Elizabeta Gjorgievska (; 1972-yil 6-mayda tugʻilgan) — makedoniyalik shifokor, 2019-yildan beri Shimoliy Makedoniyaning beshinchi prezidenti Stevo Pendarovski rafiqasi va birinchi xonim.
Biografiyasi Gjorgievska 1972-yil 6-mayda Skopyeda tugʻilgan. 1996-yil mart oyida Skopye universitetining stomatologiya fakultetini (hozirgi Kirill va Mefodiy nomidagi Skopye universiteti) tamomlagan. 1998-yildan shu fakultetning magistratura bosqichida tahsil olgan va 2002-yilda nomzodlik, 2006-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1997-yildan 1998-yilgacha Gjorgievska yuz-jagʻ jarrohligi klinikasida koʻngilli, 1998-yilda esa bolalar va profilaktik stomatologiya klinikasida shifokor boʻlib ishlagan. 2002-yilda mutaxassisligi boʻyicha imtihondan oʻtgan. 2004-yilda Gjorgievska kichik assistent, 2006-yilda esa Skopye universitetining bolalar profilaktik stomatologiyasi kafedrasida assistenti. 2008-yilda dotsent unvonini olgan (PDF). Bilten na Univerzitetot „Sv. Kiril i Metodiј“ vo Skopјe (1163). Skopјe: 183. 15 February 2018. Archived from the original (PDF) on 8 March 2022..
2002-yilda Gjorgievska magistrlik darajasini olib, bolalar va profilaktik stomatologiya boʻyicha mutaxassis boʻldi, 2006-yildan esa fan doktori. Buyuk Britaniya, Belgiya va Amerika Qoʻshma Shtatlardagi universitetlarga bir nechta tadqiqot tashriflarini amalga oshirgan va bir nechta xalqaro tadqiqot loyihalarida ishlagan.
Gjorgievska 90 dan ortiq maqolalarni nashr ettirgan. Bir qancha milliy hamda xalqaro simpozium va konferensiyalarning tashkiliy va ilmiy qoʻmita aʼzosi boʻlgan. Shimoliy Makedoniya va xorijdagi ilmiy anjumanlarda maʼruzalar hamda seminarlar oʻqigan. Koʻplab asarlar muallifi, jumladan ikkita monografiya va yana uchta monografiya hammuallifidir. 2010-yildan 2014-yilgacha Makedoniya pediatriya va profilaktik stomatologiya assotsiatsiyasining raisi boʻlgan. Stomatologiya bilan bogʻliq turli xalqaro tashkilotlarning aʼzosi va Nyu Yorkdagi Kolumbiya universitetiga tashrif buyurgan.
Shaxsiy hayoti Gjorgievska va Pendarovskiyning bitta farzandi bor. 2014 va 2019-yillardagi mamlakat prezidentlik saylovlarida erini qoʻllab-quvvatlagan. Pendarovskiy intervyusida Gjorgievskaga turmushga chiqqani, chunki xotini „avvalo uy bekasi, ham mehnatkash va fanlar nomzodi“ ligini taʼkidlab oʻtgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1972-yilda tugʻilganlar