Vladislav Kiryan (; 1979-yil 6-iyul) — oʻzbekistonlik sobiq futbolchi. U asosan yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan.
Futbolchilik faoliyati
Klub faoliyati Professional faoliyatini „Qizilqum“ klubi tarkibida Oʻzbekiston birinchi ligasida boshlagan. 1999-yilgi mavsum oxirida u oliy ligaga yoʻl oldi, 2000-yilda u 2 ta oʻyin oʻtkazdi. 2001-yilgi mavsumda u oliy liganing yana bir klubi Zarafshonda oʻynadi. 2002-yilda „Paxtakor“ ga oʻtdi. Uning tarkibida 2002-yildan 2007-yilgacha ketma-ket 6 mavsum Oʻzbekiston Kubogi chempioni va gʻolibi boʻlgan. 2009-yilda „Navbahor“ da, 2010-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ va „Zarafshon“ klublarida toʻp surgan, shundan soʻng futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
2006-yil „Paxtakor“ jamoasining 50 yillik yubileyida Toshkent jamoasining tarkibida Moskvaning „Torpedo“ jamoasiga qarshi maydongga tushgan.
Terma jamoadagi faoliyati 2002—2007-yillarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasida ham 17 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Rossiyaga koʻchib oʻtdi. 2020-yildan boshlab u Belgorod viloyatida biznes bilan shugʻullanganBugun Vladislav Kiryan 41 yoshni qarshilamoqda.
Yutuqlar
Paxtakor
Oʻzbekiston chempioni (6): 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007 Oʻzbekiston Kubogi gʻolibi (6): 2001/02, 2002/03, 2004, 2005, 2006, 2007
Manbalar
Havolalar
Vladislav Kiryan Transfermarkt saytida
Vladislav Kiryan Footballfacts saytida
Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:6-iyulda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Zarafshon Navoiy futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar