Vitin — Chexiyaning Janubiy Chexiya viloyati Cheské Budějovice tumanidagi municipalitet. Unda 500 ga yaqin aholi istiqomat qiladi. Qishloqning tarixiy markazi yaxshi saqlanib qolgan va qonunan qishloq yodgorliklari zonasi sifatida himoyaga olingan.
Joylashuvi Vitín taxminan České Budějovicedan shimolda Tabor togʻlari va Tjebon havzasi oʻrtasidagi chegarada joylashgan. Eng baland nuqtasi dengiz sathidan- balandda, oʻrmonli Bába tepaligining etagida joylashgan.
Tarixi Vitin nomi 1459-yildagi manbalardan birida uchraydi.
Transporti D3 avtomagistrali (E55 Yevropa avtomagistralining bir qismi) Pragadan České Budějovicegacha shahar hududidan oʻtadi.
České Budějovicedan - Taborgacha boʻlgan temir yoʻl linyasi shahar boʻylab oʻtadi, lekin temir yoʻl stantsiyasi mavjud emas.
Diqqatga sazovor joylari Vitín ikki yirik oʻrta asrlarga (8-9-asrlar) tegishli butparast slavyan qabristonlari bilan mashhur. Qabristonlar Bába tepaligining yonbagʻirlarida joylashgan, ulardan biri Vitín munitsipaliteti ichida, biri tashqarida joylashgan. Qabristonlarda gʻarbdan sharqqa tomon aniq qatorlarda joylashgan 69 va 80 ta qabrlar mavjud. Ulardan eng balandi diametri 4-5 metr, balandligi esa 2 metr.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Chexiya Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Chex Respublikasidagi qishloqlar