Lois Wilson – (1894-yil 28-iyun, Pennsilvaniya shtatining Pittsburg (Kansas) shahri — 1988-yil 3-mart, Reno (Nevada)) amerikalik aktrisaname=. U rejissyor va ssenariychi sifatida ham faoliyat yuritgan.

Yoshligi Aktrisa Pennsilvaniya shtatining Pittsburg (Kansas) shahrida tugʻilgan. Lois hali juda yosh boʻlganida, oilasi Alabamaga koʻchib oʻtishadi. U Alabama Normal kollejini (hozirgi West Alabama universiteti) tamomlagan va boshlangʻich sinf oʻquvchilariga dars bergan. Biroq, keyinchalik, kinofilmdagi faoliyatini davom ettirish uchun oʻqituvchilikni tark etgan.

1915-yilda Wilson Universal Studios va Birmingham News tomonidan oʻtkazilgan goʻzallik musobaqasida gʻolib boʻlganidan soʻng Kaliforniyaga koʻchib oʻtgan. Ushbu musobaqa Miss Alabama / Miss Amerika musobaqa tizimining oldingi shakli edi va Wilson birinchi Miss Alabama deb tan olingan. U Gollivudga qaytgach aktrisalik bilan shugʻullanishni davom ettirgan hamda Victor Film kompaniyasi tomonidan bir nechta kichik film rollari uchun ishga qabul qilingan.

1916-yilda Chikagoga tashrif buyurgan, u yerda mashhur balet raqqosasi Anna Pavlova bilan birgalikda rol ijro qilgan. Shuningdek, Chikagoda „The Dumb Girl of Portici“ filmida unga kichik rolni bergan film rejissyori, pioneer ayol Lois Veber bilan uchrashgan. Keyin Veber uni Los-Anjelesga olib borgan, Lois Los-Anjelesda yulduzlikka tayyorlangan va J. Warren Kerrigan hamda Frank Keenan kabi aktyorlar bilan bosh rollarda oʻynashni boshlagan.

Ish faoliyati right|thumb|350x350px|Noah Beery, Raymond Hatton, Lois Wilson va Jack Holt „The Thundering Herd“(1925) filmida Turli studiyalardagi bir nechta filmlarda rollari bilan ishtirok etganidan soʻng, Wilson 1919-yilda Paramount Pictures kompaniyasiga joylashtirilgan va 1927- yilgacha shu yerda ishlagan. Uning eng taniqli ekran tasvirlari „The Covered Wagon“ (1923) filmidagi Molly Wingate, shuningdek, Silent filmda „Great Gatsby“ dagi Daisy Buchanan rollari orqali yaxshi deb baholangan. Lois Rudolf Valentino va Jon Gilbert kabi erkak yulduzlarga partnyor boʻlib rol ijro etgan. thumb|Wilson, 1923-yilgi „Picture-Play“ jurnali Muvaffaqiyatli rol ijro etishiga qaramay, Wilson 1930-yillarda oʻynagan rollaridan mamnun boʻlmagan va 1939-yilda atigi uchta filmda rol ijro etgan, soʻngra 1941-yilda nafaqaga chiqqan. Wilson 1951-yilda „The Guiding Light“ va „The Edge of Night“ seriallarida ishtirok etgan. U rollarida oʻzining aksariyat xususiyatlarini tasvirlagan. Lois 1948-yilda WPIX TV-shousida qadrdon doʻsti Gloria Swanson bilan birga koʻrsatuv mehmoni boʻlgan. Wilson 1926-yilda „Philadelphia Sesquicentennial Celebration“dagi „Amerika dunyoni kutib oladi“ rasmiy plakatining modeli edi. 1934-yilda uning „No Greater Glory“ filmidagi ijrosi Birminghamda (Alabama) Jahon tinchligi kuninini nishonlash uchun yaratilgan.

Shaxsiy hayoti thumb|Wilson, 1922 U „koʻngilchan ayol“ deb tasvirlangan, ammo, haqiqiy hayotda hech qachon turmush qurmagan. Aktrisa „Goʻzallik va madaniyatda Amerikalik qiz obrazining yaqqol namunasi“, deb tasvirlangan. Swanson 1981-yilda oʻz biografiyasida shunday deb yozgan: „Loisda haqiqiy yulduzlik sifati bor edi. U hech qachon ishlashdan toʻxtamagan“name=.

Vafoti Lois Wilson 93 yoshida Reno, Nevada joylashgan Riverside kasalxonasida zotiljam xastaligi tufayli vafot etgan. Uning dafn marosimi California City (California Beverly Hills) shahridagi the Good Shepherd cherkovida oʻtkaziladi. Aktrisa cherkov yaqinida joylashgan Glendale shahridagi „Forest Lawn Memorial Parki“da dafn etilgan.

Havolalar

Lois UilsonbilanInternet Broadway maʻlumotlar bazasi Biodata, allmovie.com Lois Uilsondan rasmlar va adabiyotlar

Manbalar

Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:1988-yilda vafot etganlar Turkum:1894-yilda tugʻilganlar