiqqan eng yosh juftlik unvonini ttasdiqlab, Oskardagi Eng yaxshi asl qoʻshiq nominatsiyasini qoʻlga kiritish orqali tarixga kirishdi. Shu bilan birga, Martin Scorsesening Killers of the Flower Moon filmi uning unig oʻnlab nominatsiyalar boʻyicha sazovor boʻlgan uchinchi filmi boʻldi, lekin birorta ham gʻalaba qozonolmadi, shu bilan birga Gangs of New York va The Irishman. Shuningdek, The Zone of Interest xalqaro filmlar toifasida gʻolib boʻlgan birinchi Britaniya filmi boʻldi.
Godzilla Minus One eng yaxshi vizual effektlar toifasiga sazovor boʻlgan birinchi yapon va ingliz tilida boʻlmagan film sifatida tarixga kirdi. 83 yoshida rejissiyor Hayao Miyazaki oʻzining The Boy and The Heron asari uchun eng yaxshi animatsion film mukofotini qoʻlga kiritgan eng keksa kinorejissyor sifatida oʻrin egalladi . Bundan tashqari, The Boy and The Heron eng yaxshi animatsiya filmi sovrinini qoʻlga kiritgan birinchi PG-13 animatsiya filmi boʻldi; avvalgi barcha gʻoliblar G yoki PG deb baholanadi.
Governors Awards Akademiya 2024 yil 9 yanvar kuni Jon Mulaney tomonidan mezbonlik qilgan 14-yillik Gubernors Awards taqdirlash marosimini oʻtkazdi, unda quyidagi mukofotlat topshirildi:
Akademiya faxriy mukofotlari
Angela Bassett Mel Bruks Karol Litleton
Jean Hersholt gumanitar mukofoti
Michel Satter
Mukofotlar alt=.|right|thumb|Kristofer Nolan, eng yaxshi filmning sovrindori va eng yaxshi rejissyor sovrindori alt=.|right|thumb|Emma Stone, eng yaxshi aktrisa sovrindori alt=.|right|thumb|Robert Downey Jr. eng yaxshi qoʻshimcha aktyor alt=.|right|thumb|DaʼVine Joy Randolph, eng yaxshi qoʻshimcha aktrisa gʻolibi alt=.|right|thumb|Mstyslav Chernov, eng yaxshi hujjatli film sovrindori alt=.|right|thumb|Wes Anderson, eng yaxshi jonli aksiya qisqa qisqacha sovrindor
Yana qarang
Izohlar
Manbalar
Havolalar
YouTube.com/user/Oscars“ id="mwC14" rel="mw:ExtLink nofollow">Oskarlar Channel YouTube (Kino Sanʼati va Fanlari Akademiyasi tomonidan boshqariladi)
Boshqa resurslar
Turkum:Oskar mukofati Turkum:Kinofestivallar Turkum:Mukofotlar Turkum:Mukofotlanganlar