Affon ibn Abu al-Os () VI asrning mashhur arab savdogari, Muhammadning zamondoshi () va uchinchi Rashidun xalifasi Usmon ibn Affonning otasi ().
Otasi Abu al-Os ibn Umayya, jiyani Marvon ibn al-Hakam, singlisi Safiyya binti Abu al-Os Ummu Habibaning (Muhammadning xotini) onasi boʻlgan.
Affon ibn Abu al-Os Arva bintu Karizga uylangan. U ham Muhammadning amakivachchasi boʻlgan.
Oʻgʻli Usmon Toifda tugʻilgan. Aniq sanasi bahsli, baʼzi manbalarga koʻra 576-yil deyilsa, boshqalarida 583-yilda deya koʻrsatilganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir Volume 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: TaHa Publishers.. U yozishni bilgan 22 makkalikdan biri sifatida qayd etilganAhmed ibn Jabir al-Baladhuri. Kitab Futuh al-Buldan. Translated by Murgotten, F. C. (1924). The Origins of the Islamic State Part 2, p. 271. New York: Longmans, Green & Co., & London: P. S. King & Son, Ltd..
Affon ibn Anu al-Os xorijda erta vafot etgan va oʻgʻli Usmonga katta meros qoldirgan. Xalifa Usmon ibn Affon ham otasi kabi savdogar boʻlib, uning ham savdo-sotiq ishlari gullab-yashnagan va Qurayshning eng boy kishilaridan biriga aylangan..
Qarindoshlari va shajarasi Usmon ibn Affon Muhammadning ikki qiziga, avvaliga Ruqayya binti Muhammadga, u vafot etgach, Ummu Kulsumga uylangan.
Muhammadning uchinchi qizi Ummu Kulsum katta opasi Ruqayya vafotidan keyin Usmonga turmushga chiqqan. Muhammadning katta qizi Zaynab binti Muhammad Abu al-Os ibn ar-Robiʼga, Fotima Ali ibn Abu Tolibga turmushga chiqqan.
Yana qarang
Sahobalar
Manbalar
Havolalar
http://www.witness-pioneer.org/vil/Articles/companion/01_uthman_bin_ghani.htm
Turkum:Oʻlgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Sahobalar ajdodlari