Jenis Lepesov (1945-yil Qoraqalpogʻiston ASSR) – Qoraqalpogʻiston xalq rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi. Hayoti Jenis (ayrim manbalarda Jengis) Lepesov 1945-yilda Qoraqalpogʻistonda tugʻilgan. 1966-yilda oʻrta maktabni tamomlab, Olmaota rassomlik bilim yurtiga oʻqishga qabul qilingan. Bilim yurtida V. Krushin, B. Pak, B. Tabiyev, S. Aytboyev, M. Ismailov, T. Togyzbayev kabi tasviriy sanʼat ustalaridan taʼlim oldi. Faoliyati 1970-yilda Lepesov Nukusga qaytib, oʻzining mustaqil rassomlik faoliyatini boshladi. U bir necha yillar davomida Nukus tasviriy sanʼat ishlab chiqarish ustaxonalarida bezakchi sifatida faoliyat yuritgan. Keyinchalik, 1985-yildan boshlab Y. Qoʻspoʻlatov nomidagi sanʼat maktabida tasviriy sanʼat va rassomchilik boʻyicha dars berdi. Manbalar

Turkum:Rassomlar Turkum:Qoraqalpogʻistonda tugʻilganlar