Infinix Mobile — Smartfon ishlab chiqaruvchi, Xitoyda joylashgan katta holding Transsion Holdingsga qarashli.
TARIXI Kelib chiqishi Fransiyada 1924-yilda tuzulgan Sagem, kompaniyasiga taqaladi.
2008 — Sagem shu yildagi muammolar tufayli oʻz nomi ostida telefonlar sotuvini toʻxtatadi va barcha kompaniya investitsiyalarini sotib yuboradi. Soʻngra SOFINOVA brendi ostida oddiy telefon va elektron jihozlar sotadi. 2011 — SAGEM Transsion Holdings tomonidan sotib olinadi. 2013 — Sagem asosida Infinix Mobile nomli kompaniya yaratildi. Dastavval u Afrika bozoriga qaratilgan edi. Oʻsha yili MTN nomli mobil aloqa brendi tomonidan hamkorlik taqdim etiladi. 2016 — Kompaniya oʻz smartfonlarini yetkazib berish hududini yanada kengaytirib, ularni 30 ta davlatga tarqatdi. 2019 — Kompaniya Afrika mamlakatlaridagi eng mashhur brendlar reytingida 26-oʻrinni egalladi. 2020 — Kompaniya Indoneziyadagi koʻrgazmada Lazada tomonidan eng yaxshi sotuvchi mukofotini oldi.
Telefonlari 2014 — Infinix Zero x506 — Infinix Mobile-dan birinchi smartfon. U sakkiz yadroli MediaTek MT6592 protsessorida yigʻilgan boʻlib, bortda 2 Gb tezkor xotira, 16 Gb flesh-xotira, 5 dyuymli HD displey va 13 MP kameraga ega edi.
2015 — Beshta model taqdim etiladi. Ulardan uchtasi yangi Hot va NOTE qatorlariga tegishli edi.
Infinixning eng mashhur modellari
Zero Seriyasi Infinix Zero X506 (2014) Infinix Zero 2 (2015) Infinix Zero 3 (2015) Infinix Zero 4 / 4 Plus (2016) Infinix Zero 5 / 5 Pro (2017) Infinix Zero 6 / 6 Pro (2018) Infinix Zero 8 / 8i (2020) Infinix Zero X / Neo / Pro (2021) Infinix Zero Ultra (2022) Infinix Zero 20 (2022) Infinix Zero 30 / 30 5G (2023) Infinix Zero Flip (2024) Infinix Zero 40 / 40 5G (2024) Note Seriyasi Infinix Note 2 (2015) Infinix Note 3 (2016) Infinix Note 4 (2017) Infinix Note 5 (2018) Infinix Note 6 (2019) Infinix Note 7 / 7 Lite (2020) Infinix Note 8 (2020) Infinix Note 10 / 10 Pro (2021) Infinix Note 11 / 11 Pro / 11i / 11s (2021) Infinix Note 12 / 12i / 12 Pro / 12 VIP (2022) Infinix Note 30 / 30 Pro / 30 5G / 30 VIP (2023) Infinix Note 40 / 40 Pro / 40 Pro+ (2024) Hot Seriyasi Infinix Hot / Hot 2 (2014-2015) Infinix Hot 3 (2016) Infinix Hot 4 (2016) Infinix Hot 5 (2017) Infinix Hot 6 / 6 Pro (2018) Infinix Hot 7 (2019) Infinix Hot 8 (2019) Infinix Hot 9 (2020) Infinix Hot 10 / 10i / 10S (2020-2021) Infinix Hot 11 / 11S (2021) Infinix Hot 12 / 12i / 12 Play (2022) Infinix Hot 20 / 20S / 20i (2022) Infinix Hot 30 / 30i / 30 Play (2023) Infinix Hot 40 / 40i / 40 Pro (2023) Infinix Hot 50 seriyasi (2024) Infinix Hot 60 seriyasi (2025) Boshqa mashhur seriyalar Smart seriyasi: Bu seriya 2017-yilda Infinix Smart modeli bilan boshlangan va eng arzon narxdagi smartfonlarni o'z ichiga oladi. S seriyasi: 2017-yilda chiqarilgan Infinix S2 bilan boshlangan bo'lib, o'z vaqtida selfi kameralariga e'tibor qaratgan. GT seriyasi: Eng so'nggi seriyalardan biri bo'lib, o'yin uchun mo'ljallangan GT 10 Pro (2023) va GT 20 Pro (2024) kabi modellarni o'z ichiga oladi.
Manbalar
Turkum:Smartfonlar Turkum:Elektron jihozlar
GSMArena,texnologiya nashrlari (masalan, TechRadar, XDA Developers) kabi maʼlumot bazalari